O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati


Download 19.84 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi19.84 Kb.
#1820105
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati Murtozayev M

Qadimgi Baktriya davlati Miloddan avvalgi 700-540-yillarda qadimgi Baktriya davlatining (Baktriya, Margiyona Sugdiyonaning bir qismi) ancha rivojlangan davri bo’lib, uning hududlari Murg`ob vohasi, Hindikush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlarigacha borib yetgan deb taxmin qilinadi. Baktriya bu davrda Xorazm davlati va sak-massagetlar harbiy-siyosiy uyushmasiga chegaradosh bp’lgan. Margiyona va Sugdiyona Baktriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida ham ayrim ma`lumotlar mavjud.

  • Qadimgi Baktriya davlati Miloddan avvalgi 700-540-yillarda qadimgi Baktriya davlatining (Baktriya, Margiyona Sugdiyonaning bir qismi) ancha rivojlangan davri bo’lib, uning hududlari Murg`ob vohasi, Hindikush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlarigacha borib yetgan deb taxmin qilinadi. Baktriya bu davrda Xorazm davlati va sak-massagetlar harbiy-siyosiy uyushmasiga chegaradosh bp’lgan. Margiyona va Sugdiyona Baktriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida ham ayrim ma`lumotlar mavjud.
  • Katta Xorazm davlati Olimlarning fikricha, Areshiena, «Avesto»da tilga olingan Vishtaspning podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX-VIII-asrlarda Drangiana, Satagadiyab Ariya, Margiyona, Amudaryo o’rta oqimidagi yerlarni birlashtirgan. G`arb olimlari V.B. Xenning va I.Gershevichlarning fikricha, Kavi Vishtaspning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» bo’lgan. Bu masala xali to’liq o`z yechimini topgan. S.P.Tolstov va Ya.G`.G`ulomovlar Xorazm davlati qadim zamanlardanoq aynan Amudaryoning quyi oqimlarida yuzaga kelgan degan fikrni ilgari surishgan. Bu davlat xududi xozirgi Xorazmdan ancha katta bo’lgan.

Afrosiyob qal’asi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, tarixiy-arxeologiya yodgorligi. Obyekt miloddan avvalgi VII—XIII asrlarga tegishli. Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan. Mazkur manzilgoh Samarqand shahar atrofida „Imom Vose“ MFY „Kircha“ MFY, Shohi-Zinda koʻchasilari hamda Siyob va obi-Mashxad ariqlari oralarida (Toshkent koʻchasi) oʻrnashgan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa koʻra ushbu majmua davlat mulki hisoblanadi. Bu „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan hamda davlat muhofazasiga olingan

  • Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.
  • Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.
  • Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, ko'cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.

Download 19.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling