Oʼzbek filologiyasi fakulteti oʼzbek tilshunosligi kafedrasi ilmiy seminari bayonnomasi


Download 14.66 Kb.
Sana20.08.2023
Hajmi14.66 Kb.
#1668727
Bog'liq
mayl bayonoma.Zarnigor


Oʼzbek filologiyasi fakulteti oʼzbek tilshunosligi kafedrasi ilmiy seminari BAYONNOMASI
17.05.2023-yil Termiz shahar
Qatnashdilar: Kafedra mudiri (PhD) N.Amonturdiyev, dots. B.Umurqulov, filologiya fanlari doktori Sh.Mahmaraimova ilmiy rahbar, kafedra prof.-oʼqituvchilari va magistrlar.
Kun tartibi:
1. 2-kurs magistri Xurramova Zarnigorning “Leksikografik manbalarda qisqartmalarning amaliy ahamiyati” mavzusidagi maʼruzasi muhokamasi.
Eshitildi:
Mavzu boʼyicha Xurramova Zarnigorning maʼruzasi tinglandi (maʼruza matni ilova qilinadi).
Muhokama qilindi:
Kafedra mudiri N.Amonturdiyev O’zbek tilida qisqartmalar va uning amaliy mavzusi ahamiyatini eʼtirof etib, ushbu mavzuni tilshunoslik nuqtai nazaridan oʼrganilishi muhim ekanligini koʼrsatib oʼtdi. Z.Xurramova tomonidan o`zbek tilshunosligida Qisqartmalarning o’zbek tilshunosligida yuzaga kelishi qanday amaliy ahamiyatga egaligi haqidagi muhim masalalar taʼkidlab. B.Umurqulov maʼruzani ijobiy baholab, muallifni ilmiy seminardagi chiqishini maʼqulladi.
Magistrning ilmiy rahbari soʼz olib, maʼruzada mavzuning adabiyotlardagi muommoli jihatlariga alohida eʼtibor qaratilganligi; ayniqsa, ilmiy xulosalar chiqarish uchun toʼplangan materiallar yetarli darajada ko’proq bo’lishi kerakligi uqtirib oʼtdi. Mavzu muhokamasi bo`yicha kafedra o`qituvchilaridan so`zga chiqqan PhD Sh.Amonturdiyeva ma`ruzachiga mavzu bo`yicha qilingan ishlar hali mukammal darajaga yetishi kerakligi haqida bir qancha tushuncha va ko`nikmalar berib o`tdi.
Mavzu muhokamasi boʼyicha soʼzga chiqqan magistr Xolnazarova Setor maʼruzachining mavzu boʼyicha xorijiy va oʼzbek tilshunosligidagi adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqilgani tahlil qilinganligini koʼrsatib oʼtdi. Mavzu mazmunini yoritishda tadqiqotchining oʼz uslubi, qarashi mavjudligi taʼkidlandi.
Kafedra ilmiy seminari qaror qiladi:
1. 2-kurs magistri Xurramova Zarnigor“Leksikografik manbalarda qisqartmalarning amaliy ahamiyati” mavzusidagi maʼruzasi qoniqarli deb topilsin.
Yigʼilish raisi: N.Amonturdiyev
Kotibi: Z.Rahimova
Download 14.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling