O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi ilmiy seminari bayonnomasi


Download 14.68 Kb.
Sana20.08.2023
Hajmi14.68 Kb.
#1668734
Bog'liq
fevral bayonama.Zarnigor


O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi ilmiy seminari BAYONNOMASI
__. ___.2023-yil Termiz shahar
Qatnashdilar: Kafedra mudiri PhD N.Amonturdiyev, filologiya fanlari doktori Sh.Maxmarayimova, ilmiy rahbar, kafedra prof.-o‘qituvchilari va magistrlar.
Kun tartibi
1. 2-kurs magistri Xurramova Zarnigorning “Leksikografik manbalarda qisqartmalarning amaliy ahamiyati” mavzusidagi maʼruzasi muhokamasi.
Eshitildi: Mavzu bo‘yicha Xurramova Zarnigorning maʼruzasi tinglandi (maʼruza matni ilova qilinadi).
Muhokama qilindi:
Kafedra mudiri N.Amonturdiyev “Leksikografik manbalarda qisqartmalarning amaliy ahamiyati” mavzusi ahamiyatini eʼtirof etib, ushbu mavzuni tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilishi muhim ekanligini ko‘rsatib o‘tdi. Z.Xurramova mazkur maʼruzasida qisqartmalarning o‘zbek tilshunosligida qanday amaliy ahamiyatga egaligi va muhim masalalar ekanligi taʼkidlab o‘tdi. N.Amonturdiyev maʼruzani ijobiy baholab, muallifni ilmiy seminardagi chiqishini maʼqulladi.
Magistrning o’qituvchilari so‘z olib, maʼruzada neyminglarning lingvistik tahliliga alohida eʼtibor qaratilganligi; Аyniqsa, ilmiy manbalar bilan tanishib chiqish yetarli darajada emasligi uqtirib o‘tildi. Mavzu muhokamasi bo‘yicha kafedra o‘qituvchilaridan so‘zga chiqqan PhD Nargis Kurbonazarova ma`ruzachiga mavzu bo‘yicha qilingan ishlar hali mukammal darajaga yetishi kerakligi haqida bir qancha tushuncha va ko‘nikmalar berib o‘tdi.
Mavzu muhokamasi bo‘yicha so‘zga chiqqan magistr Eshmuratova Qunduz maʼruzachining mavzu bo‘yicha xorijiy va o‘zbek tilshunosligidagi adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqilgani tahlil qilinganligini ko‘rsatib o‘tdi. Mavzu mazmunini yoritishda tadqiqotchining o‘z uslubi, qarashi mavjudligi taʼkidlandi.
Kafedra ilmiy seminari qaror qiladi:
1. 2-kurs magistri Xurramova Zarnigorning “Leksikografik manbalarda qisqartmalarning amaliy ahamiyati” mavzusidagi maʼruzasi qoniqarli deb topilsin.
Yig‘ilish raisi: N.Amonturdiyev
Kotibi: Z.Rahimova
Download 14.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling