O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O`ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI
IV KURS BITIRUVCHISI
M. Fayzullayevaning
“O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI”
MAVZUIDAGI
5 220 100 - Filologiya (o`zbek filologiyasi) yo`nalishida bakalavr ilmiy darajasini olish uchun yozgan BITIRUV ISHI
(2013-2014- o`quv yili)
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent
ABUZALOVA M.Q.
MAVZU: O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI
R E J A:
Ishning umumiy tavsifi.
Kirish.
1- bob. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari.
1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar
2 §. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha
3§. So'z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari
Bob bo`yicha xulosa
2- bob. O`zbek tilida so`z turkumlarining lizoniy tabiati.
1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo’lgan grammatik belgilar.
2§. Yordamchi so`zlarning grammatik tabiati
Bob bo`yicha xulosa
Umumiy xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ishning umumiy tavsifi.
Mavzuning tadqiq darajasi. Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan biri - tilshunoslik necha o`n asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo`lida tinimsiz izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi o`laroq bu fanda xilma-xil yo`nalishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan bugun bexabar bo`lgan tilshunos yo`q [18. –Б. 27-30 ]. Shu bois keyingi yillarda lisoniy qurilshning umumiy qonuniyatlarini o`zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmog`i kundan-kunga oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |