O`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs bitiruvchisi m. Fayzullayevaning
Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim
Download 0.62 Mb.
|
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tasnifda sakrash bo‘lmasligi lozim.
3. Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. Masalan, undoshlar til oldi, til o‘rta, til orqa, bo‘g‘iz, jarangli, jarangsiz turlardan iborat deyilgan tasnifda a’zolarning ayrimlari boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya’ni jarangli undosh til oldi undoshi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til o‘rta undoshlari bir-birini inkor etish xossasiga ega.
4. Tasnifda sakrash bo‘lmasligi lozim. Agar «kesim sodda kesim, murakkab fe’l kesim, murakkab ot kesimga bo‘linadi» tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‘ngra fe’l va ot kesimga bo‘lish to‘g‘ri va izchil tasnifni beradi. Tasnifning bo‘lishdan farqi shundaki, bo‘lishda a’zolar guruhlanishi shart emas. Masalan, «lablanmagan unlilar [i], [e], [a] dir» deyish tasnif emas, balki bo‘lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‘lish uchun i yoki a guruh (sinf) bo‘lib, o‘z navbatida, yana bo‘linib ketishi lozim edi. Unlilarni lablangan va lablanmagan unliga bo‘lish tasnif bo‘lib, lablanmagan yoki lablangan unlini bo‘lish oddiy bo‘lish bo‘lsa-da, tasnif maqomida emas. Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi mumkin. Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: «fonemalar unli va undoshga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruh soni ikkidan ortiq bo‘ladi: «Grammatik qo‘shimcha lug‘aviy shakl hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil qiluvchi va lug‘aviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga bo‘linadi» yoki «fe’llar nutq fe’llari, ruhiy-holat fe’llari va h.k.» kabi. Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval): 2-jadval
kabi. Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror tizimni turli asosda tasnif qilish har xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsizga, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshiga ajratish mumkin. Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga ko‘ra yoki muhim bo‘lmagan zohiriy xossasiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi. Yordamchi tasnifda birlikning ontologik bo‘lmagan xossasini bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, «so‘zlarning bo‘g‘in sonlariga ko‘ra tasnifi (bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar)», «unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‘ra tasnifi» va h. Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biridir. So'zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo'lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi: 1.Bo'g'in soniga ko'ra: bir bo'g'inli, ko'p bo'g'inli. 2.Fonemalar miqdoriga ko'ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali... 3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko'ra. 4.Tub-yasamaligiga ko'ra:tub va yasama. 5.Yasalish tipiga ko'ra: diaxronik va sinxronik. 6.Tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma, juft, takroriy. 7.Shakl va ma'no munosabatiga ko'ra: ma'nodosh, shakldosh, qarama- qarshi ma'noli so'zlar va paronimlar. 8.Qo'llanishiga ko'ra: aktiv va passiv. 9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko'ra; antroponim, toponim, zoonim... 10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko'ra: kitobiy, rasmiy, so'zlashuv. 11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko'ra: o’z va o'zlashgan qatlam, chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko'ra: emotsional - ekspressiv bo'yoqdor va bo'yoqsiz so'zlar. 13.So'zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko'ra: narsa, buyum, shaxs, mavjudotlarni atovchi so'zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so'zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so'zlar; o'rin-payt, tarz-tus ma'nosini ifodalovchi so'zlar va h.k. Demak, so'zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o'z o'rnida ahamiyatlidir. So'z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o'rganilib, uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan[ 10 ]. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling