O`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs bitiruvchisi m. Fayzullayevaning
Download 270 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bugun erta
Ravish LMGlari. Ravish holat, miqdor-daraja, o‘rin, payt, maqsad, sabab LMGlariga bo‘linadi.
Payt ravishi. Payt ravishi harakatning vaqti, payti, muddatini bildiradi: [endi], [saharlab], [hali], [doim], [indin] kabi. Bugun erta turib tongni ko‘rdim. (Uyg‘.) Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.). O‘rin ravishi. O‘rin ravishi harakatning yuz berish o‘rnini bildiradi: [olg‘a], [ilgariga], [oldinga]. O‘rin ravishini o‘rin otidan farqlamoq kerak. Bunga o‘rin otlarining morfologik o‘zgarishi asos qilib olinadi: (atrofimiz), (o‘rtada), (o‘rtadan), (ichkarida), (o‘ngdan), (chapda), (oldida), (u yerdan) kabi. Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: [bexosdan], [astoydil], [majburan], [qavatma-qavat], [mardlarcha], [yigitlarcha]. Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: [ko‘plab], [sal], [qarich-qarich], [arang], [xiyol], [yana] kabi. Miqdor-daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi noto‘liq ziddiyatda belgili a’zo sifatida yuzaga chiqadi. Maqsad ravishi. Fe’ldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi: [atay], [atayin], [ataylab], [azza-bazza], [jo‘rttaga], [qasddan]. Sabab ravishi fe’ldan anglashilgan harakatning sababini ifodalaydi: [noiloj], [noilojlikdan], [bekordan-bekorga], [chor-nochor]. Boshqa turkumda bo‘lgani kabi ravishning ham ko‘p ma’noliligi ularni LMGga ajratishda qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, [nari-beri] ravishi o‘rinni ham (Stollarni nari-beri surdik), holatni ham (U nari-beri nonushta qildi) ifodalaydi. Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali. Chunki ravishning asosiy qismi – asli boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etishib, ravishlashish (boshqa turkum so‘zining ravishga o‘tishi) mavjudligini tan olishadi. Yuqorida sanab o‘tilgan ravishlar tarkibiga diqqat qilinsa, ularda turli so‘z yasash qolipi mavjudligi ma’lum bo‘ladi: [arabcha ot+an], [ot+chasiga], [ot+ona], [ot+larcha] [ot+lab] kabi. Qo‘shma ravish esa [olmosh+ot] (har gal, har zamon), [ravish+ot] (hali zamon, hali beri), [son+ot] (bir yo‘la, bir dam) qolipi mahsuli. Boshqa turkumdagi takroriy so‘z ravish bo‘lishi mumkin: yuzma-yuz, quruqdan-quruq kabi. Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini [-an], [-ona] qo‘shimchasining arabcha va tojikcha so‘z tarkibida uchrashini, [-larcha], [-chasiga], [-lab] kabining grammatik ma’no ifodalashi bilan va [-iga/-siga], [-chasiga] kabi so‘zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi. Download 270 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling