- Operaning qisqacha mazmuni. Badavlat Ulug‘ Xо‘ja uyida uning kuli bо‘lgan gо‘zal ashulachi Dilorom voyaga yetadi. Dilorom ajoyib rassom Monini sevib qoladi. Moni о‘z sevgilisini Ulug‘ Xо‘jadan sotib olishga va unga uylanishga ahd qiladi. Lekin gо‘zal Diloromni shoh Bahromyq kо‘rib unga maxliyo bо‘ladi va katta sovg‘alar evaziga Diloromni Ulug‘ Xо‘jadan о‘ziga sotib oladi. Moni Diloromni juda kо‘p qidiradi va oxiri Baxromshoh. dargohvda topadi. Pekin Baxromshoh Monini zindonga tashlab Diloromni о‘z qasriga qamab qо‘yadi. Fursantdan foydalanmoqchi bо‘lgan Baxromshohning vaziri Ardasher Dilorom qо‘liga zahar berib Baxromshohni о‘ldirishni buyuradi. Baxromshoh saroyida katta bazm о‘tadi. Bazmda yetti gо‘zal qatnashib har biri о‘zining san’atini namoyish etadi. Dilorom ham о‘zining sevgi haqidagi mungli qо‘shig‘ini kuylaydi.
- Ardasher bergan zaharni Dilorom о‘zi ichmoqchi bо‘lib turganda Ardasher uni qо‘lidagi qadahni olib Baxromshohga uzatadi, lekin shoh bu qadahni gо‘zallardan biriga beradi. Gо‘zal uni ichib о‘ladi. Baxromshoh bu voqeadan achchikdanib Monini osishga va Diloromni chо‘li-biyobonga olib borib tashlashga buyuradi. CHо‘lda bо‘ron kо‘tariladi. Dilorom о‘z sevgilisi Monini chaqiradi. Diloromni oxtarib yurgan Moni yetib keladi va sevishganlar bir-birlari bilan uchrashadilar. Dilorom Monining qо‘lida jon beradi.Kompozitor M.Ashrafiy operani ijod qilishda xalq kuy va qо‘shiqparidan mohirlik bilan foydalangan. Yetti gо‘zal qiyofasida tojik, eron, hind va arab kuylarini ishlatib gо‘zallar obrazlarini yana ham boyitgan.Moni ariyasini ijod kilishda xalq kuyi bо‘lmish «Karimqul--begi»ni ishlatgan.
- Monining boshqa ariyasida «Navo» maqomidan «Saroxbori navo» ni ustalik bilan qayta moslashtirilganLDilorom ariyalari ham ashulachi qimyofasini ifodalashda yoqimli va kuychan musiqalar bilan shu obraz ochib tashlangan, Baxromshoh, Ulug‘ Xо‘ja obrazlarini aks ettirishda ham kompozitor о‘sha shaxslarga xos kuylarni bastalagan. Shoh saroyidagi bazmlarda ijro etilgan musiqalar ham о‘zining tantanavorligi, kuvnoqligi va о‘ynoqiligi bilan tinglovchilarning diqqati-e’tiborini о‘ziga jalb etadi.Faqatgina О‘zbekistonda emas balki butun О‘rta Osiyoda birinchilardan bо‘lib komik opera janrida asar yaratish kompozitor Salamon Yudakovga muyassar bо‘ldi. U kishi Hamza qalamiga mansub «Maysaraning ishi» komik operasini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |