Terminologik lug'at so'zligi ma'lum bir sohaga xos so'z -terminlardan iborat bo'ladi. Misol uchun 0.U.Salimov, Z.S.Ibrohimov, P.R.ISmatullayev,
Terminologik lug'at so'zligi ma'lum bir sohaga xos so'z -terminlardan iborat bo'ladi. Misol uchun 0.U.Salimov, Z.S.Ibrohimov, P.R.ISmatullayev,
A.S.Karimovlarning "Ruscha - O'zbekcha politexnika atamalari lug'ati". Mazkur
lug'atni tuzishda Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi ayrim fakultet va
kafedralarda tuzilgan maxsus atamalar lug'atlaridan, jumladan, mashinasozlik,
elektrotexnika, energiya, geologiya, konchilik, neft, gez, radiotexnika va
elejtronika ixtisosliklari uchun tayyorlangan lug'atlardan keng foydalanildi.
Shuningdek, temir yo'l, to'qimachilik va yengil sanoat ixtisosliklarining talabalari
uchun tayyorlangan "Ruscha -0'zbekcha atamalar lug'ati" ham nazarda tutildi.
Fan va texnika rivojlangani sari bu sohalarda yangi s0'zlar va atamalar paydo
bo'lishi tabiiydir: o'tgan davr ichida ko'p so’zlarning ma'nosi o'zgardi, ayrim
so'zlarning ma'nosi ravonlashdi, ayrim so'zlar iste'moldan chiqib ketdi yoki boshqa
atamalar bilan almashildi. Natijada yangi atamalarni to'laroq o'zlashtirish hamda o'zbek tilida texnikaning turli sohalariga tegishli adabiyotlar nashr etishni ko'paytirish lozimligi olimlarimiz oldiga yangi "Ruscha-o'zbekcha politexnika atamalari lug'ati"ni tayyorlashdek masalani qo'ydi. Unda texnikaning deyerli barcha sohalariga oid va maxsus mutaxassisliklarga tegishli ruscha so'z va atamalarning tarjimasi berilgan. Ba’zi ruscha – o’zbekcha atamalarning o’zbekcha ma’nosini to’liqroq ifodalash maqsadida asosiy atama bilan birga bitta yoki bir nechta sinonimlar kiritildi. Agar birorta ruscha atama tegishli sohalarda turli ma’noga ega bo’lsa, bunday atamalar tartib raqami bilan har -xil tarjima tarzida ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |