O`zbek lug`atlarining tiplari


Download 36.14 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi36.14 Kb.
#1650067
  1   2
Bog'liq
Soha lug\'atlari. Glossariy




Mavzu: Soha lug'atlari. Glossariy

Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi. Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor: Lug`atchilik Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq,


Lug`atlar o`z mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bo`lined Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari; 2. Lingvistik lug`atlar,
Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi 1. Ob’yekti jihatidan So`zligi jihatidan.
Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi.
Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lig`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi. Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustakil va yordamchi so`zlar qayd etiladi.
Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya;
Maxsus ensiklolediya. Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi,
Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi. Filologik lug`atlarda malum bir tildagi so`zlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi so`zlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga ko`ra bunday lug`atlar uchga bo`linadi:
Bir tilli lug`atlar. Ikki tilli tarjima lug`atlar. Ko`p tilli tarjima lug`atlari,
O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI Lug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi. Hajm nuqtai-nazaridan. So`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan. Maqsad nuqtai nazaridan.
Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) Maxsus lug`atlar.
Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsus lug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi.
Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:
Terminlar, dialektal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`z iniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi. Bunday lug`atlar ko`proq izohli, tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbek gilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lug`ati», «Xazina lug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi. Uni tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi,
Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish mumkin.
O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normativ lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan «O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tili izohli lug`ati» va barcha imlo, ters, tematik dialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin.
MAXSUS LUG`ATLAR tipiga yon lug`atlar va maktab lug`atlari kiritiladi. Maktab lugatlari so`zligida ko`proq darsliklarda qo`llangan so`zlar beriladi.
KICHIK LUG`ATLAR so`zligining qanday maqsadga ko`ra chegaralanganligiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:
1) Leksik qatlamlar lug`ati; 2) Leksik tanlangan lug`at; 3) Terminologik lug`at.
Leksik qatlamlar lug`atiga so`zligi sinonimlar, omonimlar, frazeologik birliklar va h.k. dan tashkil topgan lug`atlar kiradi: A.Hojiyevning «Sinonimlarning qisqacha lug`ati», Sh.Rahmatullayevning «O`zbek tili qisqacha frazeologik lug`ati» kabilar misol bo`ladi. Leksik tanlangan lug`atlarga so`zligiga biror muallif, biror yodgorlik, biror asar (Gorkiy lug`ati) kiradi. Masalan: Borovkovning «O`rta Osiyo tafsiri leksikasi». E.Fozilovning «Староузбекскийязык» va boshqalar. Terminolog ik lug`atlarda biror fan yoki biror kasbga oid terminlar beriladi: S.Ibrohimovning «Paxtachilik terminlari lug`ati» (1934) N.Mamatovning «Paxtachilik terminlarining qisqacha izohli lug`ati» (1964), N.Hotamovning «Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologik lug`at» (1960) va boshqalar. So`zlik lug`atning mazmunini tashkil etadi. So`zlik lug`at uchun tanlangan so`zlar ro`yxati bo`lib, bu ro`yxat ma’lum tartibda beriladi. Mana shu so`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan lingvistik lug`atlar 3 tipga bo`linadi:
1) alfavit tartibli lug`atlar; 2) tematik lug`atlar; 3) uyali lug`atlar.
Alfavit tartibli lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati alfavit tarzida beriladi. Alfavit «sirtqi» va «ichki» tartib bo`yicha beriladi. Tematik lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati ma’lum mavzularga bo`lib beriladi, bunda so`zlar avval so`z turkumlari bo`yicha ajratilib (ot, sifat, fe’l) so`ngra ular ichki tematik bo`linishlar bilan beriladi. Tematik lug`at 1975-yil Toshkentda nashr etildi. Tuzuvchilar N.Tixonov, N.Hotamov, S.Emelyanova, M.Tixonovalardir. Lug`at so`zligidagi so`zlar 16 tematik qismga bo`lingan bo`lib, yer, osmon, qazilma boyliklar, o`simliklar, odam kabi nomlangan. Lug`at ruscha-o`zbekcha tarjima lug`atidir. O`zbek leksikograflari oldida uyadosh so`zlar lug`atini yaratish vazifa bo`lib turibdi. Xuddi shuningdek «O`zbek tili izohli lug`at»ni hozirgi sistem tilshunosligi nuqtai nazaridan qayta ko`rib chiqish va baholash lozim. Bunda H.Saidova, R.Safarova, B.Qilichev, G.Ne’matova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanish zarur. Grammatika. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan. Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub hujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.Xizmat xatlariTashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javobxarakteriga ega bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil adi.Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:1)javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);2)javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat xatlar va h.k).Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish ma’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga ko‘rsatilgan bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga yoziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan iborat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.

Download 36.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling