O‘zbek mifologiyasi


-mavzu: Mif, afsona va rivoyat


Download 118.46 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi118.46 Kb.
#1464731
1   2   3
Bog'liq
O‘ZBEK MIFOLOGIYASI 4-5 мавзулар

5-mavzu: Mif, afsona va rivoyat

Mifologik afsonalar asosida dars olib boriladi. Afsonalar mag‘zidagi miflaming badiiy sathdagi holati o‘rganiladi. Osmon yoritgichlari, tog‘, daraxt, suv, olov va hayvonlar bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar misolida mavzu tahlil etiladi.


Mif va epos munosabati yoritilib, o‘zbek xalq mifologik tasavvurlar tizimi tiklanadi.
Miflar asosan xudolar, yarim xudolar, tabiat voqea-hodislari va ular bilan munosabatga kirishuvchi qahramonlar haqidagi sehrli-fantastik hikoyalardir. Afsonalar hayotda yuz bermagan voqea-hodisalar va fantastik qahramonlar haqidagi sehrli xikoyalar bo‘lsa, rivoyatlar tarixda bo‘lgan hodisalar va tarixiy shaxslar haqida o‘ylab topilgan fantastik hikoyalar hisoblanadi. Mif agar islom krib kelishidan oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyingilari islom dini bilan bo0liq ravishda maydonga kelgan.
Afsona – sehr –jodu, xayolotga yo‘g‘rilgan, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan og‘zaki hikoya, NMM namunalaridan biri. Afsona o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lib, insonning dunyo va o‘zini qurshab turgan voqelikni anglash, tushunishga qaratilgan tushuncha va tasavvurlari mujassamlashgan voqea va hodisalar badiiy to‘qima asosida hikoya qiladi. SHuning uchun ham afsonada ijtimoiy hayot, kishilarning dunyoqarashi, urf-odatlari va tarixiy hodisalar haqida ixcham ma’lumot, axbarot beriladi.
Afsonalar haqidagi ma’lumotlar mashhur tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «sag» so‘zi orqali ifodalangan bo‘lib, hikoya, qissa deya ta’rif berilgan.
Afsona matnida an’anaviylik yo‘q ekan, voqelar tuzilishi ham murakkab emas. SHuning uchun aytuvchining mahorati bilan bog‘liq holda voqealar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Afsona syujetlari mifologik hodisalar, geografik joylar nomi bilan bog‘liq g‘aroyib voqealardan tashkil topgan. Xarakterli tomoni shundaki, deyarli barcha afsonalarning syujeti bir yoki ikki epizoddan tashkil topadi. Syujet voqealari esa ko‘proq tugundan boshlanadi. Bunday epik tugunlar esa tinglovchilarni kutilmaganda voqealar ichiga olib kiradi.
Afsonalarda ertaklardagiga o‘xshash an’anaviy boshlama va tugallamalar uchramaydi. Bu narsa faqat afsona aytish bilan shug‘ullanuvchi professional ijodkorning yo‘qligi bilan izohlanadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janr hisoblanadi — uni bilgan shaxs o‘zi istagan shaklda aytaveradi.
Afsonalarning tematikasi rang-barangdir. Osmon, er, suv pirlari (muakkil)ning g‘aroyib ishlari, yovuzlik yaratuvchi ruhlar bilan ezgulik yaratuvchi ruhlar o‘rtasidagi doimiy to‘qnashuvlar, er yuzida odamning paydo bo‘lishi, narsa yoki hodisalarga taalluqli belgilarning paydo bo‘lish sababli, tabu (taqiq) bilan bog‘liq ajoyib va g‘aroyib voqealar afsonalar tematikasini tashkil etadi.
Afsonalar voqea va hodisalarni hayri tabiiy tasvirlashi bilan ertaklarga o‘xshab ketadi, biroq syujetning barqaror shaklga ega emasligi va qisqaligi bilan ulardan farqlanib turadi. Demak, afsonalarda barqaror syujet va kompozitsiya yo‘q. Bunday xususiyat ularning ommaviy ijro shakli hamda axborot berish vazifasini o‘tashi bilan bog‘liq.
Darhaqiqat, ko‘pgina afsonalardagi epizodlarda otashparastlik diniga aloqador talqinlar ham uchraydi. «Qayumars», «Odami Od», «Er Xubbi», «Anbar ona», «Hazrati Xizr» kabi mifologik afsonalar ibtidoiy dunyoqarash, u yoki bu sirli ko‘ringan narsani muqaddaslashtirish, unga e’tiqod qo‘yish kabi diniy tasavvurlar zamirida paydo bo‘lgan.
Afsonalar g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlariga ko‘ra, shartli ravishda sof mifologik afsonalar, tarixiy voqea va hodisalar haqida to‘qilgan afsonalarga bo‘linadi. O‘z navbatida bu guruhdagi afsonalar ham kichik –kichik guruhlarga bo‘lini mumkin. O‘zbek xalq afsonalari sirasida tarixiy voqea va hodisalar haqidagi afsonalar katta o‘rin egallaydi. «Devqal’a», «SHirin qiz», «Kalta minor», «Ilon buzgan» kabilar shunday afsonalardandir. Ular insoniyatning beqiyos kuchi va go‘zalligini madh etadi.
«Baroqtom», «SHohsanam va G‘arib», «Hazorasp», «Iskandar va Afrosiyob» kabi afsonalar esa tarixiy joy va tarixiy shaxslar nomi bilan bog‘langan. Ularda voqelik fantastik yo‘nalishda hikoya qilinadi. Bu xildagi afsonalar ko‘proq muayyan hodi-sa, qabila yoki elat, geografik joy — qal’a, maqbara, qo‘rg‘on, saroy, minora, daryo, dengiz, shaharlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning yuzaga kelishi va vayron bo‘lish sabablari, u yoki bu nomning paydo bo‘lishi tarixidan xabar beradi. SHu jihatdan. «Hazorasp» afsonasi xarakterlidir.
O‘zbek xalq afsonalaridan turli yillar davomida ko‘plab namunalar yozib olingan bo‘lib ular folklor arxivida saqlanadi.
 
Rivoyat – og‘zaki tarzda aytib beriluvchi hikoya. YUzaga kelishi va tarixiy asoslari juda qadimiy folklor, NMM namunalaridan biri. O‘tmishda bo‘lib o‘tgan tarixiy hodisa yoki kechmish voqeani badiiy to‘qima vositasida tasvirlovchi, hajman qisqa, an’anaviy shaklga ega bo‘lmagan asar.
Rivoyatlar ertak yoxud doston kabi qat’iy, an’anaviy uslubiy shaklga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun rivoyatlarni maxsus ijrochi emas, istagan odam hikoya qilib berishi mumkin. Odatda, rivoyatlar oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tish jarayonida erkin tarzda talkin qilinadi va xuddi shu narsa ularning og‘zaki ijodga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri, variantliligini ta’minlaydi.
Afsona va rivoyatda tarixiy voqelik fantastika libosida bo‘ladi. Ular o‘z shakliga ko‘ra sehrli ertaklarga yaqin turadi. Rivoyat bilan afsona o‘xshash bo‘lsa ham o‘zaro farqlarga egadir. Rivoyatlarda afsonaga nisbatan tarixiylik ustun turadi. Aksincha, afsonalar rivoyatlarga nisbatan fantastik buyoq va diniy elementlarga boy bo‘ladi. To‘maris va SHiroq haqidagi rivoyat bunga misol bo‘la oladi.
Rivoyatlar g‘oyaviy va mavzu ko‘lami jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlar odatda ixcham syujetga ega bo‘lib, ikki, uch epizoddan iborat voqelikdan tashkil topadi va qat’iy kompozitsiyaga ega emas. SHuning uchun syujet voqealari, ko‘pincha, go‘yo tugallanmagandek, davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olingan bir lavha singari tuyuladi.
Rivoyatlarda tarixiy voqea va shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar, kishilar hayoti, geografik makon — tog‘, dengiz, ko‘l, sahro, shahar, qishloq, qal’a, saroy va hokazolarning paydo bo‘lishi yoxud tanazulga yuz tutishi haqida hikoya qilinadi. Binobarin, rivoyatlar u yoki bu voqea haqida xabar berishi va uni tasdiqlash vazifasini o‘taydi. Rivoyatlarda milliylik va umuminsoniylik ulug‘ulanib, insonparvarlik, ezgulik, yaxshilik tushunchalari vahshiylik, yovuzlik va yomon illatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Rivoyatlar tematikasiga ko‘ra tarixiy va toponimik rivoyatga bo‘linadi.
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qahramonlari bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni aks ettirib, axloq va odobning ideal normalarini tashviq etadi. To‘maris, SHiroq, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy singari tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir.
Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi bo‘lganlarning, ko‘rgan-bilganlarning esdaliklari asosida yuzaga kelgan deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ba’zi tarixiy rivoyatlarda esa faktik voqealardan asar ham qolmay, faqat shaxs nomigina saqlanib qolishi ham mumkin. Ba’zan esa tarixiy shaxs sayyor syujetlar qolipida hikoya qilinadi. SHunga qaramay tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, syujetda badiiy to‘qimaning mav-judligiga qarab bunday asarlarni tarixiy rivoyat deyish mumkin bo‘ladi.
Toponimik rivoyatlarda shahar, qishloq, qo‘rg‘on, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilann bog‘liq voqealar hikoya qilinadi. Toponimik rivoyatlar xotimasida odatda, ushbu hikoyadan maqsad ta’kidlanadi va muayyan fakt izohlanadi (mas, «To‘rabek xo-nim maqbarasi», «Anda jon qildi», «Odinajonim», «Qo‘ng‘irot» va b.).
Rivoyatlar og‘zaki ijod namunasi bo‘lgani uchun bizgacha asosan og‘zaki hamda qisman yozma shaklda etib kelgan. «Gerodotning «Tarix», Vosifiyning «Badoe’ ul vaqoe’», Xondamirning «Makorim ul-axloq» va boshqa asarlarda rivoyatlarning qadimiy namunalari keltirilgan. O‘zbekistonda juda ko‘p rivoyatlar yozib olingan va ular xalq tarixi hamda madaniy-estetik qarashlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek xalq rivoyatlarining yozib olingan ko‘plab namunalari bugungi kunga qadar folklor arxivida saqlandi.



Download 118.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling