O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
tasavvuf

Yо„lini topgaymu kishi to rahnamo kо„rsatmagay.  (Bobur) 
Shuni e‘tiborga olib tajribada pirga qо‗l berib, iroda-ixtiyorni unga 
topshirganlar. Shu ma‘noda tariaqatni irodat ham deydilar. YA‘ni irodani shayx 
irodasiga muvofiqlashtirish, shayx irodasini о‗z irodasi deb bilish. 
Ikkinchi tarafdan, bu muridning irodasi, mardligi himmatini sinashni ham 
bildiradi, (murid, murod, iroda sо‗zlari о‗zakdosh), zero dunyodan kechib, Iloh 
yо‗liga о‗zini bag‗ishlash ulug‗ mardlikdir. Muridga rahbarlik qiluvchi pirning о‗zi 
ajzu iztirob yо‗li-tariqat maqomlarini eson-omon bosib о‗tgan, qalbi Iloh 
ma‘rifatiga limmo-lim orif inson bо‗lish kerak. Pir xar jihatdan muridga о‗rnak 


bо‗lmog‗i darkor: ham bilimning chuqurligi, ham tariqat usullarini yaxshi bilishi, 
ham kо‗nglining pokligi, nafsini mahv etganligi va hokazolar bilan ajralib turishi, 
salobati, sо‗zi va harakati, sо‗zi va harakati bilan, suhbat va nazari, tadbiri va 
himoyasi bilan muridga ta‘sir о‗tkazmog‗i lozim. 
«Agar shayxlik ruknlari nechta, deb sо‗rasalar, yettita deb aytgil, - deb 
uqtiradi Koshifiy «Futuvvat-nomai sultoniy» asarida. - Birinchidan, shayx komili 
ma‘rifat egasi bо‗lsin. Ikkinchidan, о‗tkir farosatli, odamshunos kishi bо‗lib, bir 
nigoh tashlash bilan muridning qobiliyatini ilg‗ay olsin. Uchinchidan, yetuk ruhiy-
ma‘naviy quvvati bо‗lsin, toki agar murid tariqat yо‗lidan adashsa, unga ma‘naviy 
madad berib mushkulini oson qilolsin, tо‗g‗ri yо‗lga solsin. Tо‗rtinchidan, yetarli 
darajada erkin odam bо‗lsin, ya‘ni hech narsaga muhtojligi bо‗lmsin-. 
Beshinchidan; ixlosi mustahkam bо‗lib, riyo va tamani tark etsin, mol va mansab 
deb birovga sarg‗aymasin, egilmasin. Oltinchidan, rostlik va beg‗araz dо‗stlikni 
shior qilsin - haq sо‗zni har yyerda, xar qanday sharoitda ayta olsin, gapirganda 
ikkiyuzlamachilik qilmasin. Yettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid 
manfaatini va umum manfaatini о‗z manfaatidan ustun qо‗ysin». 
Pir muridning shodligini ham, g‗amini ham baham
kо‗rgan, uni nasixat, 
tanbeh va ilhombaxsh sо‗zlar, harakatlar bilan ruhlantirib, quyidan yuqoriga qarab 
tarbiyalab borgan. Muridning qobiliyatiga qarab vazifalar ham murakkablashib 
boravergan. Koshifiyu davom ettirib, yozadi: «Agar haqiqat pirlari kim deb 
sо‗rasalar, buning alomatlari quyidagilar deb javob bergil: tunlarni bedor о‗tkazish, 
yomonlar bilai о‗tirmaslik, ilm о‗rganish, g‗iybat va yolg‗ondan saqlanish, 
odamlar xursandchiligini istash va shu xislatlarni о‗z muridlariga yetkazish». 
Bizning tariximizda bunday munavvar qalbli najib insonlar kam bо‗lmagan. 
Ular о‗z muridlarini farzandlariday yaxshi kо‗rganlar. 
Pir hech qachon murid moliga kо‗z olaytirmasligi, biron-bir yо‗sinda tamaga 
ishora qilmasligi, aksincha, murid qoshida biror mushkul tug‗ilganda darrov 
yordam berishi, mushkulni hal qilishi kerak. Muridning mushkuli faqat moddiy 
qiyinchilk emas, soliqlar buni hech qachon e‘tiborga olmaganlar. Mushkul deganda 
tasavvuf axli ma‘naviy muammolar, yuz beradvgan holatlar, tug‗ilajak savollarni 


anglaydilar. Pir ana shularga javob topib, muridni qanoatlantirishi shart. Agar 
qanoatlantirishga kо‗zi yetmasa, muridni boshka о‗zidan kuchliroq shayxga tavsiya 
etadi. 
Shuni ham aytish kerakki, soliklarning iste‘dodi :xilma-xil bо‗lganday, pirlarning 
murabbiylik qobi-liyati ham turlicha bо‗lgan. Ba‘zi shayxlar muridga tariqat 
odobini о‗rgatganlar, ya‘ni uni xoksorlik, taslim va itoatga keltirish, manmanlik, 
hirsu havo kabi tuyg‗ulardan xalos etish bilan shug‗ullanganlar. Ba‘zi shayxlar 
muridga ruhiy karomati, mо‗jizalari bilan ta‘sir etganlar. Yana bir qism shayxlar 
shogird-lariga tasavvuf asoslarini о‗rgatish, nazariy bilim-.lar bilan qurollantirishga 
e‘tibor qilganlar. 
Masalan, hazrati Bahouddin Naqshbandning bir «nechta pirlari bо‗lgan. 
Navoiyning yozishicha, Xoja Bahouddinga «qabul nazari» Boboyi Samosiydandir. 
Ya‘ni Boboyi Samosiy yosh Muhammad Bahouddinning kelajakda iste‘dodli 
shayx bо‗lishini karomat qilgan rivoyat qilishlaricha, Bahouddin hali tug‗ilmasdan, 
Boboyi Samosiy uning oilasi yashaydigan Qasri Hinduvon qо‗rg‗oni oldidan 
о‗tayotib, «bu yyerda bir er tug‗ilur», deya bashorat etgan ekan va Bahouddin 
tug‗ilgan kuni yana shu qasr oldidan о‗tib, «ul er tug‗ildi» deb aytibdilar va 
ichkariga kirib, chaqaloqni bag‗rilariga bosib, nafas qilgan ekanlar. Navoiy 
deydikim, hazrati Bahouddinga suhbat nisbati va tariqart odobi ta‘limi va zikr 
talqini Boboyi Samosiydandir. Boboyi Samosiy yosh Bahouddinni Amir Sayyid 
Kulolga topshiradi. Amir Sayyid Kulol tariqat odobi ta‘limini davom ettirgan. 
Biroq, hazrati Naqshband ancha ilgari vafot etgan Xoja Abduxoliq G‗ijduvoniyii 
va Qusam shayxni ham о‗z pirlari qatoriga qо‗shadi. Nega? Chunki, Amir Sayyid 
Kulol zohir yuzasida pir bо‗lsalar, «haqiqat yuzidan» ruhiy tarbiyatni hazrati 
Bahouddin Abduxoliq G‗ijduvoniydan olgan. Bunday g‗oyibona ruhiy-ma‘naviy 
tarbiya olishni tasavvufda «uvaysiylik» deydilar. Sababi Uvays Qaraniy g‗oyibona 
Hazrati Rasululloh ruhidan madad olganlar, bu shunga ishora. 
Xoja Bahouddin Naqshband shunday qilib, tariqatning amaliy yо‗riqlarini 
Boboyi Samosiy, Amir Sayyid Quloldan о‗rgangan bо‗lsa, botiniy-ma‘naviy 
ta‘limni Abduxoliq G‗ijduvoniydan qabul qilgan. Shunday holni boshqa shayxlar 


hayotida ham kuzatish mumkin. Hozir aytganlardan pir va muridlik muomalasida 
quyidagi uch narsaga diqqat qilinganini kо‗ramiz birinchisi - suhbat ta‘limi, 
ikkinchisi - xirqa kiygizish, uchinchisi - zikr talqini. 
Shayx Saididdin Farroniyning aytishicha, xirqa (darveshlarniig maxsus 
kiyimi) ikki xil bо‗ladi: 
1) irodat xirqasi va 2) tabarruk xirqa, Irodat xirqasi, ya‘ni suluk xirqasi bitta 
pirdan olinadi. Irodat xirqasi - muayyan shayx sulukiga taalluqlilikni bildiradi. 
Tabarruk xirqani esa kо‗p shayxlardan olish mumkin ekan. Shu kabi bо‗rk, kuloh, 
kо‗ylaklar ham tabarruk tuhfa sifatida qabul qilingan. Talqini zikr ham bitta 
shayxdan olinadi, ammo suhbat ta‘limini kishi istagan shayxdan olishi mumkin. 
Xirqa kiydirish va zikr talqinining о‗ziga xos marosimlari, talablari bо‗lgan. Bular 
haqida batafsil tо‗x-talishga bu о‗rinda imkonimiz yо‗q. 
Tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim о‗rin tutadi. «Maqomot» - 
maqom (manzil, bekat) sо‗zining kо‗pligi bо‗lib, solikning ruhiy-ma‘naviy 
kamoloti bosqichlarini anglatadi. Abunasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini 
qayd etgan: 
1. Tavba. 2. Vara 3. Zuhd 4. Farq 5. Sabr 6. Xavf 7. Rajo 8. Tavakkul 9. Rizo 
Tavba-qaytish demak, ya‘ni kamolotga, oliy axloqiy sifatlarga qaytish. 
Tavbani bobul abvob- eshiklarning eshigi ham deydilar, chunki tariqatga qadam 
qо‗ygan odamning niyati va mohiyati avvalo shu tavbasida ayonlashadi. 
Tavbaning xakiqati shuki, solik Xudoga yetishish yо‗liga g‗ov bо‗ladigan jamiki 
narsalardan qaytishga qasamyod etadi, butun intilishi, tavajjuhini Allohga qaratadi, 
avvalgi hayot tarzidan butunlay voz kechadi. Tavba; kufrdan qaytish, shariat man‘ 
etgan nahyi va yomon ishlardan qashish, zamima axloqdan hamida axloqqa 
qaytish, haqning g‗ayri bо‗lgan narsalardan qaytish kabilarni о‗z ichiga oladi-
Tavbaning mohiyati о‗z nuqsonlarini kо‗ra bilish, о‗zining ahvolini anglash, kabih 
ishlar, kabih fe‘l va qabih fikrdan qaytish, dunyoning ma‘nisizligi, arzimasligini 
anglab, zulmu adolatsizlikdan qaytishn xam bildiradi. Qо‗rquv tavbasi, gunohga 
iqror bо‗lish - oddiy odamlarga xos. Sо‗fiylar tavbasi esa qalb istijobi, ya‘ni 
istijobat - uzilish, о‗zgarish tavbasidir. 


Vara‘ sо‗zining ma‘nosi parxez, taqvo bо‗lib, bulg‗anishlardan, ma‘naviy 
zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish demakdir. 
Shibliyning kо‗rsatishicha, vara‘ning uch kо‗rinishi bor til vara‘i, ya‘ni tilni 
bema‘ni gaplar uchun ishlatmaslik, g‗iybat-tuhmatga berilmaslik; kо‗z vara‘i - 
shubhali narsalardan saqlanish, g‗aliz shakllarga boqmaslik qalb vara‘i, ya‘ni, past 
himmatni tark etish va noxush qiliqlarni qilmaslik. Kо‗ngil man etgan jamiki 
narsalardan parxez qilish, tama‘dan saqlanish, maxrumlikdan qо‗rqishdan hazar 
qilish. Xullas, tilga, kо‗zga, quloqqa va oyokqa band solish. 
Zuhd - vara‘ning davomi hisoblanadi, bu ham parhez, hazar qilish demakdir. 
Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni ajratishga alohida 
ahamiyat beriladi. Zuhd sо‗fiy uchun dunyo va oxirat tarki, dunyo moliga ega 
bо‗laman deb intilmaslikdir. (Hadis: Kimki dunyodan parhez etsa, uning qalbi 
tajalliyot nuri kiradigan joyga aylanadi). Junayd Bag‗dodiy sо‗zi: «Zuhd - qо‗lni 
mulkdan xoli tutish, dilni esa Hakdan о‗zga har narsadan pok saqlash demak». 
G‗azzoliy deydn: «Zuhd dunyodan ixtiyoriy ravishda voz kechish va buning uchun 
qayg‗urmaslikdir». 
Faqr - ma‘nosi qashshoqlik, benavolik. Sо‗fiylar nazdida ulug‗vor ilohiy 
mohiyat kasb etish bо‗lib, Xudoga bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo 
keltirish, bandalikdan sharaf topish, niyozmandlik va talabgorlikda yо‗ldagi tuproq 
misol nomu nishonsiz bо‗lish, Iloh nazdida о‗zni zarra, balki zarradan ham kam 
deb xisoblash. Va shu martabada komillik rutbasini qozonish ham. Barcha narsalar
olamu odam Allohga tegishli, insonning vujudi ham о‗ziniki emas, chunki u ham 
Yaratganning mulkidir- Fakrni ana shunday mazmunda anglagan odam tasavvuf 
moxiyatiga ham yetib boradi. 
Sabr - toqat, chidam. Sо‗fiylar tilida qiyinchi-chiliklardan shikoyat qilmaslik, 
ayniqsa, Xudodai boshqaga nola iltijo qilmasdik. Sabr etuvchi (sobir) о‗zini balo 
girdobiga solib, balolardan qо‗rqmaydigan odamlar. Sabr kushoyish uchup 
intizorliklar (Sahl), ya‘ni ruhiy-ma‘naviy mushkulliklar yuz berganda, sabr qilgan 
solik kushoyish tonadi, yangi maizillarni kashf etadi. Sabr - iymoniing yarmi 


deydilar, chunki sо‗fiyning dushmani bо‗lgan nafs sabr orqali jilovlanadi, toatdan 
halokat topish ham sabr bilan bо‗ladi. 
Xavf - qalbning ishonchdan, iymon aminidan chiqishi, ikkilanish, tahlika. 
Vaqtinchalik shayton nayrangi ham kо‗ngilga xavf-qо‗rquv soladi. Solik azobdan 
emas, balki makrdan, nafs makridan qо‗rqadi. Vaholanki, shayton iymoni 
mustahkam odamdan qо‗rqishi kerak. 
Rajo - umidvorlik. Qalbning kelajakda mahbub vasliga yetishidan 
umidvorligi, xavfdan qutulish umidi. Dilning sog‗inchi, intiqliklari ham shunga 
kiradi. 
Tavakkul - barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish, 
kullan Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e‘timodli kishining 
iymonidir. Bu ma‘rifat kamolidan keladigan oliy maqomdagi iymondir. Barcha 
hollarda va amallarda Allohga suyanish, о‗zini bir faoliyat asbobi hisoblash, 
barchani Xudoga topshirib, Xudodan о‗zga narsalar ham Xudodan ekaniga chuqur 
ishonish. Inson juda kо‗p narsalarni qila oladi, ammo bu harakatlarning bari Ulug‗ 
tangri qudrati tufayli, qudratining namoyon bо‗lishi ekanini anglash shart. 
Xudoning irodasi bizning irodamizga hokim. «Tavakkul - iymon hakiqatidir» 
(Koshoniy). 
Rizo - qalbdan qabohat - kirlarning ketishi, qazovu qadar hukmiga 
bо‗ysunish, nafs roziligidan chiqib, Haq roziligiga kirishdir. Qazo amriga taslim 
bо‗lgan qalbning sururi. Lohijiy: Rizo - bandaning о‗z rizosidan chiqib, mahbub 
rizosiga kirishi, ilohiy qismatga zarra e‘tiroz qilmasligidir. Solikda ushbu 
maqomda xech narsadan g‗azab, hayajon, gina-qudrat va xafalanish bо‗lmaydi... 
Ayrim tadqiqotchilar tilga olingan makomlar yoniga yana qanoat, sidq, itminon 
(tо‗la ishonch), shukrn kо‗shganlar. Birq kо‗rib о‗tgannmiz tо‗qqizga maqom 
qanoat, shukr va itminonni о‗z ichiga oladi. Diqqat bilan fikr qilib qarasak, 
maqomotning ushbu tartibida muayyan mantikiy uzviylik borligi ma‘lum bо‗ladi; 
avval qat‘iy parhez, kam yeyish, kam uxlash, kam gapirish, barcha noma‘qul va 
nomaqbul ishlardan saqlanish, pok tiynat, pok badan va pok a‘mol uchun 
kurashish. Sо‗ngra shu asosda ruhni chiniqtirish, mahrumliklarga kо‗nish va 


kо‗nikysh, chilla о‗girishlar, surunkali zikr orqali Allohning muborak ismlariny 
qalbga naqshlash, xotira va hofizani kuchaytirish va shu asosda iymonni 
mustahkamlash, jamiki mavjudot va hodisotda Alloh qudratini kо‗rish, idrok etish 
va qalban iqror bо‗lish, tanish. Shu tariqa, ma‘rifatga yо‗l ochiladi va solikning 
ahvoli ruhiyasi о‗zgarib boradi. Ilohiy ma‘rifatga erishish yо‗li ana shunday og‗ir 
va mashaqqatli bо‗lgan. Tariqatga talabgor odam dunyo lazzatlari, hirsu havasdan 
voz kechib, jismu jonini ruxiy qiynoqlar girdobiga solishi, butun irodasi, fikru 
zikrini Alloh yodiga yо‗naltirishya lozim edi. Solikning intilishlari pir tomonidan 
nazorat qilinar, solikning ruhiy о‗zgarishlarini anglagan zukko pirlar ularni yangi-
yangi pog‗onalarga ruhlantirardilar. Pir turli vositalar bilan muridni tarbiyalab, 
uning ichki botiniy olamini boyitish, xam no-hiriy va ham sо‗fiyona ilmlarni 
о‗rgatish barobarida, his va ruhini charxlab, noziklashtirib, qо‗l tegsa, jaranglab 
ketadigan cholru asbobiday holga keltirar edi. Bunday tо‗xtovsiz izlanish, ruhiy 
iztiroblar zamirida kuchli muhabbat, maqsadga yetishish yо‗lidagi bemisl insoniy 
sidqu vafo, fidoyilik yotardi. Shunday paytda iste‘dodli soliklarning qalb kо‗zlari 
ochilar, beshta tashqi va beshta ichki (xotira, hofiza, aql, taxayyо‗l, tasavvur) 
hislardan boshqa, yaia hayratga soluvchi zehniy va vajdiy (intiutiv) qobiliyatlar 
paydo bо‗lardi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling