O‗zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‗nalishlari


TASAVVUFNING PAYDO BO‘LISH TARIXI


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1633896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
tasavvuf

 
TASAVVUFNING PAYDO BO‘LISH TARIXI 
 
Tarixdan ma‘lumki, islom zaminida dunyoga kelgan sо‗fiylik dastlab basrada 
maydonga chiqqan va abulvohid bin zayd, hasan basriyning atrofidagi kishilar 
sо‗fiylikning ilk halqasini tashkil etgan. Chunki aynan о‗sha basrada zuhd va 
ibodat hayoti hamda ollohga taslimiyat taraqqiy topgan.
Musulmonlar orasida eng fazilatli shaxslar rasulullohning as‘hoblari 
hisoblanib, ular hazrati payg‗ambarimizning suhbatlariga musharraf bо‗lganliklari 
uchun sahoba deyilgan. Sahobadan keyin yashab, ularga suhabtdosh bо‗lganlar 
tabiun nomini olishgan. Bular ham xosiyatli insonlar sifatida о‗zlarining 
sharaflariga loyiq tarzda hayot kechirib о‗tishgan. Tabiun izdoshlari atbo ut-tabiun 
deyilgan. Bulardan sо‗ng xalq о‗rtasida har turli ixtiloflar qо‗zg‗alib, fikr-
qarashlari bir-biridan farqli va ziddiyatli guruhlar о‗rtaga chiqa boshlagan. Bu 
xususda mulohaza yuritgan abulkarim qushayriy ishning oqibati о‗laroq «dinning 
hukmlariga zо‗r diqqat va ixlos bilan rioyat etgan insonlarga «zuhhod va ubbod» 


(zohid va obidlar) nomi berilganligini aytib, yana yozadi: «ancha sо‗ngra bid‘at 
mazhablari о‗rtaga chiqdi. Har mazhab boshqasi bilan tortishish va xalqni о‗zi 
tomonga da‘vat qilishga kirishdi… natijada «har nafasda olloh bilan bо‗lish» 
holini muhofaza etgan va о‗zlarida zohir bо‗lgan g‗aflat musibatlaridan 
qutilmoqqa jahd aylagan ahli sunnatning peshqadamlari mutasavvif nomi bilan 
boshqalardan ajraldilar. Bu zumraning ulug‗lari hijriy ikki yuzinchi yildan avval 
ushbu nom ila tanilganlar».
Ibn Xaldun esa sо‗fiylik yoshini islomning tug‗ilish bilan deyarli teng 
qо‗yadi: «Sо‗fiylarning yо‗li islomning ilk kunlaridan buyon mavjud bо‗lgan bir 
harakat yо‗li edi… ammo hijriy ikkinchi asrdan sо‗ngra dunyo sevgisi ustun kela 
boshlagach, xalqning dunyoviy narsalarga mayli kuchaydi. Zuhd va taqvoga 
yо‗nalganlar esa «sо‗fiy» nomi ila ulardan ajraldilar». 
Demak, 
tasavvuf 
bid‘at, 
g‗aflat, 
dunyoparastlik 
va 
xalqdagi 
parokandaliklarga qarshi bо‗lgan xolis niyatli kishilarning maslagi о‗laroq 
tug‗ilgandir.
«Tabaqoti sufiya» asarida sulamiy ilk sо‗fiylarni besh tabaqaga ajratib, har 
tabaqaga mansub yigirma sо‗fiy tо‗g‗risida ma‘lumot bergan. «Risolai qushayriy» 
muallifiga kо‗ra, ilk sо‗fiylar Ibrohim Adham, Zunnun Misriy, Karxiy, Sirri 
Saqatiy, Boyazid Bistomiy va Junayd Bag‗dodiylarga daxldorlik nisbati ila soni 
sakson uchtadir. Ilk sо‗fiylar orasida hasan basriy, shaqiqi balxiy, abu hoshim 
sо‗fiy, sо‗fiyon savriy singari bir qancha shaxslar eng avvalo zuhd kamoloti bilan 
о‗rnak kо‗rsatgan. 
«Islom qomusi»dagi ma‘lumot bо‗yicha, ilk sо‗fiylar safida birinchi bо‗lib 
tasavvufiy ma‘nolardan bahs yuritgan hasan basriy edi ishorat va ramzlarni sо‗z 
bilan bayon qilib, ilk bora hol va maqomotdan sо‗zlagan zunun misriy erur. 
«tasavvuf tili» nomini olgan abu said harroz esa birinchi marta fano va baqo 
xususida sо‗zlagan. Bag‗dodda tavhid masalasini ilgari surish saqatiyning 
zimmasiga tushgan. Maqomot jihatidan oriflarning mazhablari haqida dastlab 
shaqiqi balxiy gapirgan. Tasavvuf jarayoniga fuzayl bin ayoz uyg‗oqlik baxsh 
etgan. Marv shahrida ilk bora tasavvufiy hollardan nutq irod etgan kishi abulabbos 


qosim bin sayyor marvoziy bо‗lgan ekan. Sherozda sо‗fiylik sshartlari abulabbos 
bin imron tomonidan belgilab berilgan. Jamoalarda tasavvufdan ta‘lim berishni 
boshlagan yahyo bin muoz roziy edi. Sо‗fiylik tarixi va taraqqiyotini chuqur bilish 
uchun bunday ma‘lumotlarni bilish va xotirada saqlash juda muhimdir. 
Tasavvufning 
ma‘no-mohiyatini 
tо‗g‗ri 
anglashda 
sо‗fiy 
va 
mutasavviflarning tasavvufga bergan ta‘riflariga alohida e‘tibor berish ham zarur. 
Bunda ayniqsa ilk davrlardagi sо‗fiylarning ta‘riflari muhim qimmatga ega. Abu 
Nasr Sarrojning «Al-luma‘», Hujviriyning «Kashf ul-mahjub», Qushayriyning 
«Risolai qushayriy», Suhravardiyning «Avorif ul-maorif»i singari bir necha 
mо‗tabar manbalarda bunday ta‘riflarga maxsus о‗rin ajratilgan. Biz ulardan 
ayrimlarini kо‗rsatib о‗tmoqchimiz: 
1.Ma‘rufi Karxiy: «Tasavvuf – haqiqatlarga quchoq ochib, mahluqotning 
qо‗lidagilardan yuz burmoq erur». 
2.Abu Sulaymon Doroniy: «Tasavvuf, sо‗fiyning ollohdan boshqasi 
bilmaydigan amallarni ado aylash va yolg‗iz ollohga ayon bir hol ila u bilan 
doimiy birlikda bо‗lishdir». 
3.Abu Hafs al-Haddod: «Tasavvuf adabdan iborat erur. Har bir vaqtning – 
о‗z adabi bordur. Har bir holning adabi bor. Vaqtning adabiga diqqat qilgan solik 
komil inson martabasini egallaydi…» 
4.Amr Usmon al-Makkiy: «Tasavvuf, har vaqt va har soat qulning qо‗lidan 
keladigan eng xayrli ish ila mashg‗ul bо‗lishidir.» 
5.Abu Husayn Nuriy: «Tasavvuf rusm ham emas, bilim ham emas, balki 
axloq erur. Agar tasavvuf marosim bо‗lsaydi, mashaqqat ila qо‗lga kiritilardi. Ilm 
bо‗lsa ta‘lim bilan о‗rganilardi. Tasavvuf ilohiy axloq sifatlari ila sifatlanmoqdir». 
6.abulqosim junayd: «tasavvuf, qulga ato etilgan holdir». 
7.abu muhammad ruvaym: «tasavvuf nafsni olloh irodasiga vaqf etmakdir». 
8.abu amr damashqiy: «tasavvuf, koinotni noqis kо‗rmak, kamchilikdan xoli 
kishining mushohadasi ila noqis borliqqa boqmoqdan yuz burishdir». 
9.abu ali rо‗zboriy: «tasavvuf, quvsa ham sevgilining eshigi oldida 
yotmoqdir». 


Diqqat qilinsa, ushbu ta‘riflar mazmuni bir-biridan anchayin uzoqligi kishini 
о‗ylatib qо‗yadi. Xо‗sh, bunga sabab nima? Ba‘zan bir sо‗fiyning tasavvufga 
bergan bir necha ta‘riflarida ham xuddi shunday holni kо‗rish mumkin. Ibrohim 
bin Muvallad raqqiy «tasavvuf nedur?» - degan savolga yuzdan ortiq javob 
qaytargan ekan. Agar ular bir joyga jamlanib о‗qilsa, bir odamning emas, yuz 
odamning ta‘rifiga о‗xshab qoladi. Aslida ular bir odamning bir-biriga 
о‗xshamydigan tasavvufiy hol va holat haqidagi fikrlaridir. Shuning uchun 
tasavvuf tо‗g‗risida sо‗zlaganda qat‘iy hukm yoki xulosalar chiqarishga 
shoshilmaslik kerak. 
Sulton Valad «Maorif» asarida boyazid bistomiyning: «Meni sulukimning ilk 
zamonlarida kо‗rganlar siddiq, oxirida kо‗rganlar esa «zindiq» bо‗ldilar», - degan 
fikrini shunday sharhliydi: «chunki ilk zamonlarida undan (ya‘ni bistomiydan) 
toat va ibodat kо‗rinardi. Keyin esa ilohiylik kо‗rindi. Xalqda bu hol tangridan 
ekanligini kо‗radigan kо‗z yо‗qligi uchun va boyazid ham orada bir vositadan 
boshqa bir narsa bо‗lmagani holda, ular zohirga qarab bu ishlarning tangridan 
emas, boyaziddan maydonga kelgan deb xayol ettilar va zindiq bо‗ldilar». 
Xullas, tasavvufga birovlar bidoyat holiga, boshqa birovlar nihoyat holiga 
asoslanib ta‘rif bergan. Ayrim sо‗fiy va mutasavviflar ta‘rifi esa tasavvufning 
alomatlari (sidq, vafo va h.k)ga tayanib aytilgan. Umuman, tasavvuf tо‗g‗risidagi 
sо‗fiy va mutasavviflarning ta‘riflaridan hech biri tasavvufning mazmun-
mohiyatini tо‗liq ifodalay olmaydi. Ibn Xaldunga kо‗ra, mazkur ta‘riflarning 
kо‗pligiga qaramasdan, ular u yoki bu zamonda yashagan sо‗fiylarning mahdud 
hollarini aks ettiradi. Ta‘riflarning о‗xshash bо‗lishiga esa zamon kuchli ta‘sir 
о‗tkazmagan, farqli bо‗lishi sо‗fiylarning hol va maqomlaridagi farqlarga 
aloqador erur. 
Tasavvufning mohiyati. О‗rta osiyo xalqlari islom dini tufayli yangi bir 
madaniyat va ma‘naviyat maydoniga kirgan edi. Turkiy xalqlarning islomiyatga 
о‗tishi, turk tarixida bо‗lganidek, dunyo tarixida ham juda muhim hodisalardan 
edi. Islom dinining ishonch va e‘tiqod mafkurasi о‗tmish ajdodlarimizning 
madaniyati hamda ijtimoiy turmush tarziga kuchli ta‘sir kо‗rsatdi. Tasavvuf ana 


shu yangi madaniyat zaminida о‗rta osiyo xalqlari qadimiy madaniyatining 
islomiy mohiyat bilan birikishidan tug‗ilgan kо‗p qirrali va nihoyatda qudratli 
maslakdir. Tasavvufning shakllanishi va keng quloch yozishida xurosonlik zohid 
sо‗fiylar va zohid olimlar, о‗rta osiyoda sо‗fiylik va tasavvuf tariqatlarining 
yuzaga kelishida, iroq, bag‗dod, xurosonda yetishgan mashhur sо‗fiy va 
mutasavviflarning ma‘lum ta‘sirlari bо‗lgan. 
Junayd Bag‗dodiy «Sо‗fiylar kim?» savoliga: «Ular – xalq orasidagi haqning 
e‘tiborli qullaridir. Alloh ularni xohlasa ochiqqa chiqarur, xohlasa yashirur», - deb 
javob bergan ekan. Imom G‘azzoliy ta‘rificha, «haqiqiy sо‗fiylar ilm-la amalni 
birlashtira bilgan va zafarga erishgan zotlar. Ular aytganlarini ado etdilar… 
sо‗zlari va о‗zlari bir bо‗ldi. Asl ilm, ma‘rifat, ibodat, taqvo mana shulardadir. 
Sо‗fiylarni shu holga yetkazgan botinlarida porlagan yuksak imonlari va buyuk 
himmatlaridir». 
Tasavvuf, eng avvalo, insonning о‗z mohiyatini teran idrok qilish va bilish 
yо‗lidagi og‗ir, qiynoqli intilishlarini ifoda etgan. Odam farzandining zahiriy 
bahsu munozaralari, moddiy manfaat yо‗lidagi har turli tortishuv-talashuvlari, 
aslida uning botinidan boshlanadi. Va bular insondagi kuchsizlik yoki shaytonga 
taslimiyatning ayni kо‗rinishlari hisoblanadi. Boshqacha bо‗lishi mumkin ham 
emas. Chunki qur‘oni karimning «Niso» surasida aytilganidek, «Inson ojiz qilib 
yaratilgandir» (27-oyat). «Kahf» surasida esa inson «Juda kо‗p bahs-janjal 
qiluvchi» deb ta‘riflangan. Tasavvuf – insoniy ojizlik va kuchsizliklarga tutilgan 
bir kо‗zgudirkim, unga nazar tashlab axloqni poklash, kо‗ngilni ilohiy hissiyotlar 
bilan kamol toptirish chora-tadbirlarini egallash mumkin. Tasavvuf haqida fikr 
yuritganda, har qalay tafakkurga kо‗p ahamiyat berish kerak. Albatta, tafakkur 
deyish yoki tafakkurga da‘vat qilishning о‗zidan bir natija chiqmaydi. Aslida 
tafakkur – tafakkurning fazilati, qimmati, haqiqat va manbalarini puxta bilishdan 
boshlanadi. Ilmsiz tafakkur bо‗lmaganidek, tafakkursiz ma‘rifat ham yо‗q. 
Tasavvufning asosiy talab va kо‗rsatmalaridan biri ham mana shu. Hujjatul islom 
Imom G‗g‗azzoliyning ta‘riflashicha, «tafakkurning umumiy mahsuli – ilm, hol va 
amal. Xususiy natijasi esa faqat ilm. Qalbda ilm hosil bо‗lgach, qalbning holi 


о‗zgaradi. YA‘ni amal holga, hol ilmga, ilm esa tafaakurga bog‗liqdir. Aytish 
mumkinki, barcha ezguliklarning boshi va boshlang‗ichi tafakkur erur…». 
Demak, tafakkur deganda yolg‗iz fikriy anglash, hissiy bilishni emas, qalb 
hayotini tubdan yangilaydigan ma‘rifatni, hol bilan bog‗liq amalni ham nazarga 
olmoq lozim. Zero, barcha ezgulik, yuksak fazilatlarning tamalini tafakkur tashkil 
etar ekan, komillikka undamaygan hech bir fikr, hech bir tushuncha yoki 
maqsadni tafakkurga nisbat bermaslik lozim. Shu ma‘noda haqiqiy sо‗fiy va 
mutasavviflar islom olamining о‗rnak xislatlarga ega kishilari bо‗lishgan. Ular 
nafslarini poklash uchun ibodat qilib, zikr ila mashg‗ul bо‗lganlarida ham, 
xilvatga yuz burib chilla о‗tirganlarida ham, sir va shavq sharobidan qonib kо‗z 
yosh tо‗kkanlarida ham tafakkur zavqi ila nafas olgan. Darvoqe, insonga alloh ato 
aylagan tafakkur imtiyozi va imkoniyati behad keng va beqiyos erur. Ammo shu 
imtiyoz va imkoniyatdan u yetarli darajada foydalana olganmi? Yо‗q, albatta. 
Bunga esa birinchi galda, nafs, g‗aflat, jaholat sabab bо‗lsa, undan keyin bilim 
sustligi, aqidaparastlik va riyo monelik qilgan. Shuning uchun tasavvuf 
tariqatlariga mansub zotlar najot ziyosini tafakkurdan axtarishgan. Shuning uchun 
Fuzayl Ayoz: «Tafakkur sening oynang erur. Va barcha yaxshilik hamda 
yomonliklaringni о‗zingga oshkor aylar», - degan edi. Tasavvufda tafakkur 
xudosevarlik «dastur»iga asoslanadi. Tasavvuf xudo ishqi va xayoliga 
bog‗lanmaydigan, insonni ruhoniyat, ma‘rifat va haqiqat maqomlariga 
kо‗tarilishiga xizmat qilmaydigan fikr va tushunchalardan kechmoqqa 
chorlashidan aslo ajablanmaslik kerak. Shayx Junayd Bag‗dodiy: «Tasavvuf – 
allohning seni safoda maxsus aylashidir», - desa, «Tasavvuf – allohdan yiroqlik 
kasofatidan qutulib, haqqa yaqinlik sofligini qozonmoqdir»,- deydi. Ahmad 
Maqriy esa yanada aniqroq qilib, «Tasavvuf – alloh ila istiqomat qilish holoti 
erur», degan ekan. Bunday ta‘riflarni kо‗plab keltirish mumkin. Bu ta‘riflarni 
tasdiqlaydigan hikoyat va rivoyatlarning miqdori ulardan-da kо‗p va qiziqarlidir. 
Naql qilinishicha, bir kun xalifa Mu‘tasim, shohlikdan kechib darveshlik tariqiga 
yuz burgan Ibrohim Adhamdan, «Kasbing nedur?», deb sо‗raganda, u: «Men bu 
dunyoni dunyoparastlarga bag‗ishladim. Bu dunyoda alloh taoloni zikr aylash, u 


olamda esa tangri diydorini kо‗rish uchun harakat qilish mening kasbimdir», 
debdi. Abul Hasan Haraqoniydan «Kо‗nglida xudo mavjudligi g‗olib kiishining 
nishonasi nedur?», deya sо‗rashganda: «Oyog‗idan boshigacha alloh borligini 
iqror aylashdir. Uning yurish-turishi, kо‗rishi, hatto burnidan chiqadigan nafasi 
ham alloh deydi…» - degan. Rivoyatga kо‗ra, Boyazid Bistomiy har qachon haq 
taoloning sifatlaridan sо‗z desa, shodmon bо‗lib muk о‗ltirib olar, chun haq 
taoloning zotidan gapirsa, о‗rnidan qо‗par va har tarafga yurib, «keldi, keldi, ana 
keldi», deya nido etar ekan. 
Tasavvuf haqiqiy ishq – alloh sevgisini birinchi о‗ringa kо‗targanda, diqqat 
e‘tiborni axloq va odob muammolariga chuqur jalb qilgan edi. Tasavvufiy axloq 
uchun tuban xulq hosilasi bо‗lmish har qanday о‗tkinchi da‘vo va g‗arazlardan 
kechish, tilyog‗lamalik va manfaat yuzasidan yaltoqlanishlardan hazar etish, 
xususan hosidlik va munofiqlikning tarki albatta sshart edi. Qalbni poklash, 
ma‘rifat sohibi bо‗lish, behuda kechgan har bir umr daqiqalari uchun afsus 
chekish, odamlarga faqat va faqat yaxshilik tilab, mehru vafo kо‗rsatmoq – bular 
tasavvufiy axloqning majburiyatlari edi. Sо‗fiyona odob о‗tkinchi dunyo 
tashvishlari uchun jonsarak bо‗lmaslik, tirikchilik ranjlaridan bо‗lar-bо‗lmasga 
shikoyat qilmaslikka о‗rgatar, ayniqsa tangdillik, ziqnalik, ichqoralikni keskin 
inkor etardi. Zero, abdurahmon jomiy aytmoqchi, «shikoyat va tangdillik 
ma‘rifatning kamligidan tug‗ilijak» bir xastalikdir. Tasavvufda uyatning kuchi va 
ahamiyati boshqa birovlardan emas, avvalo, odamning о‗zidan, о‗zining 
bag‗ritoshligi, manmanligi, fitnakorligi, horisligi, xullas, kishini haq yо‗lidan 
ozdiruvchi qancha salbiy illatlar bо‗lsa, shularning barchasidan о‗zi uyala 
olishidadir. Tasavvuf til, dil, xulq odobi bilan bir qatorda, holat va ruhoniyat 
odobini ham keng qamrab olgan edi. Eron tasavvvufshunosi javod nurbaxsh: «ahli 
tasavvuf dunyosida g‗azab ham, nafrat ham yо‗q. Unda erkinlik hukmron va 
ziddiyatga о‗rni qoldirilmagan. Munofiqlik va aldov ham yо‗q… sо‗fiylik olamida 
faqat poklik, osudalik va muhabbat mavjuddir. Bu – haqiqatda barcha yurak orzu 
qiluvchi bir xayoldir.bu – shu dunyoda erishilajak jannat erur», - deganida 
mubolag‗aga berilmagan, albatta. 


Shu о‗rinda, «Xо‗sh, tasavvuf о‗zi nima? Diniy-axloqiy ta‘limotmi yoki 
falsafami? Nima deb qarash kerak tasavvufga: dunyoni bilish va idrok etish yо‗li 
debmi yoki tarkidunyochilik debmi?» singari bir qator savollar tug‗ilishi mumkin. 
Hindistonlik professor inoyatxon yozadi: «qat‘iy aytganda, tasavvuf din ham 
emas, falsafa ham emas. U deizm ham emas, ateizm ham emas. U mana 
shularning о‗rtasida turadi va ular orasidagi yetishmovchiliklarni tо‗ldiradi». 
Tasavvuf ruhini hech ikkilanmasdan, islomiy ruh deyish joiz. Chunki tasavvuf, 
birinchi galda, islom haqiqatlarini qalb va vijdon orqali bilish va his qilish ilmi. 
Lekin ayni paytda odam farzandlariga ato etilgan boshqa bir qator dinlarning sof 
mohiyatini ham u о‗zida mujassamlashtirgan. Tasavvufshunoslikda «ilk sо‗fiy 
kim?» savoliga «odam atodir» degan javobning mavjudligi ham tasodifiy bir gap 
emas deb о‗ylaymiz. Odamning badaniga jon kiritishdan avval, ma‘lum bir 
tariqatga mansub solikka о‗xshab olloh uni qirq kun yolg‗izlantirgan emish. 
Shundan sо‗ng uning yuragiga aql zavqini va kо‗ngliga ma‘rifat nurini singdirgan. 
Va hazrati odamning ruhi hilvatda yorishib, tо‗g‗ri yо‗lga kirgan mutasavvifga 
о‗xshab odim tashlay boshlagan. Odam ato jannatdan quvilgach, alloh uni 
«tasfiya» etguncha, ya‘ni sofiy bо‗lguniga qadar hindistonda tavba va istig‗for 
ettirib, chilla о‗tirtirgan hamda mosivodan xalos aylashga rag‗bat kо‗rsatgan. 
Bundagi soflanish, hech shubhasizki, nafsga tegishlidir. 
Sо‗fiy sо‗zi va ma‘nosi. Sо‗fiy sо‗zi qachon paydo bо‗lgan? Uni qaysi tilga 
nisbat berish mumkin? Sо‗fiyning о‗zi kim? Ilk sо‗fiylarning tashqi kо‗rinishlari-
yu, botiniy xususiyatlari qanday edi? Bular haqida sharq, g‗arb olimlari kо‗p fikr-
mulohazalarni bayon qilgan bо‗lsalar-da, hanuzgacha yagona xulosaga 
kelinmagan. Ayrim olimlar «sо‗fiy»ni ravshanlik, porloqlik, tozalik mazmunidagi 
«safvat» sо‗zining о‗zagidan; zohidona hayotlari bilan tanilgan «ahli suffa» 
jamoasining nomidan; madina masjidida bino etilgan «sufa»dan yaralgan desalar, 
boshqa bir guruh tadqiqotchilar uning yuzaga chiqishini «sifat» sо‗zi; arabiston 
chо‗llarida о‗sadigan о‗simlik – «sufana»; saffi avvalda namoz о‗qiganlarning 
oldingi safi bilan bog‗laydilar. Tasavvufshunoslar orasida sо‗fiy hikmat ma‘nosini 
ifodalaydigan «safos»dan kelib chiqqan deguvchilarning soni ham uncha oz emas. 


Ibn taymiya sо‗fiyning «suf» sо‗zidan paydo bо‗lgan deya, boshqa barcha 
qarashlarni inkor etadi. 
Abu Rayhon Beruniy Abul Fath Bustiyning suf sо‗zini tushunishdagi 
chalkashlikni ta‘kidlab, uning quyidagi fikrlariga e‘tiborni qaratgan: «odamlar 
sо‗fiy kalimasi ustida tortishib, uni suf, ya‘ni jun sо‗zidan olingan deb gumon 
qiladilar. Men sо‗fiy sо‗zini sofiy (ya‘ni sof, sodda) yigitdan boshqa narsa deb 
bilmayman. Shunday qilib, о‗sha «sofiy» lafzi xato yozilib, «sо‗fiy» lafziga 
aylanib ketgan. Nihoyat (bu sо‗z) bizga ma‘lum sо‗fiylarga laqab bо‗lgan». 
Zuhd ahliga zohid, tavakkul sohiblariga mutavakkil, ma‘rifat arboblariga orif 
deyilganda, ularning holi va maqomlari, maqsad va intilishlarini anniq tasavvur 
aylash mumkin. Sо‗fiy tо‗g‗risida bunday deb aytish qiyin. Chunki «sо‗fiylarni 
yolg‗iz bir ilmga berilgan, faqat bir maqom va hol bilan chegaralangan kishilar 
deyish mumkin emas. Aksincha, ular butun ma‘naviy ilmlarning qaynog‗i, 
hollarning makoni, axloqi qadimiyatning mahzari» bо‗lishgan. Shuning uchun 
hollari nihoyatda xilma-xil, doimiy tarzda maqomlari о‗zgarib, ruhan ilgarilagan 
kishilarga о‗sha hol yoki maqomlarning u yoki bunisiga asoslanib nom belgilash 
juda qiyin bо‗lgan. Abu Nasr Sarroj ushbu haqiqatni inobatga olganligini ta‘kidlab 
yozadi: «Men ularni (ya‘ni sо‗fiylarni) faqat bir hol va maqom ila qayd etmaslik 
uchun bu hollardan biri ila ismlantirmakdan saqlandim. Chunki ulardagi eng 
ta‘sirli hol, maqom, ilm va axloqqa tayanib nom beradigan bо‗lsam, unda 
sо‗fiylarni har zamon yangi bir nom bilan atashga tо‗g‗ri keladi». Bunday qilib 
bо‗lmasligi uchun sarroj ham sо‗fiy sо‗zining о‗zagi «suf» (ya‘ni yung) 
deganlarga о‗xshab, sо‗fiylarni nomlashda ularning kiyimlariga asoslanadi. Ayni 
paytda «sо‗fiylar nega boshqa matodan emas, aynan suf – yung kiyim kiyishni 
odat qilganlar?» - degan savolga ham javob beradi: «chunki suf (yung) kiymak 
nabilarning odati, payg‗ambarlar va asfiyoning shioridur. Ollohu taolo hazrati iso 
as‘hobi kiygan oq kiyimga nisbat-la ularni «havoriylar» deb yod etgan. Olloh 
ularni erishgan ilmlari, xulq yoki hollarga ishorat aylab eslash о‗rniga ushbu nom 
bilan xotirlashni tarjih qilgandirki, sо‗fiylarning ahvoli ham aynan shundaydir». 


Qur‘oni karimda havoriylar haqida bunday sо‗zlar nozil etilgan: «qachonki, 
iso ular tomonidan kufrni kо‗rgach, «ollohning diniga da‘vat qilishimda kim 
menga yordamchi bо‗lur?» - dedi. Havoriylar aytdilar: biz ollohning (diniga) 
yordam beruvchilarmiz. Ollohga iymon keltirdik. Ey iso, guvoh bо‗lginki, biz 
ollohga 
bо‗yin 
sunguvchilarmiz… bas, bizni (о‗zingning birligingga, 
payg‗ambarimizning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin («oli-imron» 
surasi, 52-53 oyatlar). Havoriylarning qassor va ovchi bо‗lganliklari ham naql 
qilingan. Ba‘zi olimlarga kо‗ra, ularni havoriy deyilishining sababi oq yungdan 
kiyim kiyishlaridan tashqari, din va ilm orqali odamlarning ruhlarini kamolga 
yetkazishlaridandir. «ovchilik»lari esa insonlarning ruhlarini beqarorlikdan xalos 
aylab, haqqa yо‗naltirishlari tufaylidir. Payg‗ambarimiz muhammad alayhissalom 
demishlar: «har payg‗ambarning havoriysi bordir. Mening havorim esa zubayr bin 
avvomdir». 
Sо‗fiylar Qur‘oni Karimdagi «Ey mо‗minlar, sizlar ham xuddi havoriylar 
kabi ollohning yordamchilari bо‗lingiz!» («sof» surasi, 14-oyat) degan sо‗zlariga 
chin yurakdan amal qilgan va havoriylar faoliyatiga yuksak ehtirom bilan 
qarashgan. Sо‗fiy sо‗zining lug‗aviy sharhi va istilohiy talqinlari hamma 
tomonidan ma‘qullanib, bir xilda qabul etilavermagan, hatto, bu atama 
bag‗dodliklar topgan bir uydirma degan fikr ilgari surilgan. Buni sarroj notо‗g‗ri 
e‘tiroz deb hisoblaydi. Uningcha, «sо‗fiy» lafzi hasan basriy zamonida ham 
mavjud bо‗lgan. Basriyning о‗zi esa «makkada ibodat paytida bir «sо‗fiy»ni 
kо‗rdim» degan degan ekan.
Makka bilan aloqador rivoyatlar jamlangan bir kitobda sо‗fiy kalimasining 
islomgacha bо‗lgan davrlarda ham mavjudligini tasdiqlaydigan dalillar qayd 
etilgan: «islomdan ancha avvalgi zamonlarda makka bо‗m-bо‗sh va baytullohni 
tavof qiladigan hech kim qolmaganmish. Shunda uzoq bir maskandan bir sо‗fiy 
(sо‗fiy qabilasidan yoki suf kiygan kishi) kelib baytullohni ziyorat aylab, bir 
qancha vaqtdan sо‗ng yana manziliga qaytib ketibdi». 


«Agar bu rivoyat tо‗g‗ri bо‗lsa, - deydi Sarroj, - «sо‗fiy» sо‗zi islomdan 
ancha muqaddam mavjud bо‗lgan va ul zamonlarda bu nom fazilat va saloh ahliga 
mansub kishilarga nisbat berilgandir». 
Ibn Xaldun «sо‗fiy» kalimasiga doir sharh va qaydlarga qо‗shilmasligini 
aytib, umuman, bu sо‗zning о‗zagini tadqiq qilganda, ayrimlar zо‗rma-zо‗raki 
izohlarga kirishib, qiyosan nomaqbul fikrlarga erk berishganini ta‘kidlaydi. 
Uningcha, sо‗fiylar suf-yung hirqa yopingan kimsalar emas. Bunday libos 
kiyishga ular xususiy bir ehtiyoj sezmagan, sezganlar esa sо‗fiylarga о‗xshashga 
intilgan ba‘zi kishilar bо‗lgan. Tо‗g‗ri, gohi-gohida sо‗fiylarning orasida ham 
yung libos kiyganlar uchrab turgan. Ammo bu ish «faqat zuhd va faqr (ollohga 
muhtojlik ma‘nosida) sababidan, ayniqsa, «faqr holi bilan bezanishga» bir ishorat 
tarzida amalga oshirilgan. 
Ibn Xaldun «sо‗fiy»ning о‗zagi va tasavvuf yо‗lining tamali «suffa»dan 
deguvchilar qarashlarini inkor etadi va yozadi: «Suffa ahlining rasululloh 
zamonida 
xususiy 
bir 
ibodat 
ila 
mashg‗ul 
bо‗lmaganliklari 
ravshanlashmoqdadir.ular ibodat va shar‘iy vazifalarni ado etishda boshqa 
sahobalardan farqlanmagan. Masjid suffasining iqomatlariga taxsis etilganligi 
ularning yо‗qsil va g‗aribliklaridan edi». 
Bir toifa odamlar esa sо‗fiy «safo» kalimasidan yuzaga kelgan, degan fikrni 
bayon qilgan. Ahmad Rifoiyning sharhlashicha, «safoining haqiqati hazrati 
payg‗ambarning (C.a.B.) axloqi ila axloqlanmoq erur; sidq va vafo sohibi bо‗lgan 
as‘hobning yо‗lidan yurib, buyuk malikning suhbatidan ajralmaslikdir… safoning 
haqiqati olam ul-g‗uyub bо‗lgan olloh uchun qalbning tasfiyasidir…» 
Tasavvuf tarixida «sо‗fiy» sо‗zining etimologiyasini bir sо‗z bilan emas, 
harflarga asoslanib birdaniga bir necha sо‗z bilan sharhlashga urinishlar ham 
bо‗lgan. Abu abbos mursiy demish: «sо‗fiy kalimasi arabcha tо‗rt harfdan 
maydonga kelur. «s» - sabr, safoni; «u» (vov) – vajd, vud (sevgi) va vafoni; «f» - 
faqd (mosivoni tark etmak) faqr va fanoni; «y» - kamol nuqtasiga yetishgan 
sо‗fiyning ollohga nisbatini ifoda etar». 


Husayn Voyiz Koshifiyning izohi ham shunga yaqin: «sо‗fiy sо‗zidagi har 
bir harf sifatga ishorat bо‗lib… «s» - yurak xilvatxonasidan nigohni uzmaslik, shu 
ma‘noda-ki, bunda dо‗stdan (ya‘ni ollohdan) о‗zga hech kim ogoh bо‗lmasin. «u» 
(«vov») - sirga ishorat, ya‘ni о‗z sirrini shu darajada pinhon tutish kerakki, hech 
qachon unga shaytonning qо‗li yetib bormasin. Bundan asl maqsad esa ixlos erur. 
«f» - fayz topmoq va fayz yetkazmoqqa ishorat, ya‘ni о‗zidan yuqoridagidan 
foyda olib, о‗zidan pastroqdagilarga foyda yetkazmoqdir… «y» - yaqinlik 
alomati». 
Sayyid Sajjodiy esa tasavvuf suf sо‗zidan olinganligini aytib, sufdagi «s» - 
samat, «safo», «savm», «u» (vov) – vido, vard, vafo. «f» - faqr, fikr va fanodan 
iborat deb hisoblaydi. 
Bunga teskari nuqati nazar bо‗yicha «sо‗fiy» sо‗zi umuman etimologik 
mohiyatdan mahrum bо‗lib, undagi harflar psixofiziologik taassurot uyg‗otadi, 
xoloC. Bunday xulosa «sо‗fiy» kalimasining biror bir tilga mansubligini ham 
inkor etadi, albatta. Holbuki. Suhravardiya tariqatining asoschisi, Shahobiddin 
Suhravardiyning «Avorif ul-maorif»dagi ma‘lumotiga binoan «sо‗fiy» - turkcha 
sо‗z. U yozadi: «…«sо‗fiy» qur‘onda yо‗q va bu sо‗z turkiydir. Islom 
mamlakatlarining ikkala qismida ham – sharqdagidek g‗arbda ham bu sо‗zdan 
bexabar bо‗lishgan». Afsuski, suhravardiy sо‗fiy sо‗zi nima ma‘noni anglatishini 
sharhlamagan ekan. 
Bizning nazarimizda, sо‗fiy sо‗zining kelib chiqishini suv, mazmunini esa 
soflanish bilan bog‗lagan tadqiqotchilarning fikrlari haqiqatga yaqin.
Sо‗fiy va mutasavvif. Tasavvuf tariqiga kirgan va shu yо‗lda eng oliy 
maqsadga yetishgan, ya‘ni vusul sohibi sо‗fiy hisoblanadi. Chin sо‗fiy – maslagi 
oliy, qalbi oynaday sof, irfon zavqi yuksak haqparast. Abu nasr sarrojning 
ta‘riflashicha, sо‗fiy ollohning ma‘rifati ilohiyasi bilan qalbini tiriltirgan, vujudini 
xizmat ila bezagan, tilini zikrullohga odatlantirgan, sirlarni muroqaba bilan 
tamizlagan zot, haqning amriga rioyat tufayli valoyat toji va hidoyat libosi 
kiydirilgan oshiqdir. 


Junayd bag‗dodiy esa, «sо‗fiy bamisoli tuproqdur. Barcha yomon narsa uning 
ustiga otilur. Ammo undan, gо‗zallikdan boshqa hech nima unib chiqmas…», - 
deydi. 
Ahmad rifoiyning e‘tirofi bо‗yicha, «kimki axloqi gо‗zal, majozi sharafli va 
himmati ulvi bо‗lsa, ana о‗sha sо‗fiydir». Sо‗fiyning borlig‗i haqning mazharidir. 
Unda haq ishqi va haq vaslidan boshqa bir maqsad qolmaydi. 
Sо‗fiy va mutasavviflarning haqiqatga erishish yо‗li – kashf va zavq. Zavq – 
ilohiy tajalliylarning boshlanishi bо‗lib, haq oshig‗ining qalbida tug‗ilajak nuri 
irfon erur. Sо‗fiy haq va botilni ana shu nur ila farqlaydi, ma‘naviy sirlarni kashf 
aylab, g‗ayb ma‘rifatidan ogoh bо‗ladi. Sо‗fiylik zavqi hurlik bilan uyg‗undir. 
Zero, zavq olloh jamolini kо‗rish ishtiyoqidan oshiq kо‗nglida uyg‗ongan hayajon 
erurki, uning manbai muhabbat, muhabbat hosilasi esa ilohiy huzurdir. 
Sо‗fiyning borliqqa munosabati yoki «borliq»qa erishish usuli ham о‗ziga 
xos. U bir «borliq» uchun boshqa borliqlardan voz kechadi. Zero, zohiriy borliqni 
tark etmasdan, haqiqiy – «mutlaq borliq»qa yetishmoq mumkin emas. 
Shuningdek, sо‗fiyning haqiqat talabi ham poklik va soflik. Chunki uning uchun 
haqiqatni xilma-xil kо‗rinish va shakllarda kо‗rish ham, qabul aylash ham yо‗q. 
Maxsus olam (kasrat – kо‗plikni aks ettiruvchi olam) g‗am, qayg‗u, kulfatlar bilan 
tо‗lig‗durki, haqiqat «malulda foriz» bо‗lmagan «mustag‗niy»ni qо‗lga kiritishga 
chorlaydi. Maxsus olam, zamon va makon e‘tibori bilan chegaralangan va 
nihoyali, haqiqat tolibi – sо‗fiy esa zamon va makon tahdidlaridan yuksak 
kо‗tarilgan «sо‗ngsiz borliq» talabgori erur. Shu bois sо‗fiy «ibn ul-vaqt», ya‘ni 
vaqtning о‗g‗lidir. Shuning uchun u «har nafasini kibriti ahmardan kо‗p karra 
ortiq kо‗rar. Kun va zamonning har lahzasida, shu lahzaga uyg‗un holda amal 
qilar. Hech vaqtini zoye etmas. Biloxira, zararli biror sо‗z ham sо‗zlamas» 
(Ahmad Rifoiy). 
Sо‗fiyning ibratli fazilatlaridan yana biri, uning vahmlardan, shubha va 
gumonlardan yiroqligidir. U avom tabaqasi orasida aralashishdan imkon 
darajasida yiroq turardi. Uning avom bilan man-sanga borishi ham qusur, ham 
aybdir. Xullas, sо‗fiy «nafasi ayni oltin yanglig‗, yoqut yanglig‗ qimmatli», 


borlig‗ini haqqa baxshida etggan hur zotdir. Ammo bunday fikr va ta‘riflar chin 
sо‗fiylarga tegishli. Ular safida taqlidchilar kо‗p bо‗lganidek, sо‗fiylikni bir niqob 
qilib olgan riyokor, kazzoblar ham ozchilikni tashkil etmagan. 
Abul Abbos Dinovariy Nishopurga kelib bir muddat yashab, keyin 
samarqandga tashrif buyurgan. Qayerga bormasin u ma‘rifatdan sо‗zlagan, 
ma‘rifat tili bilan haqiqatni targ‗ib qilgan. Shu zot deydiki: «Muqallid sо‗fiylar 
tasavvuf asoslarini yiqdilar, yо‗llarini buzdilar. Bir qancha uydirma nomlar topib, 
tasavvufning ma‘no-mohiyatini о‗zgartirdilar. Masalan: adabsizlikka – ixlos, 
haqdan yiroqlashishga – shath, yomon ishlardan zavqlanishga – xushnudlik, havo 
va havasga berilishga – ibtilo, dunyoparastlikka – vasl, axloqsizlikka – savlat, 
ziqnalik va xasislikka – jaholat, tilanchilikka – amal nomini berdilar. Eski 
sо‗fiylarning yо‗li bu emas edi». 
Eski sо‗fiylar – haq sо‗fiylari sifatida e‘tirof etilgan. Keyin esa ularga taqlid 
qiluvchilar bilan bir qatorda azroq – rizq sо‗fiylari (tamagirlikni kasb etib olgan 
sо‗fiylar), rusum sо‗fiylari – quruq rasm- rusumlarni ado aylashga kuch sarflagan 
sо‗fiylar paydo bо‗lgan. Asta-sekin bularning safi ortib borgan. Ehtimol, ana 
shuning uchun bizning donishmand bobolarimiz sо‗fiy sо‗zini tilga olishda bir 
ehtyotkorlik qilishgan. Aks holda, Suhravardiy, «Turkistonda, Movarounnahrda, 
Farg‗onada yashagan muqarrablardan juda kо‗p kishilarni sо‗fiy deb atamaslar. 
Chunki ular sо‗fiylarga о‗xshab kiyinib, ularga taqlid etmaslar…», deb yozmasdi. 
Xullas, «sо‗fiy kim?» - deganda hol, amal va e‘tiqodlari noqis yoki buzuq 
sо‗fiylarning soni ham oz bо‗lmaganligini esdan chiqarmaslik lozim. 
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta‘limot bо‗lib, islom olamida VIII 
asrning о‗rtalarida paydo bо‗lgan. Dastlab u zohidlik harakati kо‗rinishida kurtak 
yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam 
vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bо‗linish yuz beradi, ayniqsa, 
xalifa Usmon zamonida boylikka ruju qо‗yish, qimmatbaho tuhfalar bilan 
qarindosh-urug‗lar, yaqin dо‗st-birodarlarni siylash rasm bо‗ladi. Ummaviya xa-
lifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga 
berilish, xazina tо‗plash avj oldi. YA‘ni diniy mashg‗ulotlar, Xudo yо‗lidagi toat-


ibodat о‗rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol 
diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qо‗ygan 
e‘tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bо‗ldi. Ular orasida hadis tо‗plovchi 
muxaddislar, ilgaridan kashshoq bо‗lib, uy-joy, mol-mulkka e‘tibor qilmagan 
sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni ximoya qilib, ochiq kurashga 
otlangan bо‗lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni («zuhd» sо‗zidan «zohid» 
sо‗zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar 
axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g‗oyasini targ‗ib etib, 
ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan 
shug‗ullanganlar. 
Kufa, Bag‗dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar kо‗p edi, aytish 
kerakki, ularning obrо‗-e‘tibori ham xalq orasida katta bо‗lgan. Chunonchi, Uvays 
Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik sо‗fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning 
uchun bu zotlarniig nomi shayxlar va sо‗fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida 
tilga olinadi, ba‘zi mualliflar esa ularni sо‗fiylar qatoriga qо‗shmaganlar ham. 
Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bо‗lishlariga 
qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma‘rifat)dan bexabar kishilar edilar. Ular falsafiy 
mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma‘naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valilik, 
karomat-mо‗jizalar kо‗rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zoxidlarning niyati 
ibodat bilan oxirat mag‗firatini qozonish, Qur‘onda va‘da qilingan jannatning 
huzur-halovatiga yetishish edi. Sо‗fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat 
qilish ham tama‘ning bir kо‗rinishidir. Holbuki, sо‗fiy uchun na dunyodan va na 
oxiratdan tama‘ bо‗lmasligi kerak. Yagona istak bu - Xudonnng diydoridir, xolos. 
Mashhur sо‗fiy ayol Robia Adviya (714-801) Tangriga munojotlarida nola 
qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tama‘ida toat 
qiladigan bо‗lsam, jannatingdan benasib et, agar dо‗zaxingdan qо‗rqib ibodat 
qiladigan bо‗lsam, meni dо‗zax о‗tida kuydir ming-ming roziman! Ammo agar 
Sening jamolingni deb tunlarni bedor о‗tkazar ekanman, yolvoraman, meni 
jamolingdan mahrum etma!» 


Tangri taologa quruq, kо‗r-kо‗rona mute‘likning hojati yо‗q. Xudo g‗azabidan 
qо‗rqibgina amri ma‘rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir. Shuning 
uchun sо‗fiylar: Allohni jon -dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va 
bilish, kо‗ngilni nafsu hirs g‗uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh 
vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g‗oyasinn keng targ‗ib qildilar. Inson ruhi 
ilohiydir va demak, asosiy maqsad- ilohiy olamga borib qо‗shilmoqdir, dedilar. 
Shu tariqa, dunyodan kо‗ngil uzgan, ammo zohidlarga о‗xshamaydigan, ―bir 
nazar bilan tuproqni kimyo etadigan‖ (Hofiz Sheroziy) zehnu zakovat, aqlu 
farosatda tengsiz, ammo о‗zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, 
shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan 
farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bо‗lgan ediki, ularni ruh 
kishilari deb atardilar. Bunday odamlarning fe‘l-atvori, yurish-turishi, xoriqulodda 
(odatdan tashqari) sо‗zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba‘zilarining 
g‗aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mо‗jizalari aqllarii lol qoldirardi. 
Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir 
degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan kо‗proq «sо‗fiy» 
nomi qо‗llanilgan, chunki ushbu sо‗zning ma‘nosi ancha keng bо‗lib, boshqa 
tushuncha va atamalarni о‗z ichiga sig‗dirardi.
Sо‗fiyning ozodligi deganda tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan 
mutlaq qutulishi va ilohiy fikr sifati bо‗lmish pok ruh kо‗rinishida istig‗no olami - 
Tangri taolo olamining zaruratlari bepoyonligini qullan idrok etishini anglaganlar. 
Sо‗fiy yana «sirri sof, aqli yetuk, muhabbat ahliga dil bog‗lagan (Koshifiy) 
bо‗lishi, nafasidan bedardlar qalbi bedor bо‗lmog‗i kerak. Sо‗fiylar ruhoniyat bilan 
suhbat quradigan, kayhonu falak asroridan mujda keltiradigan, faqrni ixtiyoriy 
ravishda bо‗yinga olib, tabiiy axloqni tark eta borib, ilohiy axloqni kasb etuvchi, 
ezgulik yо‗lida jonini fido qiluvchidirlar, ular borliq va yо‗qlik, zamon va 
makondan xorij, azalu abadni birlashtirgan mukarram zotdirlar. Bu о‗rinda hazrat 
Abdurahmon Jomiyning «Suhbatul abror» dostonida sо‗fiyga bergan ta‘rifini 
keltirmoqchimiz, о‗ylaymizki, bu quyma hikmatlar sо‗fiylar xislatini yorqinroq 
ochishga yordam berajak. 


Ana shunday, davrlarning almashinishi, shohlarning о‗zgarishi, siyosatu 
rayosat darvesh sо‗fiyniig e‘tiqodiga, xulqiga ta‘sir qilmasligi kerak, sо‗fiy mayda 
manfaatlar, odamlarning kundalik tashvishlarigina emas, umuman foniy 
dunyoning‗ g‗amu muammolaridan ustun turadigan, tafakkurining sathi, falaklar 
qadar qamrovli, qalbida ma‘nolar bulog‗n qaynab turgan komil inson hisoblangan. 
Bunday karomatli insonlarni xalq aziz-avliyo, qudsiy nafasli kishilar sifatida 
alohida e‘zozlagan. Bu zotlar atrofdagilar ongi va shuuriga qattiq tasir о‗tkazganlar 
va ma‘naviyat sultonlari bо‗lib maydonga chiqqanlar. Ularning sо‗zi va harakati, 
xislati va axloqi hammaga ibrat qilib kо‗rsatilgan. Jahonning butunligi, obodonlik 
va osoyishtalik Parvardigor fayzini yetkazuvchi shu tabarruk zotlarning duosi, 
xayrli ishlariga vobasta deb qaralgan. Shu asnoda avliyo-anbiyoning merosxо‗ri - 
davomchisi degan aqida shakllangan. Ya‘ni garchi Payg‗ambari oxir zamon 
Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan keyin payg‗ambar kelmasa-da, ammo 
qutbi kirom valilar har zamonda paydo bо‗lib, xalqni islom haqiqatlariga hidoyat 
etadilar tо‗g‗r yо‗lga boshlaydilar.
Alisher Navoiy ham Bahouddin Naqshband va Abdurahmon Jomiyni garchi 
Xusrav Dehlaviy kabi payg‗ambar davomchisi deb atamasa-da, lekin ularni 
«murshidi ofoq», «koshifi asrorya iloh», barcha ishlardan xabardor karomatli va 
pok niyatli zotlar sifatida ta‘rif-tavsif etadi. Masalan, Bahouddin Naqshband: 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling