O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari


Download 0.63 Mb.
bet12/19
Sana04.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1748104
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
O‘zbek-mumtoz-adabiyotining-shakllanishi

Mo az be Sanoyi va Attor omadem» (Attor ruh bо‘lsa, Sanoiy uning ikki kо‘zi edi, Biz Sanoiy va Attor izidan keldik) sо‘zlaridan kelib chiqib ish kо‘radi. Hakim Sanoiy (vaf. 1141) nafaqat Rumiy hazratlarining murshidlaridan biri, balki fors tasavvuf adabiyotida «Hadiqatu-l-haqoyiq», «Sayru-l-ibod» va b. (jami yetti doston) bilan samoviy dostonlar turkumiga asos solgan buyuk mutasavvif hamdir.
Asl ismi Abu Hamid Muhammad bо‘lgan Farididdin (dinning yagonasi) Attor (1136-1229) Shayx Majididdin Bog‘dodiy, Shayx Rukniddin singari sо‘fiylardan ta’lim olgan. Davlatshoh Samarqandiy “Tazkiratu-sh-shuaro” asarida Shayx Attor she’riy asarlarining hajmi 250 ming baytga yaqin deb kо‘rsatgan. Asosiy ilmiy-falsafiy va tasavvufiy ruxdagi asarlari “Asrornoma”, “Musibatnoma”, “Haydarnoma”, “Hayloj”, “Muxtornoma”, “Ushturnoma” va boshqalardir. Bulardan tashqari Attorning “Tazkiratu-l-avliyo”sida 96 nafar sо‘fiy xayoti va xoloti zikr qilingan. “Mazxaru-l-ajoyib” («Mо‘jizalarning kо‘rinishi») nomli asarida Hazrat Ali timsoli yaratilgan. «Iloxiynoma»da Ruh va sittai quvva (olti asos) talqini berilgan. «Mantiqu-t-tayr»da Attor falsafasidagi Tavxid asrori anglatilgan bо‘lsa, Vaxdati vujud va vaxdati mavjud talqinlari «Javxaru-z-zot» asaridan о‘rin olgan.
Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) xazratlari tavsifida sо‘z ketarkan, Abduraxmon Jomiyning aniq va qisqa ta’rifi yodga keladi:
Man chi gо‘yam vasfi on oliyjanob,
Nist paygambar vale dorad kitob
(Men ulug‘ janob vasfida ne dey,
Payg‘ambar emas, lekin kitobi bor).
Mavlono Rumiyning tasavvuf olamiga kirib kelishi Shayx Farididdin Attorning bashorati bilan bо‘lganini uning ilk tafsirchilaridan Husomiddin Chalabiydan tortib, Davlatshox Samarqandiygacha о‘tgan shorixlar bir ovozdan tasdiqlaydilar. Axmad Aflokiyning «Manoqibu-l-orifin» asarida zikr qilinishicha, Damashqda shakllangan Muxyiddin ibn Arabiy maktabining davomchisi sifatida faoliyatda bо‘lgan.
«Forsiy tafsir» nomi bilan xam ulutlangan «Masnaviyi sharif» о‘n yillar chamasi muddat oralig‘ida yaratilib, Mavlono vafotidan tо‘rt yil avval 1269 yilda yozib tamomlandi. Arab-fors epik dostonchiligi usuli bо‘lgan masnaviy shaklida yozilgan bu asarni olimlar didaktik doston (E.E.Bertels), xamosiy (epik) she’rlar majmuasi (T.Purnomdoriyon), irfoniy kitob (R.Nikolson), tasavvuf qomusi (A. Shimmel) kabi sifatlar bilan atab, uning janriy о‘ziga xosligini belgilamoqchi bо‘ldilar. «Masnaviy»ning musharrixlaridan biri Obiddin Posho «bu kitob din usullari usulining usuli, Haq taologa va Haqiqatga yetishish sirlarining kashshofi. Bu buyuk fiqx, Olloh taolo dinining ochiq-oshkor dalili, burxoni va taqvo kitobidir» deb baxo bergan.
Rumiyning ilmiy-adabiy merosi orasida uning she’riy asarlari “Devoni kabir” («Ulug‘ devon»)ga jamlangan bо‘lib, unda g‘azal, ruboiy va masnaviy shakllarida yozilgan uch mingdan ortiq she’rlar bor. “Maktubot”, “Fixi ma fixi” («Nimaiki Undadir Undandir») kabi asarlari xam saqlangan. О‘zbek tiliga turkcha orqali “Ichindagi ichindadir” deb tarjima qilingan “Fihi ma fihi” asarini “Muyiniddin Parvona kitobi” xam deyishadi. Chunki uning nomi bir necha marta tilga olinishi bilan birga ushbu kitob, asosan, Mavlononing muhiblari Hisomiddin Chalabiy, Soxib Faxriddin, Amir Badriddin Guxartosh, Otabek Sulton Aloiddin, Tojidin Mо‘taz Xurosoniy va о‘g‘li Sulton Valad bilan bо‘lgan suxbatlarida aytilgan fikrlardan iboratdir.
“Buyuk jahongir Amir Temurning piri kim bо‘lgan” degan savolga javoban «Temurnoma»ning muallifi Mulla Salohiddin Toshkandiyning yozishicha, «derlarkim: avval Amir Temur sohibqironni Shayxu-l-a’lam tarbiyat qildilar, ikkinchisi Shayx Shamsiddin Kulol tarbiyat qildilar. Uchinchi shayx Hasan Baxurziy tarbiyat qildilar. Tо‘rtinchi Naqshband gshrim tarbiyat qildilar. Olamdan intiqol qilgunlaricha tо‘rt valiy tarbiyat qilur erdilar». Rо‘yxatning boshida kelgan Shayxu-l-a’lam nisbasi bilan Abubakr Zaynuddin Toyibodiy xazratlari nazarda tutilgani mutaxassislarga ma’lum. Buyuk soxibqiron nomiga nisbat berilgan «Temur tuzuklari» asarida: «Pirim Zaynuddin Abubakr Toyibodiy menga yozmishlarkim...» sо‘zlari bilan bu ulug‘ asarning boshlanishi Amir Temur xayotida Abubakr Toyibodiy pirligining о‘rni xaqida tasavvur uyg‘otadi. «Mavlono Abubakr Toyibodiyning qisqa xayotnomasi va Toyibodda о‘tgan xamsuxbatlari bilan uchrashuvlarining zikri» nomli risolada (1347/1979) Shayx Zaynuddin xaqida ma’lumot beruvchi mо‘tabar manbalar sifatida «Nafaxotu -l- uns», «Hibibu -s- siyar», «Riyozu -l- sayyox», «Muntahobu -t- tavorix», «Ravzatu –l -janon», «Nafoyi’u -l- axbor» kabilar tilga olingan. Ular islomiy ulamolardan zamona orifi Xoja Baxouddin Naqshband bilan Buxoroda, shoiri zamon Xoja Hofiz Sheroziy bilan Sherozda uchrashganlar.
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limotining rivoji buyuk soxibqiron Amir Temurning pirlaridan biri sifatida tilga olingan valiylardan biri Sayyid Muhammad Baxouddin Naqshband (1318-1389) nomi va faoliyati bilan bog‘liq. Alisher Navoiyning dalolaticha, Baxouddinning kamolga yetishishida Xoja Ali Romitoniy, Xoja Muhammad Boboi Samosiy va Sayyid Amir Kulolning ta’siri bо‘lgan. Baxouddin Marvda Yusuf Hamadoniyning qabrini ziyorat qilaroq uning ta’limotini chuqurlashtirdi. Yusuf Xamadoniyning xalfalaridan Abduxoliq G‘ijduvoniy kashf etgan sakkizta manzil (kalimati qudsiya)ga Xoja Baxouddin yana uch manzil qо‘shgan: 1) vuqufi zamoniy; 2) vuqufi a’dodiy; 3) vuqufi qalbiy. Naqshband ta’limotining ixcham ifodasi “Dil ba yoru dast ba kor” xikmatida anglatilgan. Xoja Muhammad Porso Bahouddin Naqshbandning barcha va’zlarini tо‘plab, “Risolai qudsiya” kitobini ta’lif etgan. Baxouddin Naqshband xaqida Mavlono Yaqub Charxiyning “Risolai unsiya”, Abul Muxsin Muhammad Boqirning “Maqomoti Xoja Baxouddin Naqshband”, Faxruddin Ali Safiyning “Rashaxotu ayni-l-xayot” kabi о‘nlab risolalar mavjud. Ushbu manbalarda Xoja Baxouddinning tarixiy va manqabaviy xayoti, tariqati, ta’limoti, ta’siri va suluki xaqida ma’lumotlar keltirilgan. «Rashaxot...» asarida naqshbandiylik tariqatining tarqalishi va kdror topishida benazir xizmatda bо‘lgan shayxlar qatorida Xoja Baxouddin Naqshbanddan keyin Xoja Muxammal Porso, Mavlono Muhammad Fatonaziy, Mavlono Yaqub Charxiy, Xoja Aloiddin G‘ijduvoniy, Shayx Sirojiddin Kulol, Xoja Aloiddin Attor, Mavlono Xisomiddin Porso Balxiy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Mavlono Nizomiddin Xomush, Mavlono Sa’diddin Koshrariy, Mavlono Nuriddin Abduraxmon Jomiy, va nixoyat, Hazrati Xoja Axror Valiy va boshqalar keltiriladi.
Xoja Ubaydullox Axror (1404-1490) Xoja Nizomiddin Xomush va Sa’diddin Koshgariy bilan bir tariqatu ilmda boglanganlar. 29 yoshida Ya’qub Charxiydan irshod olib, murshidi komillik maqomi bilan Toshkentga qaytgan alloma qator diniy-tasavvufiy asarlar muallifidir. Uning «Fiqroti Axroriya», “Risolai volidiya”, «Risolai xavoriya», «Risolai anfosi nafisa», «Ruqa’ot» asarlari shunday kitoblar sirasiga kiradi. Nuriddin Abdirahmon Jomiy (1414-1491) xazratlari ulug‘ tasavvuf shayxlaridan bо‘lib, Hazrati Maxdumning yrgirmadan ortiq risola va tazkiralari, maqomot va manqabalarida naqshbandiylikning tariqat usullari bayon qilingan. Bu xaqda «Rashaxot.,.»da qisqa qilib «Tariqi xojagon alarni tez о‘ziga oldi» deb ma’lumot beriladi.
Ulug‘ о‘zbek shoiri va mutafakkiri Mir Alisher Navoiy (1441-1501) Hazrati Jomiy vositasi bilan naqshband tarikatiga bog‘langani ma’lum. Navoiyning tasavvufiy qarap\ari deyarli barcha asarlarining ruxiga singgan bо‘lsa-da, «Lisonu-t-tayr» sо‘fiylik dostoni bо‘lib, Shayx Farididdin Attor an’analari ruxida yozilgan. Asarda borliq va iloxiyot xaqidagi qarashlar, inson, tabiat va xayot xaqidagi fikrlari qushlar tili (qush tasavvufda qalb ramzi, qushlar nutqi esa qalb xitobi) va sarguzashtlari orqali bayon qilingan. «Nasoyimu-l-muxabbat» manqabasi Hazrat Jomiyning «Nafaxotu-l-uns min xazaroti-l-quds» tazkirasi yо‘lida yozilib, Jomiy ilgari sо‘z yuritgan 618 ta shayxlar va sо‘fiylar soni 770 taga yetkazilgan va ular xaqidagi ma’lumotlarni о‘zida jamlagan «Tazkiratu-l-avliyo»dir. Tasavvufiy qarashlar «Nazmu-l-javoxir», «Arbain», «Munojot», «Maxbubu -l- qulub» singari asarlarida xdm aks etgan. Ulur adib о‘zigacha mavjud barcha iloxiy-ilmiy-adabiy ilmlarni izchil о‘rganib, ularni о‘z asarlarida mukammal bir suratda tartiblay olgan. Alisher Navoiy asarlaridagi fikr teranligi, ozod rux, mustaxkam iymon, tuyg‘ular nafosati va, nixoyat, mukarram va ulug‘vor turk (о‘zbek) sо‘zining qudratini uning tasavvufiy ruxdagi asarlarida xam kо‘rish mumkin. Navoiy davriga qadar xam, undan keyin xam yuzlab “Tarixi Nabaviy”lar, minglab “Qisasu-l-anbiyo” va “Ka’bu-l-axbor”lar yaratilgan. Lekin ular orasida Hazrat Navoiy yaratgan «Tarixi anbiyo...» nomli payg‘ambarlik tarixi nimasi bilan e’zozli, xammaga kunday ravshan bо‘lgan tarixi Nabaviyning qaysi sifatlarini Hazrat ustivor bilib ta’rif qilgan? degan savolga xam asarning mutolaasidan batafsil javob topamiz, N. Komilov Hazrat Navoiy talqinida "komil inson - bir ideal, barcha dunyoviy va iloxiy bilimlarni egallagan, ruxi Mutlaq ruxga tutash, fayzu karomatdan serob, suratu siyrati saranjom, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim pokiza zot, Navoiy tili bilan aytganda:

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling