O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Navoiyshunoslik fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 4.02 Mb.
bet63/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
Navoiyshunoslik fanidan yakuniy nazorat savollari

1. Lirik asarlarni sharhlashning qanday tamoyillari mavjud? (sharh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil, lug’at).


2. Navoiy g’azallarini sharhlashning qanday mezonlari mavjud? (g’azalning yaratilish davri, qaysi devonga mansubligi, mavzusi, murakkab so’zlar lug’ati va h.k.).
3. Navoiy g’azallarining tasavvufiy-irfoniy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar (A.Rustamov, B.Valixo’jaev, N.Komilov, I.Haqqulov).
4. Navoiy g’azallarining mavzu-mundarijasiga ko’ra turlari.
5. Navoiy g’azallaridagi shohbaytlar badiiyati.
6. Navoiy qit’alarining mavzu-mundarijasiga ko’ra turlari.
7. Navoiy qit’alaridagi sarlavhalar va urning mazmun-mohiyat o’rtasidagi mushtarakliklari.
8. Navoiy ijodidagi ishqiy mavzudagi qit’alar badiiyati.
9. Navoiyning diyniy-tasavvufiy mavzudagi qit’alari badiiyati.
10. Navoiy ijodidagi hasbi hol qit’alar badiiyati.
11. Navoiy ruboiylarining mavzu mundarijasiga ko’ra turlari.
12. Navoiy tuyuqlarida shakldosh so’zlar va ma’no tanosubi.
13. Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi.
14. Navoiy masnaviysida shoir ijodiy biografiyasiga doir ma’lumotlar.
15. Navoiy masnaviysida shoir tasavvufiy qarashlarining badiiy ifodasi (majzubi solik, soliki majzub).
16. Navoiy masnaviyi badiiyati (yaratilish tarixi, adresati, tarkibiy tuzilishi).
17. “Sittai zaruriya” va “Fusuli arba’a” qasidalar turkumining arxitektonikasi va kompozitsion qurilishi.
18. “Hiloliya” qasidasining g’oyaviy mazmuni, syujeti va timsollar olami.
19. Navoiy soqiynomasining tarkibiy tuzilishi va unda davr va zamondoshlarga munosabat.
20. Navoiy soqiynomasida ishq va vafo talqini.
21. Navoiy hamd g’azallarinig mavzu va g’oyalar ko’lami.
22. “Xazoyin ul-maoniy”dagi ilk g’azalning o’rganilishi (A.Rustamov, B.Valixo’jaev, N.Komilov, N.Bekovalar tahlili).
23. “Badoe’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy”dagi debochaning shoir ijodini o’rganishdagi ahamiyati.
24. “Arba’in” asaridagi qit’alar badiiyati (hadis va talqin).
25. “Nazmul-javohir” ruboiylarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
26. Navoiyning na’t g’azallarida me’roj talqini.
27. Hamd va na’t g’azallarda iqtibos va talmeh san’atlarining o’rni.
28. Navoiyning oshiqona mavzudagi g’azallari badiiyati.
29. Orifona g’azallarda shoir irfoniy-falsafiy qarashlarining badiiy ifodasi.
30. Navoiyning axloqiy-ta’limiy qit’alari badiiyati.
31. Navoiy rindona g’azallarining ramz va timsollari badiiyati.
32. Navoiy ijodida muxammas janri va badiiyati.
Navoiyning ijtimoiy mavzudagi qit’alari.
Navoiy qit’alarida shoir ijodiy biografiyasiga doir ma’lumotlar.
Oshiqona g’azallarda husni ta’lil va tajohuli orifona san’atining o’rni.
Navoiy g’azallarida “begona” baytlar va ularning she’r tarkibida tutgan o’rni.
“G’aroyib us-sig’ar” debochasida ruboiylar badiiyati.
Navoiy tarji’bandida “rind” timsoli.
33. Baytni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Ey husnunga zarroti jahon ichra tajallo,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavnu makon ichida mavlo
olam sanga mavlo.
34. Baytlarni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Ey Navoiy, kishiga berma ko’ngul,
Agar ul hurdurur, yo’qsa pariy.
Vasli naf’i buki, chekkaysen jon,
O’lturur, lek firoqi zarari.
35. Baytlarni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Yaraqon bo’ldimu dehqoni qazo,
Za’faron ekti yoshim arig’ig’a.
Ul pariy qildi ko’zum sari vatan,
Boqmang, ahbob, ko’zum sarig’ig’a.
36. Baytlarni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Qarilar xotiri nozukdur, ey tifl,
Shikastidin qilib vahm, o’lma gustoh:
Unuttungmuki, atfol o’ynag’anda,
Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shoh.
37. Baytlarni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Debon bergan kishi erdur valekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dag’i kam.
38. Baytlarni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Subhanollohi xoliqi z-ul-majdu alo
Kim, andin erur to’la xalo birla malo.
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig’ o’lg’ay masalo.
39. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg’a maqome
Bergilki, sening hamdinga bo’lsun tili go’yo.
40. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh,
Parvarda sening ne’matinga johilu dono.
41. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Kun shakli yuzung sajdasidin bo’ldi mushakkal,
Tun turrasi qahring elidin bo’ldi mutarro.
42. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Qachonkim zohir etsang “tanzi’ ul-mulk”,
Skandarning bo’lub mag’lubi Doro.
43. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Yuz eshigining tufrog’ig’a surta olg’aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro.
44. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Bir dilovardur ko’ngulkim, g’am sipohi qalbida,
Ohi novak, toza dog’idur qizil qalqon anga.
45. Baytlarni tahlil qiling (manba, janr, murakkab so’zlar lug’ati, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Uylansa birav toriy o’lub nakbat anga,
Makkoraki, qaltabon surar shahvat anga.
Zisht ersa gar eldin yoshurur rahmat anga,
Xo’b ersa gar elga ko’rguzur la’nat anga.

Bir aybg’a garchi xalq qilg’ay mansub,


Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub.
Sidq ersa xud etmak kerak o’z fe’lig’a xo’b
Kizb ersa, malomat dag’i bordur matlub.
46. Baylartni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
Bas el komin ravo ayla o’zungni komron ko’rgach.
Shah sipah cheksa, faqir ahvolig’a etmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod o’lur hashmat anga.
47. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Jamoling partavidin sham’ o’ti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona o’t ichra o’zin solur Xaliloso.
48. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go’yo.
49. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.
50. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach.
51. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni
Odam debon qahring tuni har dam “zalamno rabbano”.
52. Qit’ani sharhlang (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Sinuq safolki, may durdin ichkali topsang,
Qabul aylamagil jomi saltanat Jamdin.
Ilikka kirsa quruq non, maosh uchun chekma
Nashot ne’matining minnatini Hotamdin.
53. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Navoiy sehr emas go’yo Kalimulloh asosidur,
Bu mo’’jizlarki, zohir bo’ldi kilki nuktaposhimdin.
54. Baytni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Etmasa gardi rahing ko’hli bo’lib Ruhulloh
Ojiz aylar chog’i xuffosh a’mosig’a davo.
55. Baytlarni tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):
Senga etishmasa tong yo’q bu aqli zulmoniy,
Ki mehr sham’ig’a parvona bo’lmadi xuffosh.
Jong’a qo’ygach naqdi ishqing qilidi ko’nglumni halok,
O’lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.
56. Navoiy ijodida tarkibband janri (manba, janrning o’ziga xos jihatlari, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari).
57. “G’aroyib us-sig’ar” devonining janriy tarkibi.
58. “Navodir ush-shabob” devonining janriy tarkibi.
59. “Badoe’ ul-vasat” devonining janriy tarkibi.
60. “Favoyid ul-kibar” devonining janriy tarkibi.
61. Qit’ani tahlil qiling (mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, badiiyati, umumiy ma’no-mazmni):

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling