O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Axloqiy-ta’limiy g’azallar -


Download 4.02 Mb.
bet65/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Axloqiy-ta’limiy g’azallar - halollik, rostgo’ylik, myehnatsyevarlik, ilm-hunarga intilish, do’stga sadoqat, kattaga hurmat, kichikka shafqat, vatanparvarlik, xalqparvarlik, vatan va xalq dushmanlariga, zolim, o’g’ri va riyokorlarga nisbatan nafrat kabi olijanob xislatlar, didaktik g’oyalar o’z aksini topadigan g’azallar.
Bayt – I. Arab tilida uy ma`nosini ifodalaydi. Xalil Ibn Ahmad she`rning eng kichik qismini ham shu so’z bilan nomlagan. Bayt ikki misradan iborat.
Bahr - (arabcha – dengiz, ko'pligi buhur) Aruz tizimida ruknlarning takroridan hosil bo'luvchi vaznlar turkumi. Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida o'n to'qqizta, Boburning "Muxtasar”ida esa "ariz" va "amiq" bahrlari bilan birga yigirma bitta bahr keltirilgan.
Begona bayt - Maqtadan oldingi bayt. Unda shoirning g’azal mazmuniga u qadar bog’liq bo’lmagan fikrlari, qarashlari byerilishi mumkin.
Debocha – arabcha boshlanma, Devonlarda kirish qismga nisbatan qo’llanuvchi atama.
Dyevon - shoirning o’zi tomonidan, shuningdyek, boshqalar tomonidan ham tuziladi. Unda biror shoirning qofiya va radiflari ma’lum harflar bilan tugallangan shye’rlari alifbo tartibida (qofiyalanib kyeluvchi so’zlarning oxirgi harflari asosida) joylashtirilgan. Arab yozuvida 28 harf mavjud bo’lganligi uchun dyevonlarda ham ana shu harflarni ma’lum miqdordagi shye’rlar bilan to’ldirish asosiy qoidalardan hisoblangan. Dyevon tartib byerish forsiy adabiyotda turkiy adabiyotga nisbatan ancha avval kuzatiladi. Jumladan, XI asrda yashagan Nosir Xisrav (1004-1088) kabi forsiygo’y shoirlar sohibi dyevon bo’lganlar.
Doira - Aruz metodikasida bahrlarni yaxshi tushunish va eslab qolish uchun bir-biriga yaqin bo'lgan bahrlar kiritiladigan chizma. Unda misra, uning afo`illari hamda bahr nomlari kiritiladi. Misrani qaysi so'zdan boshlab o'qishga ko'ra turli bahrlar hosil bo'ladi. Masalan:
Doirai muttafiqa - mutaqorib (fa`uvlun), mutadorik (fo`ilun).
Yuzi rashki xurshidi anvar bo'lubtur
Etuk - hikoya, ertak (DLT)
Fard – arabcha so’z bo’lib, yolg’iz, yakka, yagona ma’nolarini anglatadi. Fardning ko’pligi mufradot deyiladi. Lirikaning eng kichik janri bo’lgan fard a-a yoki a-b shaklida qofiyaladadi.
Fosila - (arabcha palos) Aruzda eng katta juzvning nomi. To'rt va undan ortiq harfli juzv. Fosila ikki xil bo’ladi:
1. Fosilai sug’ro (kichik fosila) - uch harakatli va bir sokin harfdan iborat.
2. Fosilai kubro (katta fosila) - to'rt harakatli va bir sokin harfdan iborat.

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling