Oʻzbek oshxonasi


Download 27.69 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi27.69 Kb.
#1057337
1   2
Bog'liq
o\'zbek oshxonasi

Ak saulak- tayyorlash uchun, bug’doy unidan qilingan hamir juda nozik katta non qilib yoyiladi va qizib turgan qozonda pishiriladi. Nonlarni qatiq yoki sariyo’g bilan tortiladi. As saulak bayramlar oldindan tayyorlab, quritib qo’yilib, bayram kunlarida bulyon va go’shtli taomlarga qo’shiladi.
Qoraqalpoqlarning yana bir mashhur taomi mayek borek  hisoblanadi. Yoyilgan hamirni kvadrat shaklda kesib chiqilib, convert shakliga keltirilib, uning ichiga ko’pirtirilgan tuxum va eritilgan yog’ qo’shiladi. Qozonda piyozni qovurilib, uning ustiga suv quyiladi. Quv qaynashi bilan, mayek borek ni qaynatiladi.
Qirg’oq bo’yidagi hududlarda deyarli barcha taomlar baliqdan tayyorlangan. Ularning orasida jugar yoki tariq undan tayyorlangan uzma xamirli baliq sho’rvasi yoki qovurilgan va quritilgan baliq mashhur hisoblanadi.
Qovunlar, tarvuzlar va qovoqlar quritilib, shirinlik sifatida tanavvul qilinadi.
Shu yil aprel oyida The Lancet jurnali ovqat tufayli hayotdan koʻz yumish boʻyicha global miqyosda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasini eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, 2017-yilda har beshta oʻlimning bittasi notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida kelib chiqqani, Oʻzbekiston bu borada “yetakchilar” qatoridan joy olgani qayd etilgan edi.
Ammo dunyo mass-media olamidagi eng nufuzli manbalardan biri boʻlgan BBCʼning mamlakatimiz bilan bogʻliq ushbu maʼlumot boʻyicha qarashi mutlaqo boshqacha ekan.
Ushbu OAV sogʻliqni saqlash sohasidagi ekspertlarning fikrlariga asoslanib, oʻzbek milliy taomlari juda koʻp foydali jihatlarga ega ekanligini eʼtirof etgan.
“Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan Oʻzbekiston boshqa davlatlar bilan mahsulotlar va gʻoyalar ayirboshlagan diyori boʻlgan. Bu oʻz navbatida mamlakat rivoji uchun imkoniyat yaratgan: ajoyib naqshlar, hunarmandchilik mahsulotlari, sanʼat namunalari va ayniqsa, taomlar buning isbotidir”, - deyiladi maqolada.
“Agar ayrim ovqatlar sergoʻsht boʻlsa, boshqalari un, guruch, sabzavotlar va ziravorlardan tarkib topgan. Oʻzbek oshpazlari ushbu ingidriyentlardan chuchvaradan tortib kabobgacha boʻlgan bir-biridan betakror taomlar tayyorlashadi”, - deya taʼkidlanadi unda.
Materialda har bir hudud boʻyicha oʻzbek taomlari retseptlari alohida keltirib oʻtilgan. Ularning ichida somsa, lagʻmon, norin, shoʻrva, kabob, patir va albatta, palov eng mashhurlari sifatida qayd etilgan.
“VIII asrda bu yerda islom dini yoyila boshladi va shaharlarda masjid hamda madrasalar soni koʻpaydi. Buxoro bu borada muhim ahamiyat kasb etib, gʻoya almashish uchun butun musulmon olamidan mutafakkirlar yigʻiladigan taʼlim markazi hisoblangan. Aynan mana shunday muhitda oʻzbek oshxonasi ham rivojlana boshladi. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab savdogarlarning harakati gʻaroyib natijalar taqdim etdi. Bugun oʻzbek milliy oshxonasida turk, qozoq, uygʻur, moʻgʻil va boshqa madaniyatlar taʼsirini koʻrish mumkin”, - deya toʻxtalib oʻtilgan maqolada.
Shu oʻrinda Oʻzbekistonda eng mashhur taom sifatida palov eʼtirof etilib, u barcha bayram va alohida kunlarda dasturxonga tortilishi aytib oʻtilgan.
Gastroenterolog Lola Abdurahmonovaning fikricha, muammo milliy taomlarda emas, balki oʻzbek xalqining turmush tarzidadir. Mutaxassisning aytishicha, kun boʻyi mehnat qiladigan odamlar uchun oʻzbek taomlari juda foydali, faqat ularni meʼyorida isteʼmol qilish kerak.
“Sogʻliq bilan bogʻliq muammolar uchta holatda kelib chiqadi: ovqatni meʼyoridan ortiq tanovvul qilish, kam harakat turmush tarzi va menyuda rang-baranglikning yoʻqligi”, - deydi u.
Download 27.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling