O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi
Download 0.54 Mb.
|
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org
KLASSIKA (lot. classicus – namunali, mumtoz) – eng yaxshi, namunali, mumtoz dyeya e’tirof etilganlik. YA’ni, aslida, K. tyermini o‘zida baho munosabatini ifodalaydi. SHunga qaramay, K. so‘zining muomala amaliyoti va adabiyotshunoslikdagi qo‘llanishida turlichalik mavjud. Jumladan, u konkryet asar ( “Xamsa”, “O‘tgan kunlar”, “Anor” va h.), muayyan bir ijodkor (A.Navoiy, A.Qodiriy, A.Qahhor) yoki butun bir davrga (O‘zbyek klassik adabiyoti) nisbatan ham qo‘llanavyeradi. Mazkur holatlarning birinchisida baho munosabati to‘liq saqlanadi, chunki bu o‘rinda har jihatdan namunali bo‘lgan mukammal badiiy asar nazarda tutiladi. Ikkinchi holda ham baho munosabati ustuvor, shuning uchun tyerminni o‘ylabroq ishlatgan ma’qul: o‘z ijodi bilan badiiy tafakkurni syezilarli olg’a siljita olgan ijodkorlarga nisbatangina klassik dyeyish to‘g’ri bo‘ladi. Uchinchi holda esa baho munosabati o‘rnini davr ma’nosi egallaydi, ya’ni o‘zbyek klassik adabiyoti dyegani “eng yaxshi, namunali” dyegani emas, balki X – XI asrlardan boshlab XX asr boshlarigacha bo‘lgan o‘zbyek adabiyoti dyemakdir.
KLASSISIZM (lot. classicus – namunali, mumtoz) – XVII asrdan XIX asr boshlariga qadar Yevropa san’atida kuzatilgan estyetik hodisa, shu davr adabiy jarayonida yetakchi mavqye tutgan adabiy yo‘nalish. Mutaxassislar K.ning paydo bo‘lishini 1515 yil – italyan yozuvchisi Trissinoning «Sofonisba» tragyediyasi yaratilishidan boshlab byelgilashadi. Trissino bu asarini antik tragyediya namunalariga tayangan holda, syujyet voqyealarini antik Rim tarixchisi Tit Liviy asarlaridan olib, Arastu “Poetika”sida qo‘yilgan talablarga rioya qilgan holda yaratgan edi. Xuddi shu narsa, antik adabiyotni etalon dyeb bilish, undagi obrazlar va poetik shakllardan foydalanib va antik davrda ishlab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda ijod qilish talabi K.ning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. K.ning nazariy asoslari Uyg’onish davrining oxirlarida, xususan, L.Kastyelvyetro, YU.S.Skaligyerlarning poetikaga oid risolalarida paydo bo‘la boshlagan edi. Fransiyada K. adabiy yo‘nalish sifatida to‘la qaror topib, adabiy jarayonda yetakchi mavqye egallagan bo‘lib, fransuz K.i Yevropadagi boshqa xalqlar adabiyotlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Fransiyada K. madaniyatining gullab-yashnashiga asos bo‘lgan qator omillar mavjud edi. Avvalo, mavjud ijtimoiy-tarixiy sharoitda K. davlat va millat manfaatlariga to‘la mos edi. XVII asrga kyelib markazlashgan davlat tashkil qilish harakati nihoyasiga yetgan, tom ma’nodagi absolyut monarxiya o‘rnatilib, Fransiya Yevropadagi eng qudratli mamlakatga aylangan edi. Mazkur sharoitda K. hukumat tan olgan rasmiy va chin ma’noda yetakchi badiiy myetod bo‘lib qoldi. Qirol hukumati klassisist adiblarga maosh tayin qiladi, ularni qo‘llab-quvvatlaydi; hukumatning til va adabiyot sohasidagi siyosati Fransuz akadyemiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Hukumatning bu masalaga jiddiy e’tibor byerishi byejiz emas. K. adabiyoti fransuz davlatchiligining mustahkamlanishi, fransuzlarning yagona millat sifatida birlashishiga xizmat qilishi lozim ediki, u ushbu missiyani sharaf bilan uddaladi, fransuz jamiyati va milliy madaniyati tarixidagi juda muhim bosqich bo‘lib qoldi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling