O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi


Download 0.54 Mb.
bet26/55
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1836702
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org

KOLLIZIYA (lot. collisio – to‘qnashuv) – badiiy asarda tasvirlangan voqyea asosida yotuvchi pyersonajlar orasidagi to‘qnashuvlar, ziddiyatlar. Ilmga Gyegyel tomonidan kiritilgan K. tyermini adabiyotshunoslikda ba’zan konfliktning sinonimi sifatida qo‘llanadi. SHunga qaramay, ularni syezilarli farq bilan qo‘llash amaliyoti ham mavjud. Jumladan, ziddiyatlarni o‘tkirlik jihatidan darajalagan holda K.ni o‘tkir ziddiyat ma’nosida tushunish; ko‘lam jihatidan darajalagan holda tarixan global xaraktyerdagi to‘qnashuvlarni K. dyeb atash; shuningdyek, K.ni konfliktga nisbatan torroq ko‘lamda qo‘llab, konfliktning bir ko‘rinishi, asosan, epik asarlar voqyea rivojidagi bir holat – situasiyadagi (q.) pyersonajlar ziddiyati sifatida ham tushuniladi. Kyeyingi davr adabiyotshunosligida K.ni so‘nggi ma’noda, ya’ni tasvir pryedmyeti sifatidagi ziddiyat (konflikt) emas, uning tarkibiy qismi – ichki strukturaning elyemyenti sifatida tushunish kyengroq ommalashmoqda.
KOMYeDIYA (yun. komos – quvnoq marosim, ode – qo‘shiq) – dramatik turning uchta asosiy janridan biri, antik davrdayoq janr sifatida shakllangan. K. dramatik turning komiklikka asoslangan janri bo‘lib, unda xaraktyerlar, holat va voqyealar kulgili tarzda, komiklikka yo‘g’rilgan holda taqdim etiladi. Antik zamonlardan to klassisizm davriga qadar K.da tragyediyaning ziddi ko‘rilgan (tragyediya fojiali yakun topadi – K. baxtli; tragyediya favqulodda kuchli shaxslar – K. da quyi tabaqa kishilari; tragyediya tarixiy voqyeaga asoslanadi – K.da to‘qima va h.), adabiyotshunoslikka oid risolalarda tragyediyaga yuksak, K.ga esa tuban janr sifatida qaralgan. Mazkur hol XVIII asrgacha, ma’rifatchilik adabiyotida oraliq janr sifatida drama paydo bo‘lgunga qadar davom etgan. Kyeyingi ikki asr davomida K. muttasil rivojlandi, turfa janr xususiyatlarini kasb etib, imkoniyatlari kyengaydi.
K.ning asosida yotuvchi ijobiy kuch – kulgi, u jamiyat hayotida, kishilar fye’l-atvorida mavjud kamchiliklar, idyealga nomuvofiq jihatlarga qaratilgan bo‘ladi. K.ning markazida komik xaraktyerlar turadi. Odatda, komik xaraktyer dyeganda, o‘zida idyealga tamoman zid illatlarni jamlovchi yoki ulardan ayrimlarini namoyon etuvchi pyersonajlar nazarda tutiladi. Bu o‘rinda asosiy shartlardan biri shuki, komik pyersonaj o‘zining mavjud holatini idrok etmaydi, o‘ziga ryeal baho byerishga ojiz. Aksincha, u o‘zini bor holiga nisbatan tamoman tyeskari baholashga moyil: g’irt tyentak bo‘lgani holda o‘zini aqlli sanaydi, ma’nan tuban bo‘lgani holda o‘zini pokdomon biladi – o‘zini o‘zgalarga shunday sifatlarda taqdim etishga chiranadi. Mas., Uyg’unning “Parvona”sidagi O‘tkuriy ma’nan tuban, axloqan buzuq, oddiy mahmadanayu firibgar bo‘lgani holda o‘zini aqlli, so‘zamol, uddaburon, yashashni biladigan va h. fazilatlar egasi dyeb hisoblaydi, shunday ko‘rinishga urinadi. Xuddi shu narsa – xaraktyerning mohiyati bilan mavjudligi orasidagi nomutanosiblik komiklikni, xaraktyer komikligini yuzaga chiqaradi. K. holat komikligi asosiga ham quriladi. Mas., S.Ahmadning “Kyelinlar qo‘zg’oloni”, “Kuyov” asarlarida holat komikligi ustuvor mavqyega ega. Aslida, bu xil farqlashda shartlilik bor, chunki K.da xaraktyer komikligi bilan holat komikligi uyg’unlashib kyeladi, ular bir-birini to‘ldiradi, biri ikkinchisini namoyon etadi.
K. satirik yoki yumoristik ruhda bo‘lishi mumkin, har ikki holda ham u g’oyaviy-hissiy inkor qiladi: satirik ruhdagi komyediya qalamga olingan xaraktyer yoki holatni to‘la inkor qilsa, yumoristik ruhdagi komyediya xaraktyer yoki holatdagi ayrim jihatlarni qisman inkor qiladi. Mas., A.Qahhorning “Tobutdan tovush”, “Og’riq tishlar” K.lari satirik ruhdagi asarlar sanalsa, E.Vohidovning “Oltin dyevor” asarida yumoristik ruh ustuvorlik qiladi. K.dagi kulgini jo‘n tushunmaslik lozim, chunki chinakam komiklik ijtimoiy ahamiyatga molik kulgini taqozo etadi, bunday kulgi kishini o‘ylatadi, kuldirib kuydiradi, yig’latadi. SHu ma’noda, har qanday kulgili sahna asarini K. sanash xato bo‘lur edi. CHinakam komizm bilan yo‘g’rilgan dramatik turning bu janrini ko‘proq tashqi sahna effyektlari orqali kuldirishga qaratilgan fars, quvnoq kulgi qo‘zg’atuvchi vodyevil yoki xalq sayillarida ijro etiluvchi qiziqchi-masxaraboz tomoshalaridan farqlash kyerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling