O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi
Download 0.54 Mb.
|
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRITMA HIKOYA
INTIM LIRIKA (lot. Intimus so‘zidan fr. intime – ichki, o‘ta shaxsiy) – lirikaning tyematik jihatdan tasniflash asosida ajratiluvchi bir turi, lirik qahramonning ishqiy kyechinmalari tasvirlangan lirik asarlar. Muhabbat qadimdanoq shye’riyatning diqqat markazida turgan va hanuz intyensiv ishlanib kyelayotgan “mangu mavzu”laridan biri sanaladi. Ijtimoiy-siyosiy lirika har jihatdan rag’batlantirilgan sho‘ro davrida I.l.ga myensimasdan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lmagan hodisa sifatida past nazar bilan qaralgan. Holbuki, ijtimoiy hodisa bo‘lmish insonning qalbi muhabbat tufayli tozaradi, muhabbat uni ma’nan yuksaltiradi: muhabbat ko‘targan yuksaklikdan turib toza qalb bilan boqqanda, olamning go‘zalligi ham, hikmatlari ham yaqqol ko‘rinadi; yorga muhabbat bilangina limmo-lim to‘lgandyek ko‘ringan qalb olamni to‘lasicha qamrashga qodir. SHu bois jahon adabiyoti I.l.ning go‘zal va byetakror namunalarini byera olganki, ular insoniyatning byebaho ma’naviy mulkiga aylangan. Jumladan, Hofiz va Navoiy, Pyetrarka va SHyekspir, Pushkin va A.Blok, CHo‘lpon va Mirtyemir kabi ko‘plab shoirlar yaratgan I.l. namunalari hanuz syevib o‘qiladi, yuksak qadrlanadi, zyero, ular muhabbatning o‘zi kabi boqiydir.
KATASTROFA (yun. katastrophe – burilish, to‘ntarish) – tragyediya yoki drama qahramoni hayotida kyeskin burilish yuz byeruvchi holat, tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujyetlarda pyeripyetiya o‘tkir namoyon bo‘luvchi nuqta, aksar hollarda yechim bilan ham mos tushadi. Mas., M.SHayxzodaning “Mirzo Ulug’byek” tragyediyasida Ulug’byekning taxtdan kyechishi va oxirgi farmonni byerishi yoki Uyg’unning “Imon” dramasidagi haqiqat oshkor bo‘lgan sahnani K.ga misol qilib ko‘rsatish mumkin. K. tyermini antik davrlarda ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib, hozirgi adabiyotshunoslikda qo‘llanishi jihatidan passiv hisoblanadi. ob’yekt-adryesat uchligidagi adryesatning ahamiyati yanada ortadi. KIRITMA HIKOYA – voqyeaband syujyetli asar tarkibiga kiritilgan mustaqil hikoya. K.h., odatda, asar syujyeti bilan byevosita bog’lanmaydi, o‘zining mustaqil syujyetiga ega bo‘lib, asar butunligiga mazmuniy jihatdan bog’lanadi va badiiy konsyepsiyani ifodalashga xizmat qiladiki, shu jihatlari bilan u mohiyatan gap tarkibidagi kiritma konstruksiyalarga o‘xshashdir. Mas., “O‘tgan kunlar”dagi usta Olim hikoyasi roman asosiy syujyetiga byevosita bog’liq emas: u bosh qahramon bilan tasodifan uchrashib qolgan kishining hikoyasi sifatida byeriladi. Lyekin ayni shu hikoya asarda bir qator badiiy-estyetik funksiyalarni bajaradi: Otabyek bilan usta Olimni qalban yaqinlashtiradi, ularning qiyomatlik do‘st bo‘lib qolishini asoslaydi; Otabyek shu do‘stlik tufayli dushmanini taniydi, g’animlari ryejasidan voqif bo‘ladi – ya’ni K.h. bilvosita syujyetning kyeyingi rivojini asoslaydi; adibga ikki tipdagi odam (yangicha fikrlaydigan Otabyek va eskicha fikrlaydigan usta Olim)ni qiyoslash va shu asosda o‘zining badiiy falsafasini yanada yorqin ifodalash imkonini byeradi. YOzuvchining olam, odam va zamon konsyepsiyasi – badiiy falsafasini shakllantirish va ifodalashda K.h. nyechog’li muhim unsur ekani “Asrga tatigulik kun” (CH.Aytmatov) romani misolida yaqqol ko‘rinadi. Romanga kiritilgan “Nayman ona hikoyasi” adibga asar yozilgan davrda o‘ta dolzarblashgan manqurtlik fojiasi, CHingizxon hayotidan naql etuvchi “Sario‘zakdagi qatl” hikoyasi chyeklanmagan mustabid tuzum mohiyati va u insoniyatga kyeltirishi mumkin bo‘lgan fojialar, Raymali og’a haqidagi hikoya esa shaxs erki va uning daxlsizligi masalalarini badiiy mushohada etish imkonini byeradi. Asar to‘qimasiga singdirib yuborilgan mazkur K.h.lar asosiy syujyet voqyealari bilan yaxlit mazmuniy butunlikni tashkil qiladi va ayni shu butunlik adibning olam, odam va zamon haqidagi badiiy konsyepsiyasini ifodalaydi. K.h.lar hajmi, janr xususiyatlariga ko‘ra turlicha (kiritma epizod, rivoyat, afsona, latifa, hikoya, qissa) bo‘lishi, ularning asar strukturasiga kiritilishi turlicha usullar (pyersonaj hikoyasi, birovning qo‘lyozmasi va b.) bilan asoslanishi yoki asosiy syujyetga parallyel tarzda byerib borilishi (mas., U.Hamdam. “Isyon va itoat”) mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling