O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi


Download 0.54 Mb.
bet27/55
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1836702
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org

KOMPARATIVIZM (lot. comparatives – qiyos, qiyosiy) – 1) kyeng va ko‘pchilik tomonidan istifoda etiladigan ma’noda qiyosiy adabiyotshunoslik (q.), adabiyot tarixining milliy adabiyotlar taraqqiyotidagi o‘zaro mushtarak va farqli tomonlar, milliy adabiyotlarning o‘zaro aloqalari va ta’siri masalalarini o‘rganuvchi bo‘limi; 2) tor ma’noda qiyosiy adabiyotshunoslikning shakllanish davridagi bir bosqich, adabiy faktlardagi tashqi o‘xshashliklarni (tarixiy shart-sharoit, adabiy an’ana, ijodkor dunyoqarashi, uslubi kabi kontyekstlar bilan bog’lamagan holda) qiyoslash bilan chyeklanilgan davr.
KO‘RINISH – dramatik asarning eng kichik tarkibiy qismi. Odatda, pardalar K.larga bo‘linib, ular shu sahna epizodidagi ishtirokchilar tarkibi bilan byelgilanadi; K.lar bir-biridan pyersonajlardan birining sahnadan kyetishi yoki boshqa pyersonajning kyelib qo‘shilishi bilan ajratiladi. Antik Rim adabiyotidayoq dramatik asar matnida K.lar alohida ajratilib, raqamlab ko‘rsatilgan. Dramaturgiyada uzoq vaqt hukm surgan bu an’anadan XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan chyekinila boshlangan. Hozirda ham dramatik asarda parda ichidagi K.lar farqlanib turadi, lyekin matnda buni doim ham ta’kidlab, alohida ajratib ko‘rsatish shart qilinmaydi.
KO‘CHIM, trop – so‘zning odatiy ma’nosidan o‘zga ma’noda qo‘llanishi, muayyan badiiy-estyetik maqsadni ko‘zlagan holda voqye bo‘luvchi syemantik sathdagi normadan og’ish. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar trop dyegan umumiy nom bilan ham yuritiladi. Ma’no ko‘chishining asosiga tayangan holda, K.ning myetafora, myetonimiya, sinyekdoxa, kinoya, pyerifraza, allyegoriya (majoz), ramz (simvol) kabi bir qator ko‘rinishlari ajratiladi. Aytish kyerakki, K.ning turlari adabiyotshunoslikka oid manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, ba’zan K.lar sirasiga epityet, oksimoron, litota, mubolag’a kabilarni ham qo‘shish hollariga duch kyelish mumkin. Albatta, bunday qilishga asos byera oladigan ayrim misollar borligi, umuman, bu vositalarda ham K.ga yaqin xususiyatlar kuzatilishi bor gap. Lyekin K. dyeganda, badiiy matnda muayyan bir asosga (narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlik, aloqadorlik, vazifadoshlik va h. jihatidan mushtaraklikka) tayangan holda so‘z(ba’zan birikma)ning o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llanishini tushunish kyerakki, shunda chalkashliklar o‘z-o‘zidan barham topadi. Badiiy asarda qo‘llaniluvchi K.lar o‘zlarining ishlatilish ko‘lami, badiiy bo‘yoqdorligi, ta’sirdorlik darajasi kabi jihatlariga ko‘ra bir-biridan jiddiy farqlanadi: a) ularning bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ulgurgan. Mas., “kun botdi”, “soat yuryapti” kabi birikmalarda so‘z ma’nosi ko‘chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada ko‘nikib kyetganmizki, hozirda ularga K. sifatida qaramaymiz ham. Badiiy asar matnida mazkur K.lar qo‘llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estyetik maqsad bilan syemantik sathda og’ishga yo‘l qo‘ygan, dyeya olmaymiz, zyero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda olingan va matnda estyetik funksiya bajarmaydi. Dyemak, ularni badiiyat hodisasi sifatida tushunib bo‘lmaydi; b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kyelayotgan K.lar ham ko‘p uchraydi. Mas., “shakar lab”, “gul yuz”, “bulbul”, “sarv qomat”, “qoshi kamon”, “nargis ko‘z” va hokazo. Bu xil K. lar ham yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq, ulardan farqli o‘laroq, matnda estyetik funksiya ham bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi. SHunga qaramay, ularning qabul qilinishida ko‘nikib qolganlik oqibatida hosil bo‘lgan “avtomatizm” kuzatiladiki, bu ularning estyetik ta’sir kuchini susaytiradi; v) badiiy-estyetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matndagina ko‘chma ma’noda qo‘llangan, muallifning assosiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq dunyoga kyelgan K.lar alohida o‘rin tutadi. Ularni shartli ravishda “xususiy muallif ko‘chimlari” dyeb atashimiz mumkin. SHu xildagi K.largina yozuvchining muayyan badiiy-estyetik maqsadni ko‘zlab yo‘l qo‘ygan syemantik sathdagi og’ishi natijasidirki, badiiy til mahorati xususida gap borganda, avvalo, shu xil K.larni e’tiborga olish lozim.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling