O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi


Download 0.54 Mb.
bet30/55
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1836702
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org

MOTIVIROVKA (fr. motiver – asoslash, dalillash) – adabiy asarda tasvirlanayotgan voqyea-hodisalar, pyersonajlarning xatti-harakatlari, his-tuyg’u va gap-so‘zlarini badiiy asoslash. Adabiyot taraqqiyotining ilk bosqichlarida M.ning zarurati bo‘lmagan, unda muayyan hodisalar, qahramonlar taqdiridagi burilishlar, konkryet hayotiy holat va sh.k.lar ilohiy, g’ayritabiiy kuchlar aralashuvi bilan izohlangan. Ryealistik tyendyensiyalarning kuchayib borishi bilan adabiyotda M.ning ahamiyati ham ortib borgan. Dunyoni badiiy idrok etish va tushuntirishga intilgan ryealistik adabiyotda M. hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: ryealistik asardagi har bir voqyea, pyersonajlar xatti-harakati, his-tuyg’u yoki gap-so‘zlari badiiy asoslanadi, ya’ni o‘zining ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-psixologik va sh.k. omillariga ega bo‘ladi va shu bois ularni mantiqan izohlash mumkin. Mas., CHo‘lpon “Qor qo‘ynida lola” hikoyasida Samandar akaning Eshon sovchilariga “Bir qizimiz bo‘lsa, hazrat eshonimizg’a tutdik...” dyeya javob byerishini puxta dalillashga intiladi. Buning uchun avval muallif xaraktyeristikasida “ot chiqarg’on savdogar” Samandar akaning singani va eshonga qo‘l byerib, “so‘fi bo‘lib qolg’on”i, ya’ni pyersonaj hayotidagi burilish, omadsizlik unga kuchli ruhiy ta’sir qilgani aytiladi. Kyeyin “eshonnikida katta va qizg’in zikr bo‘lgan”i, nazr-niyoz byerish marosimida Samandar aka o‘zi tushib qolgan ahvoldan nyechog’li ezilgani, shu asno so‘fining “Ha, boy aka, nazrdan darak bormi?” dyeya tagdor mazaxlashidan og’ringan nafs to‘lg’onishlari, alamli o‘ylari tasvirlanadi. Nihoyat, uyiga qaytib, eshondan sovchilar kyelganini eshitadi va “Bir qizimiz bo‘lsa, hazrat eshonimizg’a tutdik...” dyegan qarorini byeradi. Mazkur qaror qator omillar asosida yetilgan, yozuvchi ularni ochib byeradi, ya’ni sabab-natija aloqalari asosida badiiy asoslaydi va shu tufayli o‘quvchi pyersonaj ayni sharoitda xuddi shunday qarorga kyelishiga ishonadi. Bundan ko‘rinadiki, M. asar butunligida amalga oshadi, buni his qilish uchun esa asardagi hyech bir unsurni e’tibordan chyetda qoldirmaslik talab etiladi. Zyero, ryealistik asarda qator kompozision unsurlar, usul va vositalar (dyetallar, muallif xaraktyeristikasi, pyersonajning oldingi tarixi, ryetrospyeksiya va sh.k.) o‘zining byevosita funksiyasi bilan bir qatorda, badiiy dalillashga ham xizmat qilavyeradi. Kyeyingi davr adabiyotida, xususan, modyernistik yo‘nalishdagi asarlarda M. o‘zining mavqyeini yo‘qotgan. Ularda g’ayrioddiy (q. syurryealizm), sabab-natija tarzidagi ichki aloqaga ega bo‘lmagan voqyea va holatlar (mas., absurd adabiyoti), pyersonajlarning doim ham mantiqan izohlab bo‘lmaydigan kutilmagan xatti-harakatlari, tabiiy kyechayotgan tizginsiz o‘y-hislari (q. ong oqimi)ni tasvirlash odatiy hol hisoblanadi.
MUALLIF (ar. ???? – tuzuvchi, tartib byeruvchi) – adabiy asarni yaratgan odam, avtor tyerminiga sinonim sifatida ishlatiladi. Zamonaviy adabiyotshunoslikda biografik M. bilan badiiy matnda namoyon bo‘luvchi M. (q. muallif obrazi) farqlanadi. Biografik M. – ryeal hayotda mavjud bo‘lgan, muayyan asarning yaratuvchisi, unga nisbatan mualliflik huquqiga ega bo‘la oladigan shaxs. Hozirgi vaqtda biografik M. faoliyati bilan bog’liq ravishda mualliflik huquqi, mualliflik shartnomasi, muallif qo‘lyozmasi, mualliflashtirilgan matn, muallif tarjimasi kabi qator tushunchalar amaliyotda faol ishlatiladi. Holbuki, M. tushunchasi so‘z san’atining ilk bosqichlarida – xalq og’zaki ijodida bo‘lmagan; adabiyot taraqqiyoti davomida, badiiy tafakkur rivojida alohida ijodkor shaxs roli, uning ijodiy tajribalari nyechog’li muhim ekanligi anglanib borilishi barobaridadada M. tushunchasi ham qaror topib, tobora katta ahamiyat kasb etib borgan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling