O‘zbek qissalari poetikasi O‘zbekiston respublikasi
Download 0.54 Mb.
|
O‘zbek qissalari poetikasi-hozir.org
MUALLIF OBRAZI – badiiy asar matnida anglashilib turuvchi muallif shaxsi. Muallif shaxsi asar badiiy voqyeligiga singib kyetadi, chunki badiiy voqyelik ijodkor tomonidan ko‘rilgan va idyeal asosida ijodiy qayta yaratilgan voqyelikdir. M.o.ning namoyon bo‘lishi konkryet asarning turga mansubligi, janr xususiyatlari bilan bog’liq. Mas., dramatik asarda M.o. yo‘qdyek, lyekin unda tasvirlanayotgan voqyeani tanlagan, uni u yoki bu tarzda tasvirlagan muallifning qarashi, nuqtai nazari, badiiy konsyepsiyasi baribir anglashilib turavyeradi. Lirik asarlarda esa his-tuyg’ular ko‘proq “myen” tilidan ifoda etilgani uchun lirik sub’yektni shoir dyeb bilishga moyilmiz. Holbuki, garchi kyechinmalar “myen” tilidan byerilayotan bo‘lsa ham, lirik sub’yekt hammavaqt shoirning o‘zi bo‘lmaydi. YOki ijroviy lirika namunalarida shoir rolini ijro etayotgan shaxsga evriladi, uning tilidan “myen” shaklida gapiradi (mas., A.Oripov. “Hamza”). SHunga o‘xshash, rivoya “myen” tilidan olib borilgan epik asarlardagi roviy-muallif ham biografik muallifga tyeng emas. Boshqacha aytsak, asardagi M.o.ga biografik muallifning ko‘p jihatlari singgani holda, ular orasida ma’lum darajadagi prototip – badiiy obraz munosabati mavjud. Zyero, badiiy asarda biografik muallif idyeal olamida yashagan ijod onlaridagi byetakror ma’naviy-ruhiy holat, uning shu vaqt mobaynida tasavvurdagi o‘quvchisi bilan muloqoti aks etgandir. SHunga ko‘ra, ryeal muallif biografiyasi asarni tushunish uchun to‘g’ridan-to‘g’ri “kalit” emas, balki o‘sha byetakror ma’naviy-ruhiy holatni his etishimiz uchun asosdir. Ikkinchi tomondan, M.o. asardagi badiiy voqyelikni yaxlitlashtiruvchi kompozision asos sifatida ham muhim: o‘quvchi badiiy voqyelikni muallif orqali “ko‘radi”, “eshitadi”, “his qiladi”. Nihoyat, M.o. badiiy konsyepsiya nuqtai nazaridan ham muhim: muallifning tasvir pryedmyetiga g’oyaviy-hissiy munosabati asarning o‘quvchi tomonidan muayyan yo‘nalishda tushunilishini boshqaradi. Bular bari M.o. adabiyotshunoslikdagi muhim ilmiy katyegoriyalardan biri ekanini ko‘rsatadi. SHunga qaramay, XX asr o‘rtalaridan boshlab G’arb adabiyotshunosligida “muallif o‘limi” konsyepsiyasi paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, badiiy ijodda sub’yektivlik izlari yo‘qoladi va sub’yektdan mosuvo bo‘lgan matngina qoladi. Mazkur konsyepsiyaga qo‘shilish shu jihatdan qiyinki, adabiy asar – nutq hodisasi, nutq esa sub’yektdan mosuvo bo‘lolmaydi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling