Maktabimiz ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashmasi fan oyligini o’tkazish yuzasidan oylik tadbir rejasini tuzdi,belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi va maktab rahbari tomonidan tasdiqlandi


Download 16.31 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi16.31 Kb.
#1791926
Bog'liq
Parkent tumani 22


Parkent tumani 22- umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashmasi va fan o'qituvchilarining ,,Ona tili va adabiyot''fan oyligi davomida davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan
Hisobot
Maktabimiz ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashmasi fan oyligini o’tkazish yuzasidan oylik tadbir rejasini tuzdi,belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi va maktab rahbari tomonidan tasdiqlandi.Fan oyligi boshlanishi bilan fan oyligi burchagi tashkil etildi va o’quvchilar fan oyligida bajariladigan rejalar bilan tanishtirildi.[RASM]
Fan oyligi Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari bilan boshlandi, fan oyligining ochilish tadbiriga ulanib ketdi.3.10. da 5-‘’A’’ va 7-‘’E’’ sinflar o’tkazgan ‘’Aziz ustozlar’’ nomli tadbir hammaga bayramona kayfiyat ulashdi,ustozlarni madh etuvchi she’r,qo’shiq,raqslar bir-biriga ulanib ketdi.[RASM]
‘’Dunyoda bo’lmasa muallim agar…’’nomli gazetalar tanlovi tashkil qilindi.3-5.10.da bo’lib o’tgan bu tanlovda 5-7-sinflar o’zlarining mazmunli,rang-barang gazetalarini chiqarishdi va bu tanlovda 5-‘’D’’sinf o’quvchilari chiqargan gazeta mazmunli deb topildi, g’oliblikni qo’lga kiritishdi.[RASM]
5-7- sinf o’quvchilari o’rtasida ‘’Husnixatim- xush xatim’’-yozuvlar tanlovi bo’lib o’tdi.Ushbu tanlovda o’quvchilar qiziqish bilan ishtirok etishdi.Tanlov natijalari sinflar kesimida ko’rib chiqidi va g’oliblar aniqlandi.Ular :5-‘’A’’sinf o’quvchilari Ma’murova Muxlisa,Mirsobitova Lola, Tursunxo’jayeva Muslima,5-‘’B’’sinf o’quvchisi Niyozov Javohir,6-‘’B’’sinf o’quvchilari Rahimqulov Sanjarbek,Ayniddinova Ziyoda,7- ‘’B’’ sinf o’quvchisi Ozodova Diyoralardir.[RASM]
10.-15.10. kunlari fan o’qituvchilari ona tili fanidan ochiq darslar tashkil etishdi.Jumladan,G.Sulltonova 8-‘’A’’sinfda ‘’Kishilik olmoshlari’’mavzusida ,V.Anarboyeva 6-‘’B’’sinfda ‘’Mustaqil so’z turkumlari’’ mavzusida, R.Abduqodirov 11-‘’A’’sinfda ‘’Nutqning boyligi’’mavzusida ochiq darslar o’tishdi.[RASM]
Rejaga ko’ra ,oktyabr oyida tug’ilgan adiblar hayoti va ijodi yoritilgan ‘’Eng yaxshi taqdimot’’-gazetalar tanlovi tashkil etildi.Shoir-yozuvchilar faoliyati mazmunli yoritilgan va bezatilgan gazetalar orasida 6-‘’A’’sinfning ishi g’olib deb topildi.[RASM]
Adabiyot fanidan tashkil etilgan ochiq darslar[17.10-22.10.]ham namunali deb topildi.Jumladan,M.Abduqodirovaning 5-sinfda o’tgan ‘’H.Olimjonning’’Ougul bilan Baxtiyor’’ertak-dostoni’’ mavzusidagi, G.Pirmatovaning 6-‘’D’’ sinfida o’tgan ‘’O’.Hoshimovning ‘’Eng og’ir gunoh’’ hikoyasi’’ mavzusidagi,G.Hikmatovaning 7-‘’E’sinfida o’tkazilgan ‘’E.Xemingueyning’’Chol va dengiz’’ asari tahlili’’ mavzularidagi darslari jonli va rang-barang bo’ldi.[RASM]
Shuningdek,5-7- sinflar o’rtasida ‘’Teatr-ibratxona’’mavzusi ostida sahna ko’rinishlari tanlovi bo’lib o’tdi.O’quvchilar bir-biridan ajoyib sahna ko’rinishlari namoyish etishdi.Jumladan, 6- sinflar X.To’xtaboyevning ‘’Sariq devni minib’’asaridan, 7-sinflar P.Qodirovning ‘’Yulduzli tunlar’’asaridan, 5- sinflar ‘’Uch og’a-ini botirlar’’,’’Baliq nega kuldi?”,”Tulki va quyon”,”Baliqchi va baliq haqida ertak” ertaklari asosida parchalar namoyish etishdi va 5-“D”sinf o’quvchilari tayyorlagan”Baliqchi va baliq haqida ertak” sahnasi ,ijrosi g’olib deb topildi.[RASM]
Fan oyligi doirasida o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 33yilligi munosabati bilan ham tadbir,tanlovlar o’tkazildi.”O’ZBEK TILIM-IFTIXORIM”mavzusida esselar tanlovi o’tkazildi.Bunda 11-sinf o’quvchisi Madina Ismatullayeva,10-sinf o’quvchisi Fazilat Abdubositova,9-sinf o’quvchisi Shahzoda Niyozovalar g’olib bo’lishdi.
G.Pirmatovaning”Ona tilim-o’zligim” nomli,V.Anarboyevaning “Til- millat ko’zgusi”,M.Abduqodirovaning “Qadring baland bo’lsin,ona tilim” nomli bayram tadbirlari ko’tarinki ruhda tashkil etildi.Til bayrami davra suhbatiga ulanib ketdi.Suhbatda O’DJTU katta o’qituvchisi ona tili –adabiyot fanlari ustozi Azim Qoraboyev va shu oliygoh bitiruvchisi ,futbol bo’yicha nogironlar o’rtasida jahon chempioni Qudrat To’raxo’jayevlar o’quvchilarga hayotiy motivatsiyalar berishdi.[RASM]
Fan oyligi ajoyib tadbirlarga boy bo’ldi.”Yosh kitobxon”[5-8-sinf]tanlovi MFY yetakchilari bilan hamkorlikda o’tkazildi.Tanlovda faol qatnashgan 5-“A”sinf o’quvchisi Qayumova Xadichabonu tumanda ham 2-o’rin sohibi bo’ldi.[RASM]
“Adabiyot zakiylari” bellashuvi 9-10-sinflar o’rtasida o’tkazildi.Guruhlar o’zaro 4 shart bo’yicha bellashdilar.Adabiyot fani bo’yicha bilimlar bahsi bo’ldi va durang natija ko’rsatishdi.Bellashuv “Zakovat”bahslariga ulanib ketdi.[RASM]
Fan oyligi davomida mushoira,radioeshittirishlar,videoroliklar tanlovlari ham bo’ldi.Ona tilimizni sharaflab tayyorlangan videoroliklar orasidan 7- sinf o’quvchilari Robiya Abdurazzoqova va Gulnoza Abdumavlonovalar ijodiy ishlari a’lo deb topildi.O’qituvchilar tomonidan ham she’riy videochellenj tayyorlandi.31.10.da fan oyligi yakuniy tadbiri bo’lib o’tdi,unda oylik davomida faol qatnashgan g’olib sinf va o’quvchilar taqdirlandilar.
Fan oyligi o’quvchilar bilimini rivojlantirish,ijodkorligini takomillashtirish,sog’lom raqobatni shakllantirish,asosiysi,fanimizga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

Maktab direktori: Sh.E.Sherov.


Metodbirlashma rahbari: M.Abduqodirova
Download 16.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling