Aruz tizimida asosiy 19 bahr mavjud
Aruzda 3 ta Hijo bor
Cho’ziq
Qisqa
O’rta cho’ziq
Aruz tizimida asosiy 19 bahr mavjud - Aruz dastlab muomalaga kirgan ilk davrlarda yozilgan "Yusuf Hos Hojibning "Qutadg'u bilig " asari Shohnoma vaznida "mutaqorib " bahrida yozilgan .Yusuf Hos Hojibning ayan shu o'lchovni tanlashiga sabablaridan biri mutaqorib bahrining turkiy xalqlar she'riy tizimi - barmoqning eng faol shakllaridan biri bo'lgan o'n bir bo'g'inli vaznga juda uyg'un ekanligi keltirish mumkin.
- Adib A.Yugnakiyning Hibbat -ul Haqoyiq asarida ushbu o'lchov to'rtliklar shaklida ifoda etilgan.
Mezon ul-avzon asari haqida - "Mezon ul-avzon". Adabiyot nazariyasi, xususan aruz ilmi aruz masalalariga bag'ishlangan "Mezon ul-avzon" (vaznlar o'lchovi) o'zbek adabiyotshunosligi tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan ilmiy risoladir. To'g'ri, Alisher Navoiyning mazkur risolasi yaratilgunga qadar va uning zamonasida ham arab, fors-tojik hamda o'zbek tillarida mazkur masalaga oid risolalar yozilgan edi. Jumladan, Xalil ibn Ahmadning arab tilidagi "Kitob ul-ayn", Shamsiddin Qays Roziy "Al mo"jam "ining bir qismi, Abdurahmon Jomiy, Sayfiy Buxoriylarning fors-tojik tilidagi "Aruz" risolalari, Shayx Ahmad Taroziy qalamiga mansub o'zbek tilidagi "Funun al-balog'a" asarining bir qismi va boshqalar.
- Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon"i esa bu risolalardan o'zining ko'pgina fazilatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, risola faqat aruz ilmiga bag'ishlanib, o'zbek tilida yozilgan; ikkinchidan, aruz ilmi turkiy sheriyat asosida talqin qilingan; uchinchidan esa, Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: "Chunul hazratning (Sulton Husayn Boyqaro) muborak xotirlari she'r buhuru avzonig'a va nazm qavoidu mezonig'a mumcha moyil erdi aruz fanidan bu muxtasar sabt bo'ldi va anga "Mezon ul-avzon" ot qo'yuldi va necha qoidau doira va vaznkim, hech aruzda, misli fan vozei Xalil ibn Ahmad va ilm ustodi Shams Qays kutubida va Xoja Nosir Tusiyning "Meyor ul-ashor" ida, balki hazrati Maxdumiy navvara marqaduhi nuran (Abdurahmon Jomiy) "Aruz"larida yo'q erdikim, bu faqir bu fan usulidin istixroj qilib erdikim, bu kitobg'a izofa qildim" [16-tom, (44-45).
Do'stlaringiz bilan baham: |