O‘zbek she’riyatida poetik obraz. Ayimbetova G
Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati
Download 401,19 Kb. Pdf ko'rish
|
ayimbetovaa
Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati. Tadqiqot xulosalari zamonaviy o‘zbek
she’riyatining bugungi holatini tasavvur etish, poetik obraz yaratishdagi yangi shakliy izlanishlarning ta’siri va imkoniyatlarini anglash, shu jumladan hozirgi o‘zbek modern she’riyati bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini olib 9 borish, Shavkat Rahmon ijodiga tegishli maxsus seminarlar o‘tkazishda foydalanish, istiqlol davri shoirlari ijodining umuman o‘zbek she’riyati rivojida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish va ijodkor badiiy mahoratini ilmiy tasavvur qilishga yordam beradi. Tadqiqot natijalaridan o‘zbek adabiy tanqidchiligida, istiqlol she’riyatiga tegishli maxsus seminarlar o‘tkazishda foydalanish mumkin. Tadqiqotning metodologik asoslari. Magistrlik dissertatsiyaning metodologik asosini, asosan g‘oyaviy nuqti nazardan Prezidentimiz Islom Karimovning ma’naviy mafkuraviy fikrlariga, ilmiy nazariy jihatdan o‘zbek adabiyotshunos olimlaridan Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Ibrohim G‘ofurov, No‘monjon Rahimjonov, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Ulug‘bek Hamdamlarning ilmiy qarashlariga murojaat qilindi. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi. «O‘zbek she’riyatida poetik obraz yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari” deya nomlangan ushbu mavzu, avvalo, masalaning yangi tarzda birinchi marta qo‘yilganligi, tadqiqot asosida 1990-2000 yillar she’riyati turganligi bilan yangilikdir. Magistrlik dissertatsiyada o‘zbek she’riyatida fikrning yangilanishi, poetik obraz yaratish, she’riyatda inson obrazining aks etishi, obrazning ijtimoiy, falsafiy ma’no qirralari tadqiq etiladi. Istiqlol yillarida o‘zbek modern she’riyatining o‘zbek badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni asoslab berilgan va ilmiy tahlilga tortilgan. Download 401,19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling