O‘zbek shevalaringing sintaksisi


Download 334.58 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi334.58 Kb.
#1517348
1   2   3   4
Bog'liq
Dialektalogiya

Dialektal nutqning namunalarini o‘rganish orqali o‘zbek shevalari va dialektaklarining sintaktik xususiyatlarini yori­tib berish mumkin bo‘ladi. Hozirgi kunda sheva va dialekt­larning sintaktik holatlarini o‘rganish ham juda katta ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Mavjud monografik tavsif va tadqi­qotlarda sintaksis qismining bo‘lmasligi, birinchidan, ushbu soha traditsiya holatida o‘rganilmaganligi bilan, ikkinchidan, sintaktik tahlilning nihoyat darajada qiyinligi izohlanadi. Sheva va dialektlarning sintaktik xususiyatlari har xil janrdagi jonli nutqlarni uzoq muddatli kuzatish natijasida to‘plangan faktik materiallar asosida yoritib berilishi kerak.

O‘zbek shevalarining sintaktik xususiyatlarini, albatta, ajratib olingan ma’lum bir hudud doirasida M.Mirzayev, F.Abdullayev, Yu.Ju-manazarov, A.Aliyev, B.O‘rinboyev, M.Turopova, X.Jo‘rayevlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida o‘rganishga harakat qilishgan.

O‘zbek shevalarining sintaktik xususiyatlarini, albatta, ajratib olingan ma’lum bir hudud doirasida M.Mirzayev, F.Abdullayev, Yu.Ju-manazarov, A.Aliyev, B.O‘rinboyev, M.Turopova, X.Jo‘rayevlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida o‘rganishga harakat qilishgan.


Gap bo‘laklari shevalararo har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Buxoro guruh shevalarda gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalansa, ega bilan shaxs-sonda moslashmaydi, bunda sifatdosh predikativlik (kesimlilik) qo‘shimchasiga ega bo‘lmaydi: Man kelgan, ’shlagan.; San kelgan, ’shlagan. holati yoritilsa, F.Abdullayev tomonidan kesimning 8 xil holatda ifodalanishi ko‘rsatiladi (kesimning 8 xil holatda ifodalanishi ko‘rsatiladi):
1. Fe’l kesim bo‘ladi: Ia:ra ayto‘n, oye g‘rsn. (Qo‘shiq)
2. Yoq, bar so‘zlari kesim bo‘lib keladi: Mənda ba:, sənda yoq.
3. Sifat kesim bo‘ladi: Baqiraq dyen bolg‘an’ yaxsh’, baqirib durg‘an’ xunnanam yəxsh’.
4. Olmosh kesim bo‘ladi: Gelyat’rg‘an yarn’ uz, ya:d’ndəkan bərgen soz.
5. Son kesim bo‘ladi: Ikk’ onbesh - br ottz (maqol).
6. Infinitiv kesim bo‘ladi: Maxsatm oqimaq.
7. Ish oti kesim: Br geryən blsh, ikk geryən - dan’sh.
8. Ravish kesim bo‘ladi: Deyxan deyxannən besh gun soң.

Download 334.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling