O‘zbek shevalaringing sintaksisi


Download 334.58 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi334.58 Kb.
#1517348
  1   2   3   4
Bog'liq
Dialektalogiya

Òzbek shevalaringing sintaksisi

Tayyorladi: Xudoynazarova Mohida

Qabul qildi: Ibragimova Zamira

Rejа:

  • 1. So‘zlashuv nutqining mukammal o‘rganilmaganligi.
  • O‘zbek shevalari sintaksisining o‘rganilishi.
  • Shevalarda ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, holning prof. F.Abdullayev tomonidan tadqiq qilinishi

. So‘zlashuv nutqining mukammal o‘rganilmaganligi.

  • Til odamlar orasida fikr olishuv vositasi bo‘lsa, nutq esa shu fikr olishuv vositasining ro‘yobga chiqish va til materiallaridan foydalanish jarayonidir. Fikr olishuv esa nutqning ilmiy, badiiy va o‘zaro so‘zlashuv uslublari orqali voqe bo‘ladi. O‘zaro so‘zlashuv nutqining adabiy uslubi va mahalliy hududlarga xos formalari mavjud.
  • O‘zbek tilshunosligida mahalliy hududlardagi aholi nutqtining fonetik, morfologik va leksik tomonlari ozmi-ko‘pmi tekshirilgan. Ammo so‘zlashuv nutqining mahalliy sharoitga xos bo‘lgan formalari bilan adabiy og‘zaki formasining o‘zaro aloqasi, ular orasidagi farqlar atroflicha o‘rganilmagan. Bu masala rus tilshunosligida akademik V.V.Vinogradov tomonidan o‘rganilgan: nutqning og‘zaki formasi o‘ziga xos uslubga ega bulishini qayd qilganida rus tilining o‘zaro so‘zlashuv formasini e’tiborga olgan .

Dialektal nutqda mahalliy odamlarga xos pauza, intonatsiya, turli ifoda vositalari hamda undan mahalliy odamlarning tushunishiga oid bo‘lgan doiraga taqlid qilish ham namoyon bo‘ladi. Unda savol beriladi, javob olinadi, ortiqcha replika bo‘lmaydi, o‘rniga qarab replika, pauza, davra ham sharoitga moslashib qisqa bo‘ladi.
Dialektal nutqda maxsus tayyorgarlik bo‘lmaydi, nutq bunda dialogga asoslangani uchun so‘zlovchi ma’lum erkinlikka asoslanib gapiradi. Nutq to‘liqsiz gap formasida tarixiy ravishda namoyon bo‘ladi, unda ifodalalilik, ekspressivlik, intonatsion tugallik mavjud bo‘ladi.

Dialektal nutqning namunalarini o‘rganish orqali o‘zbek shevalari va dialektaklarining sintaktik xususiyatlarini yori­tib berish mumkin bo‘ladi. Hozirgi kunda sheva va dialekt­larning sintaktik holatlarini o‘rganish ham juda katta ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Mavjud monografik tavsif va tadqi­qotlarda sintaksis qismining bo‘lmasligi, birinchidan, ushbu soha traditsiya holatida o‘rganilmaganligi bilan, ikkinchidan, sintaktik tahlilning nihoyat darajada qiyinligi izohlanadi. Sheva va dialektlarning sintaktik xususiyatlari har xil janrdagi jonli nutqlarni uzoq muddatli kuzatish natijasida to‘plangan faktik materiallar asosida yoritib berilishi kerak.


Download 334.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling