1 – kartochka
Morfemika, morfemalar tarkibidagi o‘zgarishlar.
Affiksatsiya usuli bilan shaxs otlarning yasalishi.
Morfologik tahlil: Kampir apil – tapil o‘rnidan turib
tokchadan ko‘zoynagini oldi. (S.Ahmad)
|
2 – kartochka
Son so‘z turkumi, miqdor (sanoq, chama, jamlovchi, taqsim va kasr) sonlar, ularning
shakl yasalishi.
Sifat so‘z turkumi, asliy va nisbiy sifatlar, sifatlarning ma’no turlari.
Morfemik va so‘z yasalish tahlili: ko‘rpacha, tinchlik, bosqich, serhosil, odamgarchilik, xushmanzara, radiolashtirish, mahsuldorlik, o‘lkashunoslarimizga, vafodorroq, birinchilik.
3 – kartochka
Ot yasalishi (affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan narsa-qurol otlarning yasalishi).
Sifat darajalari, sifatning otlashishi.
Morfologik tahlil: Bilimlar orta borishi bilan tasavvur kuchi ham zo‘raya boradi.(K.Paustovskiy).
4 – kartochka
Morfemika, o‘zak va affiksal morfemalar, bu haqda tilshunoslarning munosabatiaffiksal morfemalarning turlari.
Faqat birlikda qo‘llangan otlar.
Morfologik tahlil: Yashamoq hamisha to‘xtovsiz olg‘a intilish deganidir.(S.Jonson.)
5 – kartochka
Tartib sonlar, sonlarning otlashishi.
Yuklama, modal ma’no turlari. Yuklamaning modal so‘zlarga o‘xshash va farqli xususiyatlari.
Morfemik, so‘z yasalish, morfologik struktura tahlili: yarashadi,tinmaslik, laganbardorlik, bedapoya, sinfdoshlarimizga, sharsimon, hunarmand, batafsil, ishyoqmaslikka.
Do'stlaringiz bilan baham: |