O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


ta belgili qaratqich, 2 ta belgili tushum


Download 1.1 Mb.
bet114/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

2 ta belgili qaratqich, 2 ta belgili tushum
2 ta belgili va 1 ta belgisiz qaratqich, 1 ta belgili tushum
2 ta belgili qaratqich, 1 ta belgili va 1 ta belgisiz tushum
3 ta belgili qaratqich, 1 ta belgili tushum

  1. Quyida berilgan gapdagi tushum va qaratqich kelishiklari sonini aniqlang. Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog‘i bilan eshitishi, to‘g‘ri yo‘lga targ‘ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko‘ndirishi lozim.

3 ta qaratqich, 5 ta tushum
3 ta qaratqich, 6 ta tushum
1 ta qaratqich, 6 ta tushum
1 ta qaratqich, 5 ta tushum

  1. Qaysi javobda quyida berilgan gaplardagi mehnat so‘zining bajargan vazifasi to‘gri ko‘rsatilgan? 1.Mehnat hayot tomiridagi qondur. 2.Mehnatni hurmatlasak, u bizni e’zozlaydi. 3.Inson mehnat bilan e’zozlanadi. 4.Baxtning kaliti mehnatning cho‘ntagida

1-ega, 2-vositasiz to‘ldiruvchi,3- vositali to‘ldiruvchi, 4-qaratqich aniqlovchi
1-aniqlovchi, 2-vositasiz to‘ldiruvchi,3-ega, 4-aniqlovchi
1-ega, 2-vositali to‘ldiruvchi,3- vositasiz to‘ldiruvchi, 4-aniqlovchi
1-ega, 2-vositali to‘ldiruvchi,3-ega, 4-qaratqich aniqlovchi

  1. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi orttirma nisbat olgan so‘z haqidagi to‘g‘ri hukmlar berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.

Orttirma nisbat qo‘shimchasi sodda yasama so‘zga qo‘shilgan.
Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z sifatdosh shaklida kelgan
Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z gapda kesim bo‘lib kelgan.
Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zning yasalish asosi undov so‘zdir.

  1. Olmoshlar haqida berilgan to‘g‘ri hukmlarni aniqlang? 1) alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlariga va narsa so‘ziga qo‘shilib, ularga gumon ma’nosini yuklaydi; 2) –dir qo‘shimchasi ot kesim vazifasini bajargan nima olmoshiga qo‘shilsa, so‘roq olmoshi tarkibida keladi; 3)-dir qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari va narsa so‘ziga qo‘shilib, ularga gumon ma’nosini yuklaydi; 4)Olmoshlardan sifat, ravish, fe’l kabi so‘z turkumlarini hosil qilish mumkin. 5) Olmoshlar sodda yasama so‘zlar turkumlari yasalishi uchun yasovchi qism vazifasini bajara oladi.

1,2, 4
1, 2,3,4,5
1,4,5,
1,2,4,5

  1. Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajargan gaplar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1.Bu – tushmi, o‘ngmi yoki bir ro‘yo. 2.Bu - o‘quvchi uchun katta sinovdir. 3.Bu kitobni qiziqib o‘qiyman. 4.Buning odam bo‘ladigan emas.

1, 2,4
2, 3
1,2,3,4
1,2,3

  1. Qaysi qatorda olmoshlar faqat to‘ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan?

Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam qilib kitob yozishingiz kerak.
Shuni o‘ziga aytsangiz ham bo‘lar edi.
Men hech kimdan hech narsa talab qilayotganim yo‘q, aksincha sizning talablaringizni bajarmoqchiman.
Sizni bezovta qilmaslik uchun kecha kelmagan edik, buni sizga aytib qo‘ymaganimiz uchun kechirim so‘raymiz.

  1. 1.Nigora yigitga ma`noli qarab gapirdi. 2.Yigit otasiga qarab yura boshladi. 3.Mardon olislarga qarab turardi. Ushbu gaplar tarkibida berilgan qarab so‘zi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?

1-gapda mustaqil fe’l, 2-gapda ko‘makchi, 3-gapda ko‘makchi fe’lni ergashtirib kelgan yetakchi fe’l
1- va 2-gaplarda ko‘makchi, 3-gapda qo‘shma fe’l tarkibida kelgan yetakchi fe’l
1- va 3-gaplarda mustaqil fe`l, 2-gapda ko‘makchi
1-gapda mustaqil fe’l, 2- va 3- gaplarda ko‘makchi

  1. Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi harakat nomi qatnashgan fe’l berilgan?

Abdulla Avloniy yangi zamonaviy o‘qitishni ilmiy asoslab berdi.
Tez kunlarda yangi maktabning ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Abdulla Avloniy o‘z ishini maktab ochishdan boshladi.
Yupatolmas kitob va qalam. Misralarim ko‘tarar nolish.

  1. Berilgan birliklardan qaysilari yasama emas? 1)olib kelmoq, 2)sotib olmoq, 3)javob bermoq 4)sotib yubormoq.

faqat 4
faqat 1
2,4
3,4

  1. Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl podsholar adolat o‘rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotishi lozim. Ushbu gapda nechta yasama fe’l bor?

3ta
2ta
1ta
4ta

  1. 1)xo‘rsindi 2)tirmashdi 3)tortdi 4)ortdi 5)havaslandi 6)taltaytirdi 7)chizildi 8)tinglashdi 9)bo‘lindi 10)tinglandi. Ushbu fe’llardan qaysi biri aniq nisbat shaklini hosil qilmagan?

6,7,8,9,10
2,7,8,9,10
1,2,3,4,5
3,4,7,9,10

  1. 1)tiklatildi 2)achitdi 3)o‘qitishdi 4)uxlatishdi 5)tashlandik 6)ilitildi 7)tashidi 8)tirmashdi. Ushbu so‘zlarning qaysilarida birdan ortiq fe’l nisbatlari qo‘shimchalari qo‘llanmagan?

2,5,7,8
2,5,6,8
1,3,4,6
1,3,6,8

  1. 1)xo‘rsindi 2)tirmashdi 3)tortdi 4)ortdi 5)havaslandi 6)taltaytirdi 7)chizildi 8)tinglashdi 9)bo‘lindi 10)tinglandi. Ushbu fe’llardan qaysi biri aniq nisbat shaklini hosil qilgan?

6,7,8,9,10
2,7,8,9,10
1,2,3,4,5
3,4,7,9,10

  1. 1)tiklatildi 2)achitdi 3)o‘qitishdi 4)uxlatishdi 5)tashlandik 6)ilitildi 7)tashidi 8)tirmashdi. Ushbu so‘zlarning qaysilarida birdan ortiq fe’l nisbatlari qo‘shimchalari qo‘llangan?

2,5,7,8
2,5,6,8
1,3,4,6
1,3,6,8



  1. Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi”dan qutulishning bezarar, oson, arzon, yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yog‘i uch kronaning bahridan kechishga rozi bo‘lganlarning barchasiga yuborishni va`da qilgan. Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping.

8ta
7ta
6ta
9ta

  1. U o‘z fikrlarini jo‘shib, to‘lqinlanib majlis ahliga bayon qildi. Ushbu berilgan gapda nechta so‘z mavjud?

8 ta
6 ta
7 ta
9 ta

  1. O‘zlik nisbatidagi fe'lni toping.

Shaharning ko‘zga ko‘ringan odamlari taklif etilgan.
Mehmonlar kechroq taklif etilgan edi.
Lagan-tovoqning biri-birisiga tekkan tovushini eshitib, Otabek o‘zini ohistagina yo‘lakka oldi.
Ikki qavatli kottejning hovlisi taxta so‘rilar, institut oshxonasidan keltirilgan stol-stullar bilan bezatilgan.

  1. Affiks so‘zi qanday ma’nolarni bildiradi?

birlashtirilgan va biriktirilgan
yopishtirilgan va biriktirilgan
qo‘shilgan va birlashtirilgan
uyushtirilgan va birlashtirilgan

  1. Affiksoidlarni toping.

xona, noma, noma
yasovchi qoshimchalar
shakl yasovchilar
oraliq so‘zlar

  1. Polisemantik qo‘shimchani toping.

- chilik
-shunos
furush
–kor

  1. Analitik yo‘l bilan hosil bo‘lgan so‘zshakllar berilgan qatorni toping.

maktab uchun, kelajak sari
о 'qib chiqdi, borgan ekan
shaharga tomon, daryo yoqalab
baland-baland, kula-kula

  1. Asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi yasama sifatlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

topag‘on, tirishqoq
toparmon, vatanparvar
chopag‘on, uddaburon
unutuvchan, kuyinchak

  1. Quyidagi fe’l birikmalarning qaysilari sintetik-analitik shaklda?

O‘qiyman, bordim, kelyapman;
Aytib-aytib charchadi, chopib-chopib o‘ynadi
bor, kel, o‘qi, yoz, sev, ayt
o 'qib chiqdi, ayta boshladi, borgan ekan

  1. Qaysi qatorda –lan affikisini -la so‘z yasovchi –n nisbat kabi tarkibiy qismlarga bo‘lingan?

afsuslanmoq
lazzatlanmoq
maydalanmoq
shodlanmoq

  1. Otlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelganda ikkilamchi sintaktik vazifani bajaradi?

sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelganda
hol vazifasida kelganda
to‘ldiruvchi vazifasida kelganda
qaratqich aniqlovchi vazifasida kelganda

  1. Морфологик сатҳ бирлиги кўрсатилган қаторни топинг

Сўзшакл
Морфема
Лексема
Fonema

  1. Morfemalarning sintagmatik munosabatidan nima vujudga keladi?

so‘zshakl
morfologik sath
fonema
grammema

  1. Fe’llardagi qaysi kategoriya harakatning subyekt va obyektga bo‘lgan munosabatini ifoda etadi?

nisbat kategoriyasi
mayl kategoriyasi
zamon kategoriyasi
bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi

  1. Fe’llardagi qaysi kategoriya harakat bilan subyekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabatini ifodalaydi?

mayl kategoriyasi
nisbat kategoriyasi
zamon kategoriyasi
bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi

  1. Gaplashmoq, suhbatlashmoq, so‘ramoq, surishtirmoq qanday fe’llar hisoblanadi?

nutqiy undash fe’llari
nutqqa xos baholash fe’llari
nutqiy aloqa fe’llari
axborot anglatish bilan bog‘liq fe’llar



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling