O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Qo‘shimcha morfemalarning turlari


Download 1.1 Mb.
bet4/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

Qo‘shimcha morfemalarning turlari
So‘zning leksik va grammatik ma’nolarini ifodalashiga ko‘ra qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi:
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar;
2. Shakl yasovchi qo‘shimchalar.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar yangi leksik ma’noli so‘z hosil qiladigan qo‘shimchalardir. Masalan, ishla, ishchi, ishchan, ishli, ishsiz kabi so‘zlarda ish o‘zagidan la, -chi, -chan, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalari yordamida ot, sifat, fe’l turkumlariga oid yangi so‘zlar yasalgan. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘llanmaning “So‘z yasalishi” bobida batafsil o‘rganiladi.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar yangi so‘z yasamaydigan, so‘zlarning grammatik formalarini shakllantiradigan va turli grammatik ma’nolarni anglatadigan qo‘shimchalardir. Masalan, talabalarimizning so‘zida –lar, -imiz, -ning qo‘shimchalari, kelmading so‘zida –ma, -di, -ng qo‘shimchalari qatnashgan bo‘lib, ulardagi –lar ko‘plik ma’nosini, -imiz I-shaxs ko‘plik ma’nosini, -ning qaratqich kelishigi ma’nosini, -ma fe’lning inkor ma’nosini, -di fe’lning o‘tgan zamon ma’nosini, -ng fe’lning shaxs-son (II-shaxs) ma’nosini ifodalaydi.
Shakl yasovchi qo‘shimchalardan otlardagi egalik, kelishik fe’llaridagi shaxs-son qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra boshqa shakl yasovchilardan farqlanadi. Ular sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan, Men do‘stimni ko‘rdim gapida so‘zlarning sintaktik munosabati, so‘zlarning o‘zaro bir-biriga bog‘lanishi I-shaxs egalik qo‘shimchasi –im, tushum kelishigining qo‘shimchasi –ni va shaxs-son qo‘shimchasi –m yordamida amalga oshirilgan. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan 3 turli qo‘shimchalarni ba’zi darsliklarda so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar deb yuritib kelinmoqda. Bu uch turli affikslardan boshqa qo‘shimchalar esa sintaktik munosabatni ifodalamaydi. Lekin ulardagi grammatik ma’no so‘zlovchining narsa, hodisa, voqelikka munosabatini aks ettirish asosida yuzaga keladi. Masalan, yigitcha, qo‘zichoq, kelinchak, talabalar, kengroq so‘zlaridagi –cha, -choq, -chak, -lar, -roq, qo‘shimchalari voqelikka bo‘lgan turlicha munosabatlarni ifodalovchi grammatik ma’nolarni bildiradi: -cha, -choq, -chak «erkalash, kichraytirish», -lar ko‘plik, -roq belgi miqdorining kamligi grammatik ma’nolarida kelgan.
Shakl yasovchilar kategorial va nokategorial shakl yasovchi turlariga bo‘lib ham o‘rganiladi.
Kategorial shakl yasovchilar so‘z turkumlaridagi grammatik kategoriyalarga xos shakl yasaydi. Bunday shakl yasovchilarga otlardagi egalik, kelishik, ko‘plik; fe’llardagi zamon, mayl, nisbat, shaxs-son; sifatlardagi daraja shakllarini yasovchi qo‘shimchalar kiradi.
Nokategorial shakl yasovchilar grammatik kategoriyalarga xos bo‘lmagan grammatik shakllarni yasaydi. Bularga otlardagi erkalash, kichraytirish (kitobcha, toychoq, bo‘taloq, kelinchak); fe’llardagi sifatdosh (o‘qigan), ravishdosh (o‘qib, yugurib) shakllarini yasovchilar kiradi.

So‘zlarda bo‘lgani kabi affikslarda ham polisemiya, omonimiya va antonimiya hodisalari uchraydi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling