Olmosh so‘z turkumi. Olmoshlarning umumiy grammatik belgilari. Olmoshlarning ishora vazifasi, almashinib qo‘llanish belgisi. Olmoshlarning ma’no va tuzilishi jihatidan tasnifi. Boshqa turkum so‘zlarining olmoshga ko‘chishi (pronominalizatsiya). Olmosh so‘z turkumi haqidagi nazariy qarashlarning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
Ravish so‘z turkumi. Ravishlarning umumiy grammatik belgisi. Ravishlarning o‘zgarmaslik xususiyati. Ravishlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra turlari. Ravishlarda daraja kategoriyasi. Ravish so‘z turkumi haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
11-modul. Yordamchi so‘zlar turkumi
Yordamchi so‘zlar. Yordamchi so‘zlarning umumiy grammatik belgilari. Yordamchi so‘zlarning turlari.
Ko‘makchilar haqida ma’lumot. Ko‘makchilarning grammatik vazifasi, vazifasi. Sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilar.
Bog‘lovchilar haqida ma’lumot. Bog‘lovchilarning grammatik vazifasi, turlari.
Yuklama haqida ma’lumot. Yuklamalarning grammatik vazifasi va turlari.Yordamchi so‘zlar haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
12-modul. Alohida so‘zlar turkumi
Modal so‘zlar. Modal so‘zlarning umumiy grammatik belgilari. Modal so‘z va kirish so‘z tushunchalari. Modal so‘zlarning turlari. Modal so‘zlar haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
Undov so‘zlar. Undov so‘zlarning umumiy grammatik belgilari. Undov so‘zlarning turlari: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. Undov so‘zlar haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
Taqlid so‘zlar. Taqlid so‘zlarning umumiy grammatik belgilari. Taqlid so‘zlarning turlari: tovushga taqlid so‘zlar, holatga taqlid so‘zlar. Taqlid so‘zlar haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
13-modul. Sintaksis. Sintaktik aloqa vositalari va turlari
Sintaksisning o‘rganish obyekti. Sintaksisning so‘z shakllari va gaplarning o‘zaro aloqasi, asosiy sintaktik birliklar: so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limot ekanligi. Sintaktik sathning morfologik, leksik va fonetik sathlar bilan hamkorligi. Sintaksisning semantika va pragmatika bilan aloqasi. Sintaktik birliklarning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |