O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


So‘zning morfem tarkibi, so‘zda morfemalar chegarasini aniqlash


Download 1.1 Mb.
bet92/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

So‘zning morfem tarkibi, so‘zda morfemalar chegarasini aniqlash. So‘zning o‘zak va affiksal morfemalardan tarkib topishi. O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiradigan asosiy qismi, affiksal morfemaning grammatik ma’no ifodalovchi morfema ekanligi. Affiksal morfemalarda omonimiya, sinonimiya, antonimiya hodisasi. Morfema haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
So‘zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlar. Bunday o‘zgarishlarga olib keluvchi omillar. Affikslar qo‘shish bilan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Soddalanish hodisasi haqida ma’lumot. Morfologik qayta bo‘linish hodisasi. Qo‘sh qo‘llanish hodisasi (pleonazm). So‘zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlarning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
8-modul. So‘z yasalishi
So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil bo‘limi sifatida. Hozirgi (sinxron) va tarixiy (diaxron) so‘z yasalishi. So‘z yasash modellari: unumli va unumsiz modellar.
So‘z yasalish strukturasi. So‘z yasalish strukturasining morfem strukturadan hamda morfologik strukturadan farqi. Yasovchi asos va yasovchi affiks, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Yasama leksemaning tuzilishiga ko‘ra turlari.
So‘z yasalish strukturasi haqidagi ta‘limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
So‘z yasash usullari. Fonetik usul, affiksatsiya usuli, leksik-semantik usul, kompozitsiya usuli. So‘z yasash usullarining ta’lim bosqichlari darsliklarida berilishi.
So‘z turkumlarida so‘z yasalishi. Ot, sifat, fe’l, ravish so‘z turkumlarida so‘z yasalishi. Ravish yasalishi haqidagi nazariy qarashlar.
So‘z turkumlarining ko‘chishi. So‘z turkumlarida transpozitsiya va konversiya hodisasi. Konversiya va uning ko‘rinishlari. Mustaqil so‘z turkumlari va yordamchi so‘z turkumlarida ko‘chish hodisasi.


9-modul. Grammatika. Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya


Grammatikaning o‘rganish obyekti, tarkibiy qismlari (morfologiya va sintaksis). Grammatika tilning grammatik qurilishiga xos qonun-qoidalarni o‘rganuvchi soha ekanligi. Grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik kategoriya haqida ma’lumot.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling