So'zlarning morfem tarkibi
Topshiriq. Yo'Uqmaslik, tayyorlandi, boshladikso'zlarini ma'noli qismlarga ajratib, ularni izohlang. Muhtaram o'quvchi.
Nutqingizdagi so'zlarga hech diqqat qilganmisiz?
Ular bir xil shaklda qotib qolgan emas. Nutq talabi bilan ular turli xil qo'shimchalarni qabul qiladi, o'zgaradi, turfa ma'nolarni ifodalash uchun xoslanadi.
Misol uchun birgina «o'z» so'ziga e'tibor bering:
O’z ing, i, lari, icha, iga, ida, idan, im.
Ko'rinib turibdiki, shakl o'zgarishi bilan so'zning ma'nosida ham jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Shu vajdan har bir so'zni tarkibiy qismga ajratish hamda mazkur qism-larning qanday ma'no anglatayotganligini anglab yetish mumkin. Bu esa tilni bilishdagi eng muhim bosqich sanaladi. Masalan, «Har kimniki o'ziga, oy ko'rinar ko'ziga» maqolidagi «o'ziga» so'zini «o'zga», «o'zini», «o'zimdan» so'zlariga almashtirib ko'ring-chi — sira mumkin emas: man-tiq buziladi.
So'zlar asos va qo'shimcha qismga ajraladi.
Litsey-dosh, quvon-ch, maslahat-chi, fikr-iy, ish-i so'zlaridan birinchi qism asos sanaladi, ikkinchi qism esa qo'shimcha qismidir.
So'zlarning eng kichik ma'noli qismlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limiga morfemika deyiladi.
YETAKCHI MORFEMA
So'zning tub ma'noli qismiga asos deyiladi. Asosda qo'shimchalar qo'shish natijasida turli xil ma'nolar yuzaga chiqariladi. Masalan: tin-ch, tin-ish, tin-ch-lik, tin-im-siz, be-tin-im kabi so'zlarning asosi «tin» so'zidir, lekin qo'shimcha qo'shilishi bilan ma'no o'zgarib bormoqda.
Ayrim so'zlar tarixiy taraqqiyot natijasida o'zining tub — asos qismini o'zgartirishi, boshqacha shaklga kirishi mumkin. Yomg'ir (yom-g'ir), ko'mir (ko'm-mir), olg'a (ol(d)-ga) kabi so'zlarni asos va qo'shimcha qismga ajratib bo'lmaydi. Turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida ham asos ko'pincha birinchi bo'lib keladi. Masalan: video-chi, tadbirkor, toy-choq va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |