So'zlarning morfem tarkibi


QO'SHIMCHALARDA ZID MA'NOLILIK


Download 135 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1567007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
So\'zlarning morfem tarkibi

QO'SHIMCHALARDA ZID MA'NOLILIK Nutqni ravon, ta'sirchan, emotsional-ekspressiv jihat-dan bo'yoqdor boiib chiqishida zid ma'noli qo'shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta. Masalan, -li qo'shimchasi -siz, be- no- qo'shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo'yiladi. Aqlli — aqlsiz, iboli — beibo, o'rinli — noo'rin kabi.
Bunday qo'shimchalar, asosan, sifat so'z turkumida ish-latiladi. Ser- qo'shimchasi be- qo'shimchasiga, ba-qo'shimchasi -siz qo'shimchasiga, bo- qo'shimchasi -siz va be- qo'shimchalariga, -dor qo'shimchasi -siz va be-qo'shimchalariga nisbatan zid ma'nolidir.
Bunday qo'shimchalarni ikki guruhga boiish mumkin: biror belgi-xususiyatga, shakl-shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi qo'shimchalar. (-//, bo-, ser-, ba-, -dor); shunday belgiga ega emaslikni ifodalovchi qo'shim­chalar (-siz, be-, no-
Masalan:badavlat — davlatsiz, shirador — beshira, shirasiz, sero't — o'tsiz, boobro' — beobro', obro'siz,ko'ngilli — ko'ngilsiz
Qo'shimchalar shakldoshligi, ma'nodoshligi va zid ma'noliligi nutqni ko'rkam qiladi, tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, uning uslubiy jihatdan rang-barang boiishini ta'minlaydi, ta'sirchanligini oshiradi.
NUTQDA BIR ASOSLI SO'ZLARDAN FOYDALANISH
Tildagi so'zlar yangi paydo bo'lgan so'zlar hisobigagina emas, balki oldindan muomala-munosabatda mavjud bo'lib kelgan so'z asosida yangi leksemalarni hosil qilish yoii bilan ko'payib boradi. Bitta asos vositasida bir nechta yangi so'z yasalishi mumkin: suvli, sersuv, suvsizlik.
Bir asosli so'zlarga asosdosh so'zlar deyiladi.
Namunalar: tinch, tinim, tinimsiz, notinch, notinch-lik; gulli, guldor, gulchi, gulchilik, sergul; shoxli, shoxdor, shoxsimon, sershox; obro 'li, obro 'siz, boobro', beobro' va h.k.
SO'Z YASALISHI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
1-t o p s h i r i q. Tarbiyali, tarbiyasiz, tarbiyalanmoq so'zlaridagi so'z yasovchi qo'shimchalarni toping. Ulardagi umumiy holatlarni izohlang.
2-t o p s h i r i q. Qo 'Ibola, qo 'Iqop, qo 'larra so'zlaridagi so'z yasalish hodisasini tushuntiring.
Tilning lug'at tarkibi doimo o'zgarishda, rivojlanishdadir.
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda paydo boigan yangi-yangi tushunchalarni nomlash ehtiyoji tufayli tilda yangi so'zlar paydo bo'Iadi. Yangi so'zlar ikki xil vol bilan vujudga keladi: 1. Har bir tilning o'z ichki imkoniyati asosida. 2. Boshqa tillardan so'z olish asosida.Har bir tilning ichki imkoniyati asosida yangi so'zlarning hosil qilinishida shu tilda oldin mavjud boigan so'zga qo'shimcha qo'shish usuli yoki so'z qo'shish usuli katta ahamiyatga ega. Masalan, kompyuter hayotimizga kirib ke-lishi munosabati bilan uning nomi ingliz tilidan to'g'ridan-to'g'ri olingan. Endi «kompyuter bilan ishlovchi shaxs» tu-shunchasini ifodalash ehtiyojini qondirish uchun kom­pyuter so'ziga o'zbek tilida oldindan «maium mashg'ulot bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma'nosini ifodalovchi -chi qo'shimchasidan foydalanildi. Kompyuterchi «kompyuter bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma'nosini bildirdi.
Tilda oldin mavjud boigan so'zga maiurn yasovchi vositalar qo'shish bilan yangi so'z hosil qilinishiga so'z yasali­shi hodisasi, shunday hodisani o'rganadigan tilshunoslik boiimiga esa so'z yasalishi deyiladi.
Demak, so'z yasalishi atamasi ikki ma'noda: a) so'z yasalishi hodisasi ma'nosida va b) so'z yasalishi hodisasini o'rganuvchi tilshunoslik boiimi ma'nosida qoilaniladi.
SO'Z YASALISHINING TUZILISHI
1. Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchi so'zlariga e'tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so'zlarning hammasida ter so'zi takrorlanadi, ikkinchi gu-ruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi. Ko'rinadiki, so'z yasalishi hodisasi o'zining ichki tuzi lishiga ega boiadi va ikkita tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qila-di. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so'zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo'shilishidan hosil boigan hosila esa — terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so'zida esa terim yasashga asos qism,-c/z/ yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi.
So'zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. So'zning ma'noli qismlarga bo'linishi uning morfemik tuzilishi sanaladi.
So'zda nechta ma'noli qism boisa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi. Masalan, terimchi uchta ma'noli qismdan tashkil topgan: ter-im-chi. Terimchilar so'zi esa to'rtta ma'noli qismdan iborat: ter-im-chi-lar. Ter-imchilarga so'zi beshta ma'noli qismdan iborat: Shuning uchun u morfemik tuzilishga ko'ra besh qismga boiinadi: ter-im-chi-lar-ga.
Ko'rinadiki, so'zning morfemik tuzilishi yasovchi qo'­shimchalarni ham, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni ham o'z ichiga oladi. So'zning morfemik tuzilishini belgilashda ma'noli qismlarning so'z yasovchi yoki so'z o'zgartiruvchi ekanligining ahamiyati boimaydi. Qanday ma'noli qism-lardan — morfemalardan iborat ekanligi e'tiborga olinadi.
So'zning yasalish tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o'z ichiga oladi. So'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar so'z yasali­shi tuzilishiga kirmaydi.
So'z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni — yasashga asos va yasovchi vositani o'z ichiga oladi. Agar so'zda birdan ortiq yasovchi qo'shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasash­ga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so'zida -c/z/ yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchi yasalma, taroq so'zida esa -q yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, so'z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o'rtasida mazmuniy bogiiqlik, mazmuniy davomiylik boiadi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tepki so'zida yasalma bo'lib, -ki yasovchi vositasida tep so'zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma'nosini davom ettiradi: 1. Tepki uchun xoslangan moslama (otish qurolida). 2. Tepki zarbasi (tepki yedi).

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling