So'zlarning morfem tarkibi


Yetakchi morfemalarga qo'shilib, yangi so'z hosil qilmay-digan, so'zning turli xil shakllarini vujudga keltiradigan morfemalar shakl yasovchi morfemalar deyiladi


Download 135 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1567007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
So\'zlarning morfem tarkibi

Yetakchi morfemalarga qo'shilib, yangi so'z hosil qilmay-digan, so'zning turli xil shakllarini vujudga keltiradigan morfemalar shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Masalan, yaxshigina, Zamiraxon, ukamni va h.k.
Yuqorida qora harflar bilan berilgan morfemalar shakl yasovchi morfemalardir. Shakl yasovchi morfemalar sintaktik munosabatni bildirish-bildirmasligiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:

  1. Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar. Bun­day morfemalar lug'aviy shakl yasovchi morfemalar sanaladi.

  2. Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalar. Bunday morfemalar sintaktik shakl yasovchi morfemalar hisoblanadi.

O'qigach so'zidagi -gach morfemasi o 'qi so'ziga qo'shilib, undan yangi so'z ham yasamaydi, bu so'zni boshqa so'zga bog'lash uchun ham xizmat qilmaydi. Shuning uchun u lug'aviy shakl yasovchi morfemadir.
Yetakchi morfemaga qo'shilib, undan yangi so'z yasamay-digan va o'zi qo'shilgan so'zni boshqasiga bog'lash uchun xizmat qilmaydigan shakl yasovchi morfemalarga lug'aviy shakl yasovchi morfemalar deyiladi.
Kitobim, kitobni so'zlarida kitob so'ziga qo'shilgan -im va -ni morfemalari o'zi qo'shilgan so'zni boshqa so'zga bog'lash uchun xizmat qiladi.
So'zga qo'shilib, uni ma'lum morfologik shaklini ko'rsatuvchi va boshqa so'zga bog'lash uchun xizmat qiluv-chi shakl yasovchi morfemalarga sintaktik shakl yasovchi morfemalar deyiladi.
Egalik, kelishik, shaxs-son morfemalari sintaktik shakl yasovchi morfemalar tarkibiga kiradi.
MORFEMALARNING AGGLUTINATIV TABIATI
Topshiriq. Un, topshir, ko'r so'zlariga qo'shimchalar qo'shib
ko'ring. Qo'shimchalarning so'zdagi o'rniga e'tibor bering.
O'zbek tilida ko'makchi morfemalar, ya'ni qo'shimchalar yetakchi morfemaga undan keyin kelib ulanadi. Masalan, zamon-dosh zamondosh-lar zamondoshlar-im zamondoshlarim-ga
Asosga eng awal so'z yasovchi qo'shimcha, so'ng Iug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar qo'shiladi.
Masalan, sholi-kor, muqova-soz, kamtar-ona; tadbirkor-lar,sana-moq, yaltira-sh, fidokorlar-ga, o'rnashdi-m, uyqusirab-man kabi.
Asosga so'z yasovchi qo'shimcha, shakl yasovchi qo'shimchalar ikkitadan qo'shilsa, ular ketma-ket ulana­di, yuqoridagi tartib buzilmaydi.
Masalan, mulk-dor-lik, bil-im-U, jo'sh-qin-lik, ko'k-ish-roq, o'yna-t-di, ket~a-yotir~man, sinf-dosh-lar-im-dan, bor-a-yotgan-ingiz-ni, varaq-la-sh-ni.
Ba'zi bir hollarda so'z yasovchi qo'shimcha asosga old tomondan kelib qo'shilishi ham mumkin (Masalan, no-o'riri), lekin bunday old qo'shimchalar o'zbek tilida juda kam.
Shuningdek, ayrim so'zlarda umumiy tartib buzilishi ham kuzatiladi: es-la-gan-lik kabi. Bunda asos + so'z yasovchi qo'shimcha + shakl yasovchi qo'shimcha + so'z yasovchi qo'shimcha qo'shilmoqda.
Umuman olganda, qo'shimchalarning qo'shilishida o'ng qo'l qoidasiga rioya qilinadi.
OLD QO'SHIMCHALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
T o p s h r i q. Davlal, farzand, xabar, obro' so'zlariga no-, ser-, be-, bo- qo'shimchalarini qo'shib ko'ring. Ularning asosga qay taxlitda qo'shilayotganiga e'tibor bering.
O'zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik hamda rus tillari bilan o'zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizga o'sha tillarga xos bo'lgan yasalmalar va so'z yasa-lish qolipi ham o'zlashdi. Shulardan biri old qo'shimchali so'zlar va old qo'shimchalar sanaladi. Bular quyidagilar:
ba-: batafsil, badavlat, bahaybat;
be-: bexavotir, beg'ubor, befarosat;
no-: noumid, noqulay, norozi;
ser-: serzavq, sergap, serhosil.
Shuningdek, kam qo'llaniluvchi badfe'l, badjahl, bad-nafs, xushxabar, xushro'y, xushvaqt, hamfikr, hamshahar, hamsuhbat singari so'z yasalishi holatlari ham mavjud.
-ba, -ser qo'shimchalari, asosan, otga qo'shilib, asos-dan anglashilgan belgi-xususiyatning me'yordan ortiq, ko'p ekanligini bildirsa, be-; no- qo'shimchalari xuddi shu narsalarga ega emaslikni anglatadi. Solishtiring: baquvvat, serma'no-behayo, noo'rin.
Mazkur qo'shimchalar -li,-siz,-dor qo'shimchalari bilan sinonimik munosabatida bo'la oladi.
Masalan: badavlat—davlatli, beqiyos—qiyossiz, noo'rin— o 'rinsiz, sertashvish—tashvishli.
QO'SHIMCHALARDA SHAKLDOSHLIK
1-topshiriq. O'yinchoq erinchoq, pistirma — bo'g'ma, yig'in-
to'lin so'zlaridagi qo'shimchalarni bir-biriga solishti-ring va o'rtadagi farqlarini tushuntiring.
2-t o p s h i r i q. Yomg'irli — seryomg 'ir so'zlaridagi -// va
ser- qo'shimchalari bildirayotgan ma'nolarni izohlang.
Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki qo'shim­chalarga ham xos xususiyat sanaladi. Qo'shimchalarning ayrimlari ifodalanishiga ko'ra aynan bir-biriga o'xshasa-da, mazmun-mohiyati bilan keskin farqlanadi.
Masalan, -in qo'shimchasi.
a) ot; b) sifat; d) ravish yasaydi; e) fe'l nisbatini yasaydi. tiqin to'lin ostin-ustin ilin yig'in erkin birin-ketin ko'rin chaqin yashirin qishin-yozin qilin
Bunday qo'shimchalar o'zbek tilida ko'plab uchraydi. -ma, -chi, -li, -dor, -ch, -(i)sh, -ar, -ik, -k, -ish, -qin, -chaq, -(a) y, -siz kabi qo'shimchalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Shakldosh qo'shimchalar quyidagi ko'rinishlarda uchraydi.
1. So'z yasovchilar.
qalamdon (ot) qadrdon (sifat)
toshqin (ot) jo'shqin (sifat)
tepki (ot) kechki (sifat)
qatlama (ot) bo'g'ma (sifat)
o'roq (ot) qo'rqoq (sifat)
yoshlik (ot) sirdaryolik (sifat)
yuzsiz (sifat) so'zsiz (ravish)
yugurik (sifat) ko'rik (ot)
2. So'z yasovchi qo'shimcha so'z shakli yasovchi
qo'shimcha bilan shakldosh bo'Iadi.
kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) erinchak (sifat yasovchi) gapirma (fe'lning bo'lishsiz shakli) burma (sifat yasovchi)yuzlab (chama son shakli) qizcha (kichraytirish shakli) Dilafro'zxon(hurmat shakli) do'sti (III shaxs, birlik shakli)
3. Har qanday holatda so'z shakli yasaydi.
oqish (ozaytirma shakli) kelish (harakat nomi)
otam (egalik shakli) ko'rdim(shaxs-son shakli)
ukang (egalik shakli) bording(shaxs-son shakli)
QO'SHIMCHALAR MA'NODOSHLIGI
Qo'shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma'nodoshlik hodisasi ham uchraydi. Ba'zan ma'lum bir so'z yasash ma'nosini ifodalash uchun birdan ortiq qo'shimchalardan foydalanishga to'g'ri keladi. Masalan, -// qo'shimchasi o'rniga -kor, -dor, bo-, ba-, ser- qo'shimchalarini qoilash mumkin:
itoatli — itoatkor
shirali — shirador
savlatli — basavlat
sutli — sersut
obro'li — boobro'
Shuningdek, -chi o'rnida, -shunos, -kash, -kor; -siz o'rnida esa be-, no- old qo'shimchalarni qoilash kuza-tiladi.
adabiyotchi — adabiyotshunos aravachi — aravakash g'allachi — g'allakor hayosiz — behayo o'rinsiz — noo'rin
Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma'nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari de-yish o'rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g'alizlik yuzaga keladi. Demak, qo'shimchalardagi ma'nodoshlik nutqning muayyan davrdagi me'yorlari asosida yuzaga keladigan til hodisasi sanaladi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling