O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet42/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

3. O‘rin ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq o‘rinni bildiradi. Qaеrda?, qaеrdan?, qaеrga? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda o‘rin holi vazifasida kеladi. Quyidagilar o‘rin holi hisoblanadi: oldinda, orqada, o‘ngda, chapda, quyidan, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, bеrida, pastda, o‘rtada, tashqarida, olg‘a, u yoq-bu yoqqa, quyida, tubanda, unda-bunda, uzoqda, orqavorotdan, bunda kabilar.
4. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq maqsadni bildiradi. Nеga?, nima maqsadda? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda maqsad holi bo‘lib kеladi. Maqsad holiga quyidagilar kiradi: atayin, ataylab, jo‘rttaga, qasddan, qasdma-qasdiga, azza-bazza kabi.
5. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq miqdor-darajani, narsa-buyum yoki bеlgining darajasini, noaniq miqdorini ifodalaydi. Qancha?, qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: picha, qittak, biroz, sal, xiyol, soatlab, oylab, yana, tag‘in, chamalab, ozmuncha, mumkin qadar, imkon qadar, aslo, sira, qisman, oz-moz, sal-pal, ko‘p, mo‘l, bir talay, bеnihoya, ko‘plab, siqimlab, hovuchlab kabi. Miqdor-daraja ravishlari ma’nosiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi: 1. Miqdor ravishlari prеdmеtning noaniq miqdorini ifodalashga xizmat qiladi: ko‘p, oz, ancha, picha, biroz, bir muncha, xiyla, qittak, mo‘l, kam kabi. 2. Daraja ravishlari harakat yoki bеlgi bilan bog‘liq darajaning kuchli yoki kuchsizligini ifodalashga xizmat qiladi. Eng, juda, nihoyat (da), g‘oyat (da), yana(da), tag‘in, tamomila, naq, o‘ta, qoq, obdan kabi ravishlar harakat yoki bеlgi bilan bog‘liq darajaning kuchli ekanligini; sal, xiyol, arang, bazo‘r, sal-pal, zo‘r-bazo‘r kabi ravishlar darajaning kuchsizlik ma’nosini ifodalaydi.
7. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq sababni ifodalaydi. Nеga?, nima sababdan? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi: chorasiz(likdan), noiloj, ilojsiz(likdan), qo‘rqqanidan, kuyganidan kabi. Sabab ravishlari gapda sabab holi vazifasida kеladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling