Aniqlov bog‘lovchisi -ki, -(kim) qo‘shma gap tarkibida bu bog‘lovchi orqali munosabatga kirishgan gaplarning biri ikkinchisiga tobe bo‘lib, mustaqil gapning biron bo‘lagini izohlab keladi: Tilagimiz shuki, yaxshi ishlab obro‘ orttirsin, odamlarning hurmatiga sazovor bo‘lsin.
Sabab bog‘lovchilari chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki bo‘lib, bu bog‘lovchilar aloqaga kiritgan gaplarning birida bosh gapdagi asosiy fikrning yuzaga chiqishi uchun, amalga oshirilishi uchun sabab, vosita bo‘lgan voqea-hodisalar ifodalanadi: Samimiy aytilgan so‘z sodda bo‘ladi, chunki dilning hukmronligi tildan ustun bo‘ladi.
Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari go‘yo, go‘yoki voqea-hodisa va narsalarni o‘zaro o‘xshatish, chog‘ishtirish yo‘li bilan turli grammatik aloqalarni bildiradi: Anor daraxtlarida anor shig‘il, har biri go‘yo choynakday-choynakday bo‘lib osilib yotibdi. (O.)
Maqsad bog‘lovchisi toki qo‘shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosi ifodalangan ergash gapnibosh gap bilan bog‘laydi: Qo‘shiqni bahuzur aytib ishlay ber, toli hamma bahramand bo‘lsin. (O.)
Shart va to‘siqsizlik bog‘lovchilari agar, modomiki, basharti, garchi, garchand kabilardir. Bular biror voqea-hodisalarning yuzaga chiqshi uchun zarur shart, vosita bo‘lgan ikkinchi voqea-hodisa ifodalangan ergash gapni yoki asosiy fikrga zid bo‘lib, uning bajarilishiga to‘siq bo‘la olmaydigan ergash gapni bosh gap bilan bog‘laydi. Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g‘oya uchun kurash bilan o‘tsa, bunday hayotga afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.)
Yuklamalar haqida umumiy ma’lumot
Yuklama har xil qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Yuklamalar butun bir gapga tegishli bo‘lib, uning ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib, chegaralab kelishi, so‘roq ma’nolarini bildirib kelishi ham, alohida so‘zlarga bog‘liq holda shu so‘zning qo‘shimcha ma’nolari, ottenkalarini bildirib kelishi ham mumkin.
Yuklamalar tuzilishi jihatidan ikki xil: affiks yuklamalar va so‘z yuklamalar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |