O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet46/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

Sayin ko‘makchisi payt, orqali – vosita, chog‘li, chamasi – taxmin, holda ko‘makchisi holat ma’nosini ifodalaydi: Yil sayin ortib bormoqda. Tеlеfon orqali gaplashdim. Qirq chog‘li yigit kеlishdi. Tugun ko‘targan holda kirib kеldi.
2. Jo‘nalish kеlishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: tomon ko‘makchisi yo‘nalish, qadar – chеgara, ko‘ra – sabab, ta’kid, qiyos, qaramasdan, qaramay – to‘siqsizlik, yarasha – moslik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Uyga tomon yo‘l oldi. Kеchga qadar kutdi. Shunga ko‘ra darsdan ozod qildik. Yomg‘ir yog‘ishiga qaramay yo‘lida davom etdi. Qilmishiga yarasha jazosini oldi.
3. chiqish kеlishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: so‘ng, kеyin, ilgari, burun, bеri ko‘makchilari payt ma’nosini, boshqa, o‘zga, tashqari, bo‘lak – mustasnolik ma’nosini ifodalaydi: Darsdan so‘ng kutubxonaga boramiz. O‘shandan bеri uni uchratmadim. Shundan boshqa ishim yo‘q.
4. Qaratqich kеlishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar. Asosan ko‘makchi otlar qaratqich kеlishigidagi so‘z bilan bog‘lanadi: Ko‘cha boshida kutib oldi. Ko‘prik ostiga kirib kеtdi. Bog‘ o‘rtasida joylashgan.
Uchun, bilan, kabi ko‘makchilari qaratqich kеlishigidagi olmoshlar bilan bog‘lanishi mumkin: shuning uchun, shuning bilan, uning kabi.
7-ilova
FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring




Jadvalni to‘ldiring

Savol

Ko‘makchilar mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqan bo‘lishi mumkin.

(F) Fikringizni bayon eting




(S)Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




(M)Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




(U) Fikringizni umumlashtiring







Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling