O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- –da, -u(yu)
- 11-ilova Ergachtiruvchi bog‘lovchilar
Zidlov bog‘lovchilari : ammo, biroq, lekin, balki kabilar bo‘lib, bular mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘laklarni yoki gaplarni bog‘lash uchunxizmat qiladi. Ammo, biroq, lekin bog‘lovchilari bog‘lab kelgan gaplarning keyingi qismida avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. Shuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo‘layotganligi, ikkinchisining inkor etilganligi ma’nosi anglashiladi: Baqirib, chaqirdi, ammo uning qichqirish ovozini hech kim eshitmasdi. (S.Ayn.)
Bu bog‘lovchilar gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo‘lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog‘laydi. Balki bog‘lovchisi ba’zan biror bo‘lak oldidan kelib, shu bo‘lakni yoki gap mazmunini kuchaytirish uchun, izohlashga xizmat qiladi.U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi. Bu sodiq qul, balki undan ham battar odam edi. (O.) Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lab, zidlik, sabab, nomuvofiqlik, natija kabi ma’no munosabatlarini anglatishda –da, -u(yu) ham ishlatiladi: Bir nima demoqchi bo‘ldi-yu, tili og‘ziga tiqilib qoldi. (O.) Ayiruv bog‘lovchilari yo, yoki, yo …, yo…, dam…, dam…; goh…, goh…, xoh…, xoh…; ba’zan…, ba’zan…; bir…, bir… kabilardir. Bu bog‘lovchlar narsa hodisalarni boshqalaridan ajratish yoki ularnining galma-gal bo‘lishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bulardan yo, yoli; yo…, yo… kabilar asl ma’nolari bilan ayiruvchi bog‘lovchilar bo‘lib, aytilayotgan narsa, belgi harakatlardan birini ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi. “Yo podshoh biron yerga chiqadi, yoki elchi kelishini kutadi,”-dedi Zayniddin. (O.) Ba’zan…, ba’zan…; dam…, dam…; goh…,goh…kabi bog‘lovchilar esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib turishni ifodalashga xizmat qiladi: Yo‘lchi dam u ekinda, dam bu ekinda…ishlaydi.(O.) 11-ilova Ergachtiruvchi bog‘lovchilar Ergashtiruvchi bog‘lovchilar –ki,(-kim), chunki, shuning uchun, go‘yo, go‘yoki, toki, agar, garchi, basharti kabilar bo‘lib, qo‘shma gap tarkibidagi soda gaplarni bir-biri bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar grammayik aloqalarni ifodalashi va ma’nolariga qarab: a) aniqlov bog‘lovchisi; b) sabab bog‘lovchisi; c) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari; d) maqsad bog‘lovchisi; e) shart va to‘siqsizlik bog‘lovchilariga bo‘linadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling