@ 2-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarni morfemik tahlil qiling.
Ishlash, o‘qit, yaltiroq, kulgi, to‘shak,varaqla, paxtakor, bilimli, safdosh, olmazor, terim, to‘plam, kechirim, tuzum, ko‘kar, kengay, yangila, angla, sarg‘ay, b’yoqchi, yeyishli;
Serobgarchilik, loygarchilik, kuchli, ishchan, kattagina, o‘qidim, kelgansan, ishlayapti, kulimsiradi, yig‘lamsiradi, yugurgiladi, kutubxona, ishxona, muzxona xona, kitobxon, bolajonim, jonim otam.
Namuna: Ishlash- ish-asos, ot; -la - fe’l yas. morf; -sh -harakat nomi)
@ 3-topshiriq.
1.Quyida berilgan she’riy matnni morfemik tahlil qiling.
2.Matn tarkibidagi affiksoidlarni aniqlang.
1-variant
Shuhratga o‘ch bo‘lsam kerak men gumroh,
Yolg‘on bo‘lsa kerak dilda nolam ham.
To‘pori baytlarim bitar payti goh
Ko‘zimga ko‘rinmay qolar bolam ham.
2-variant
Olamni erkalab erka so‘z izlab,
Bolamni erkalab bir so‘z aytmayman.
Mushukday suykalib kelsa ham muzlab,
Betidan bir o‘pmay uydan haydayman.
3-variant
Qalam ushladimmi demak-o‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini.
Bundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini…
@ 4-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarni morfologik tahlil qiling.
Zararkunanda, odamshavanda, dardisar, astoydil kechqurun, o‘qit, yaltiroq, kulgi, to‘shak,varaqla, paxtakor, bilimli, safdosh, olmazor, terim, to‘plam, kechirim, tuzum, ko‘kar, kengay, yangila, angla, sarg‘ay, b’yoqchi, yeyishli;
serobgarchilik, loygarchilik, kuchli, ishchan, kattagina, o‘qidim, kelgansan, ishlayapti, kulimsiradi, yig‘lamsiradi, yugurgiladi, kutubxona, ishxona, muzxona xona, kitobxon, bolajonim, jonim otam.
!
Uyga vazifa.
1. Affiksoidlar ishtirok etgan badiiy matn yozing.
2. Matn tarkibidagiI so‘zlarni sinxron, diaxron va morfemik tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |