O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-topshiriq
- 1-topshiriq .
@ 5-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar tarkibidagi affikslarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarga ajrating.
Sana, tuna, ko‘tara (savdo), bora-bora, yo‘lak, qirmizak, qarsak, uyga, ertaga, bekorga, enaga, terga, kulgi, sezgi, supurgi, yugilamoq, borgin, toshqin, so‘lg‘in, uyda, bo‘lsa-da, undamoq, to‘satdan, xohlaganidan, beshtadan, qalamdon, suxandon, qadrdon, qovurdoq, shundoq, kitobi, changimoq, dialogik, filologik, teshik, ko‘pik, kechik,kiyim, siqim, terim, kirim, yuvinmoq, qishin-yozin, yog‘in, yozish, jo‘natishdi, tashlayman, qoraymoq, bezak, pirpirak, tekkach, taxtakach, tepki, pastki, afsuski, chuvakkina, qizgina. @ 6-topshiriq.Quyida berilgan gaplarni morfemik tahlil qiling. 1. Teraklar uchida yuzini kul bosayotgan cho‘g‘dek asta xiralashayotgan kechki quyosh shulasiga qaradi (S.Ahm.).2. Uning uchun endi hamma narsa tugagandek, butun orzu-umidlari puchga chiqqandek, hayot bu-qiynoq, azobdan iboratdek tuyulardi.(O‘.Umarbekov) 3. Havoda zildek og‘ir, qoramtir bulutlar aylanar, lekin etakdagi paxtazor yaqqol ko‘zga tashlanar edi.(Sh.Xolmirzayev). 4. U bu gapni onasining ilgarigi achimsoq so‘zlarini va arazlarini tugalganidan va o‘rniga suchuk so‘zlar, silliq muomalar bitib,”eson-sog‘ keldingmi bolam”laridanoq sezgan edi.(A.Qod). 5. Mirzo Ulug‘bek zanjisifat yasovulning betakalluf harakati uyg‘otgan g‘azabni ichiga yutib, egniga suvsar po‘stinini tashladi.(O.Y.) 6. Piyoladagi tiniq xushbo‘y ichimlik Mohimning qo‘li bilan birga xiyol titrab turibdi.(P.Q.) 7. Men bobomning maqtovini eshitib, kekkayib bormoqdaman…Shu paytda orqamizdan ot shatalog‘i eshitilib, qayrilib qaragan edik, olduga bir ola echkini o‘ngargan, ko‘kragi ochiq, yaktakchan, saman otliq bir yigitni ko‘rdik.(A.Qod). ! 7-topshiriq.Ishchi kitobdan 10 gapni morfemik tahlil qiling, morfemalarning turlariga e’tibor bering. 2-Mavzu: Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari. Morfemik tahlil. 1.Affiksal morfema va uning yuzaga kelish yo‘llari. 2.Affiks va affiksoid. 3.Affikslarning variantlilik xususiyati. 4.Diaxron va sinxron affikslar. G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1. Affiksal morfemaga ta’rif bering. Fikringizni misollar asosida izohlang. 2. Affiksoidga ta’rif bering. Fikringizni misollar asosida izohlang. 3. Affkslarning variantlilik hodisasi haqida ma’lumot bering. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi? 4.Qoshimchalarning diaxron va sinxron tabiati haqida nimalarni bilasiz? 5. Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday tasniflanadi? 6. So‘z yasovchi affikslar haqida ma’lumot bering. 7. Affiksoidga ta’rif bering. Fikringizni misollar asosida izohlang. 8. Affkslarning variantlilik hodisasi haqida ma’lumot bering. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi? 9.Kategorial shakl yasovchi affikslar haqida ma’lumot bering. Fikringizni misollar asosida izohlang. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling