O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq .
- 2-topshiriq .
- 3-topshiriq .
- 4-topshiriq.
5.Uyga vazifa.
1. Badiiy asarlardan tanlab olingan misollar asosida sifatlarning yasalishi haqida ilmiy xulosa yozing. 2.Tarkibida yasama sifat ishtirok etgan beshta badiiy asar nomini yozing. Ravish yasalishi 1. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasalishi haqida ma’lumot. 2. Sodda yasama ravishlar yasalishi. 3. Qo‘shma ravishlar yasalishi. 4. Ravishlashish hodisasi haqida. G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1. Ravish yasalishi haqida ma’lumot bering. 2. Morfologik ravish yasalishi deganda nimani tushunasiz? 3. Sintaktik usul bilan so‘z yasalishini misollar asosida tushuntiring. 4. Ravish turkumida so‘z yasalishi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borgan qaysi olimlarni bilasiz? 5. indamasdan, o‘ylamasdan, qaytadan so‘zlarini morfemik tahlil qiling. 6. O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar haqida ma’lumot bering. 7. Ravishlashish hodisasini misollar bilan izohlang. 2-topshiriq. 1.Payt, belgi, miqdor, o‘rin ma’nolarini bildiruvchi ayrim so‘zlarga shakl yasovchi affikslarni qo‘shing va ravishlashish hodisasini izohlang 2.Ravishlashgan so‘zlarni ishtirok ettirib, “Internetdagi hayot” mavzusida kichik matn tuzing, matn tarkibidagi so‘zlarni morfemik tahlil qiling. 3-topshiriq. Guruh bilan ishlash. “Muzyorar” interfaol metodi asosida. Talabalar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh nomlanadi: “Ot yasovchilar”, “Sifat yasovchi”, “Ravish yasovchilar”. Qaysi guruh a’zolari o‘zlariga xos xususiyatlarni to‘g‘ri va to‘liq aytib bersa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. ! 4-topshiriq. Berilgan matn tarkibidagi ot yasovchi, sifat yasovchi, fe,l yasovchi, ravish yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. 1-variant …Marg‘uba Muattardan o‘pkaladi, o‘sha xatni bilmasdan, tushunmasdan yozganini, Javlon ikkovi nima uchun joni halak ekanini, go‘lligi orqasida shunday hovli-joy, mashina, kassadagi shuncha pulga ko‘chada yurgan bir isqirt va uning dog‘uli onasi ko‘z tikkanini kuyib, jizg‘anak bo‘lib gapirdi; 2-variant …Men ham rostini aytsam, Marg‘uba opa Anvar ikkovimizni bir-birimizga yopishtirmoqchilar. Lekin ikkovimizni ham ko‘nglimizda zig‘irchalik bir nima yo‘q, bir-birimizning ko‘nglimizni bilamiz ham! Sizning gapingizdan keyin bir nimani o‘ylab qoldim. Anvarning otasidan kattagina meros qolgan, Marg‘uba opa bir o‘q bilan uchta o‘qni urmoqchimikin…gilam sotsang qo‘shningga sot, bir chetida o‘zing o‘tirasan, demoqchamikin…( A. Qahhor). Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling