5.Uyga vazifa. 1.Tanlangan badiiy matndan ot, sifat, ravish va fe’l yasovchi qo‘shimchalarni toping.
Fe’l yasalishi
1. Fe’l yasalishi haqida ma’lumot.
2. Affiksatsiya usuli bilan fe’l yasalishi.
3. Kompozitsion usul bilan fe’l yasalishi.
4. Qo‘shma fe’llarning fe’lning analitik shakllaridan farqi.
G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Fe’lning yasalishi haqida ma’lumot bering.
2. Kompozitsion usul bilan fe’l yasalishini misollar asosida izohlang.
3. Affiksatsiya bilan fe’l yasalishini tahlillar asosida tushuntirib bering.
4. Fe’lning analitik shakli bilan qo‘shma fe’lning farqini tushuntiring.
5. “ot+fe’l”, “fe’l+fe’l” qolipiga to‘rttadan misol ayting.
6. Aytib yubormoq va borib kelmoq fe’llarini izohlang.
7. Qanday fe’llar ajratib yoziladi?
@ 2-topshiriq. “Talabalar kuni ”mavzusida matn yarating. Matn tarkibidagi yasama fe’llarni aniqlang va qaysi usul bilan yasalganligini izohlang.
3-topshiriq. Guruh bilan ishlash. “Davom ettiring” interfaol metodi asosida. Talabalar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh nomlanadi. Birinchi talaba fe’l yasovchi qo‘shimcha beradi, ikkinchi talaba fe’l yasaydi va u ham keyingi talabaga fe’l yasovchi qo‘shimcha beradi…Grammatik o‘yin shu tarzda davom etadi. Topshiriqni to‘g‘ri va tez bajargan guruh g‘olib bo‘ladi.
! 4-topshiriq. Matn tarkibidagi yasama fe’llarni aniqlang qaysi usul bilan yasalganligiga e’tibor bering.
Fan qayiqqa ham, kemaga ham bab-baravar ochiq dengiz kabidir. Birov unda oltin yombi tashisa, boshqasi qarmoq tashlab baliq ovlaydi. Fanning ibtidosi –aql, aqlning ibtidosi esa sabr- toqatdir. Ulug‘ ishlar uchun tolmas sabot kerak. Kishini qobiliyati uchun emas, balki o‘sha qobiliyatdan qanday foydalana olishiga qarab qadrlashadi. Qobiliyat o‘z-o‘zicha shuursizdir, u ishga solingan taqdirdagina jilolanadi.(T. Malik) Dovdirab qolgan yigit goh qizarar, goh oqarar, nima qilishini, bu voqeaning nima bilan tugashini bilmas edi.(S.Z.) Halima kelavermagach, onasining xavotiri kuchaydi.(Gaz.)
Do'stlaringiz bilan baham: |