O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 -mashq .
4-variant
Reja: 1. Fe’lning shaxs-son shakllari. 2. I guruh shaxs-son shakllari 3. II guruh shaxs-son shakllari G 1-topshiriq.Blis-so‘rov uchun tayanch tushunchalar. 1. Fe’lning shaxs-son shakllari. 2. I shaxs shakli va uning ma’nolari. 3. II shaxs shakli va uning ma’nolari. 4. III shaxs shakli va uning ma’nolari. 1-mashq. O‘qing, tuslangan, fe’llarni topib, tuslovchi qo‘shimchalarni aniqlang, ularni tuslovchi qo‘shimchalarning turlarini hisobga olgan holda, uch ustunga ajratib yozing; shaxs-sonini izohlang. Men hech kimni malomat qilmoqchi emasman, buning uchun mening haqqim ham yo‘q. Lekin, nazarimda, shunday tuyuladiki, biz keyingi vaqtlarda Vatanga muhabbatimizni ko‘proq «gap sotish» yo‘li bilan ifodalashga berilib ketganga o‘xshaymiz... Bir misol keltiraman: keyingi paytlarda ancha-muncha odamlar televizor orqali, yoki matbuot sahifalarida sira xijolat tortmay, «men falon sohada Vatan uchun 30, 40 yoki 50 yil xizmat qilib qo‘yganman», deya maqtanadigan bo‘lib qolishdi. Biroq odam o‘zi to‘g‘risida shunaqa deganida qilgan xizmatlarini pisanda qilayotganga o‘xshab ketadi. Albatta, biror sohada 30 yilmi, 40 yilmi ishlagani juda yaxshi — buning uchun faqat rahmat aytish va boshqa yo‘llar bilan rag‘batlantirish kerak. Lekin nima uchun buni — butun umr bo‘yi tirikchiligini o‘tkazish uchun maosh olib qilgan ishini o‘zining vatanparvarligi deb taqdim etishi kerak? Yo‘q, birodarlar, har nima bo‘lganda ham, men Vatan sevgisini oliyroq, yuksakroq bir xislat deb bilaman. (O. Sharafiddinov) 2- mashq. O‘qing. Fe’llarning shaxs-son shakllarini aniqlang, guruhga ajratib yozing. 1. Lashkar qirg‘oqqa joylashdi. 2. Iskandar hind prdshohini o‘ziga bo‘ysundirmoqchi, o‘z dini va hukmronligini unga qabul ettirmoqchi bo‘ldi. (“Kalila va Dimna”dan) Zo‘r bir mardlik qilibsan, Lekin bekor kelibsan. (H. O.) Seni deya qavmu qarindosh Ixtiyorim olgan ekanlar Va kishanga solgan ekanlar. (H. O.) 5. Vaholanki, siz, xotin kishining topgani nima bo‘lardi, xotini boqayotir, degan isnodga tobim bor ekanmi, deb firoq qilib yurgan emishsiz. (A. Muhiddin.) 6. O‘z rolingni tushunibsan g‘oyat haqqoniy. (H. G‘.) 7. Botirjonni otasi podshoning eng usta qilichbozlaridan biriga shogird qilib beribdi. U ustozidan qilichbozlikni, yoyandozlikni va nayzabozlikni ham, kurash tushishni ham o‘rganibdi. («Gulpari».) 8. Yaqindagina dam olib olgan navkarlar safar daragini eshitib quvonar edilar. Navkarlar sovutlarini yarqiratib tozalashar, naqsh solib egarlarini tartibga solishardi. (L. Bat.) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling