O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet70/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

2-variant
Daraja kategoriyasi haqida ma’lumot.
1) bosh daraja;
2) o‘zlik daraja;
3) orttirma daraja;
4) birgalik daraja;
5)majhul daraja.

G 1-topshiriq. Blis-so‘rov uchun tayanch tushunchalar.


1. Daraja kategoriyasi.
2.Bosh daraja;
3.O‘zlik daraja;
4. Orttirma daraja;
5. Birgalik daraja;
6. Majhul daraja.

@ 2-topshiriq.Quyida berilgan gaplardan fe’llarni ajrating, ularning qanday daraja shaklida ekanligini aniqlang.


1.Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi.(O.) 2. Eshik orqasiga yana harsang tambalandi(G‘.G‘.) 3.Muhabbat shunday qudratli bir kuchki, kimning qalbiga yo‘l topgan bo‘lsa, uni ham o‘z yo‘liga boshlaydi.(S.Ahm.) 4.-Voy-bo‘y, taqsir,bugun ertalabdan beri ko‘ringan ko‘ringan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku! Gunohlari surishtirilmadi.(A.Qod.) 5.Bir-ikki qadam bosib, devordagi javonga suyandi, bir nafas tinch qolgach, yana bo‘g‘ziga qo‘l uzatib, etlarini cho‘zdi.(Ch.) 6.Majlisda nima masala ko‘rilganligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.(O‘.H.) 7.Ot choptirib, ilgarilab ketgan suvorilar ularni qishloq chekkasidagi hovli oldida kutib olib, ichkariga boshlashdi (O.Y.) 8. Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi. (O) 9.Tikilga qozon qaynamas, degandek, uning ochilishi chuda qiyin bo‘ldi. Bobo unga tikilaverib ko‘zlari toldi. 10.Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. (P.Qod)

@ 3-topshiriq.Quyida berilgan gaplar tarkibidagi fe’llarning qaysi darajada ekanligini aniqlang.


1.Hech nimaga hayron bo‘lmaydigan odamdan olim chiqadi.(O‘.H.) 2.E, g‘ofil ona,tur, ko‘zingni och, qizingning yuragiga quloq sol.(S.Ahm.) 3.Domlaning yer olgani rost, buni Saidiyga bildirmoqchi emas edi.(A.Q.) 4.Sham yonmasa, parvona yaqin kelmaydi(O‘.H.) 5.O‘sha bemaza gapimni esingdan chiqaz,Aziza.(S.Ahm.) 6.Harbiy sud masxarami bu kishiga? Aytingiz, yaxshilik bilan ochsinlar. Bo‘lmasa, kuch bilan ochdiramiz.(Ch.)

F 4-topshiriq.Quyida berigan test topchiriqlarini bajaring.


1.Bajarmoq so‘zi quyidagi so‘zlardan qaysi biri bilan ma’nodosh hisoblanadi?
1)ado etmoq; 2)o‘tamoq, 3)bitirmoq, 4)o‘rinlatmoq, 5)bajo etmoq.
A.1,3,5. B.1,2,3,4,5. C.3,4,5. D.1,2,3,5.
2. Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni aniqlang.
A. –tir, -giz, -ish, - il, -sat
B.-in, -ish, -sa
C –ir, -iz, -ar, -t, -dir
D.-t, -gaz, -sh, qaz, -il
3. –in qo‘shimchasi qaysi qatordagi so‘zlarga qo‘shilsa, shakl yasovchi hisoblanadi?
A.Yuv, yig‘
B.Yog‘, art
C.Ek, yog‘
D.Art, yuv
4. O‘zlik nisbatdan hosil bo‘lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping.
A.Keltir, yozdir
B.Yuvinishdi, kiyinishdi
C. Yuvintir, kiyintir
D.O‘zgartirildi, ishlatildi
5. Fe’ldagi birgalik nisbatni ifodalovchi qo‘shimcha quyida berilgan qaysi qo‘shimchaga sinonim bo‘la oladi?
A.-sh, -ish
B.-n, -in
C. –lar
D.-l, -il
6. Bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang.
A.Otaqo‘zi shaharga kelsa, kirmay ketmaydi.
B.U na o‘kiydi, na yozadi
C.Bugungi ishni ertaga qo‘yma
D.Gapiradi-ya, gapiradi, gapirib bo‘pti.
7. Kunlar isib ketdi-ku! Gapdagi fe’l mayli…
A.Maqsad mayli
B.Buyruq-istak mayli
C.Shart mayli
D.Xabar mayli
8. Qaysi nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida faqat yetakchi fe’lga qo‘shiladi?
A.O‘zlik nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
B.Birgalik nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
C.Majhul nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
D.Orttirma nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
9. Qaysi nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida faqat ko‘makchi qismga qo‘shiladi?
A.O‘zlik nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
B.Aniq nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
C.Majhul nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
D.Orttirma nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar
10. Quyidagi fe’llarning qaysisidan o‘zlik nisbati yasalmaydi?
A.Qiynamoq
B.Kavshamoq
C.Yayramoq
D.So‘kmoq

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling