O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Uy ishi: Otning ma’no turlariga oid nazariy qarashlarni o‘zlashtirish. 2-variant
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Topshiriq.
- 2-topshiriq
- 5-topshiriq.
Uy ishi: Otning ma’no turlariga oid nazariy qarashlarni o‘zlashtirish.
2-variant 1. Morfologiya haqida umumiy ma‘lumot. 2. Morfologiyaning boshqa til bo‘limlari bilan aloqasi. 3. Grammatik shakl va grammatik kategoriya haqida umumiy ma‘lumot. 4. Otning grammatik kategoriyalari. 5. Otning son kategoriyasi. @ 1.Topshiriq. Berilgan gaplardan otning grammatik kategoriyalariga oid shakllarni toping, tahlil qiling. 1. Suv jimjimalariga oq to‘shini urib uchayotgan qaldirg‘ochlar, orqasida ayri iz qoldirib suzayotgan viqorli oppoq g‘ozlar menga o‘sha suronli yillarda hammaga mehrini barobar sochgan munis ona chehrasini, uning oppoq paxtadek sochlarini eslatdi.(S.Ahm.) 2. To‘qayga o‘t ketsa bus-butun, Adolat borliqqa yolg‘iz onadir. Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun Yovuzlikadan zada qo‘riqxonadir.(A.O.) 3. Qiziq, Hamdamboyning oshkor tuhmati uning g‘azabini qo‘zg‘agan edu-yu, ammo qalbini bunchali o‘rtamagan edi.(X.T.) 4. Ular bir necha minut so‘zsiz turib qolishdi. Qiz ko‘prik panjarasiga bag‘rini berib, suv oqib kelayotgan tomonga qarab turardi.(S.Ahm.) 5. Qoplarni tashib bo‘lgan bolalar gulxanga qarab chopishdi, sholg‘omday qizarib ketgan oyoq-qo‘llaini, tarashaday qotib qolgan paytavalarini yonib turgan olovga suqishdi.(O.Y.) 6. Bir qancha fyrsat o‘tgandan so‘ng qaroqchilar yana xazinaga keldilar. Qosimning jasadi yo‘qolganini ko‘rib, bu ishdan bir necha raqib xabardor bo‘lganini, marhumning sheriklari borligini, sir haloyiqqa oshkor bo‘lganligini angladilar. (ertakdan) @ 2-topshiriq .Badiiy asardan ko‘plikning morfologik, leksik-semantik usul,aralash usulda hosil bo‘lishiga doir 10 ta misol to‘plang, ma’nolariga e’tibor qarating. ! 3-topshiriq. Kelishiklarning belgisiz qo‘llanilishiga doir 10 ta misol to‘plang, ma’nosiga e’tibor qarating. F 4-topshiriq. Berilgan test qoliplarini to‘ldiring. 1. Qaratqich kelishigi quyidagi so‘zlardan qaysi biriga qo‘shilganda belgili qo‘llanadi? A. B. C. D. 2. Egalik qo‘shimchalaridan qaysi biri o‘zakdan anglashilgan predmet yoki belgini kishidan boshqa narsalarga ham nisbatlaydi? A. B. C. D. 3. O‘zbek tilida otning qaaysi shakli sintaktik munosabatni ko‘rsatmaydi? A. B. C. D. 4. Quyidagi gaplardan qaysi birida tushum kelishigini belgisiz ishlatish mumkin? A. B. C. D. 5.Qaysi grammatik ma’no maxsus ko‘rsatkichga ega emas? A. B. C. D. 6.Ko‘plik qo‘shimchasi chama, taxmin ifodalagan misolni toping. A. B. C. D. @ 5-topshiriq. Berilgan matndan otning ko‘plik shaklida qo‘llangan otlarni topib tahlil qiling, ma’nosiga e’tibor bering. Bahor kunlarida kuzning havosi, Tanimni junjitar oqshomgi shamol. Nega buncha g‘amgin nayning navosi, Nega qalbim to‘la o‘kinch va malol? Barglar orasiga tinmasdan sira Oshno yulduzlardan to‘kiladi nur. Bilmayman, qiynaydi qaysi xotira, Titroq yulduz kabi muzlagan shuur. Mag‘lub bahodirning nayzasi misol Ma’yus egiladi terak uchlari, Burglar soyasida o‘ynaydi behold Uyqudagi qizning bedor tushlari. Atrofimda yotar g‘arib bir viqor. Bilmam, nega uchdi qalbim safosi, Nima ham qilardim, na ilojim bor. Bahoq kunlarida kuzning havosi.(A.Oripov) 1.Otlarda egalik kategoriyasi. 2.1-shaxs egalik shakllari 3.2-shaxs egalik shakllari 4.3-shaxs egalik shakllari 6-topshiriq.Quyida berilgan savollarga javob bering. 1.Otlardagi egalik kategoriyasi haqida ma’lumot bering. 2.Egalik kategoriyasining qarashlilik shakli bilan qiyoslab bering. 3. Qaysi shaxsda egalik affikslari belgisiz qo‘llanilishi mumkin? @ 7-topshiriq.Quyida berilgan matndan egalik shakllarini ajrating va u qaysi shaxsda ekanligini ayting. Vatan nima o‘zi? Vatan –ona allasi taralgan, beshigingizlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko‘milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko‘chalar, sening lahjangda so‘zlashadigan, qoshu-ko‘zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer-Vatandir! Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon-Vatandir! O‘z jonidan yaratgani uchun ham ona yaxshi-yomon bolasini tishida tishlab o‘tadi. Vatan ham o‘shanday bag‘ri keng. Qadamlaringni ko‘ksiga qo‘yib, suyab yashaydi seni. Osmoni ko‘rpang, maysasi dimog‘ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina kulbangdan boshlanadi. Unga bo‘lgan muhabbating ham shu ostonada tug‘iladi. (T.Sodiqova) @ 8-topshiriq.Berilgan gaplarda qo‘llanilgan egalik shakllarini aniqlang. 1. Norbobo belbog‘ini qaytadan bog‘lab, ikki qo‘li bilan belini siqib qo‘ydi.(Oydin) 2. Anhor bo‘yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, nomozshomgullar ko‘rindi. (S.A.) 3.Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 4. Chol asta cho‘kkaladi-da, sharti ketib parti qolgan itning boshini siladi. 5.Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? Mening borishimdan nima foyda?! (A.Qahhor) 6. Suyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning ayol va erkaklarning qorasi ko‘rindi. (O) 7. Harakat, sen ezgulikninh haqiqiy qadr-qimmatini belgilaysan.(Sitseron). 8. Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. (O‘. H.) G 9-topshiriq.Quyida berilgan har bir shakl ichida bittadan so‘z ortiqcha. Ortiqcha so‘zni toping va nima uchun ortiqchaligini tushuntiring. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling