O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet79/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

OTNING KELISHIK KATEGORIYASI

1.Kelishik kategoriyasi.


1)bosh kelishik
2)qaratqich kelishigi
3)tushum kelishigi
4)jo‘nalish kelishigi
5)o‘rin-payt kelishigi
6)chiqish kelishigi
2.Kelishiklarning belgili va belgisiz qo‘llanilishi

G1-topshiriq. Quyida berilgan savollarga javob bering.


1. Kelishik kategoriyasi haqida ma’lumot bering.
2. Bosh kelishik va uning qo‘llanilishi haqida gapiring.
3. Qaratqich kelishigi, uning belgili va belgisiz qo‘llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
4.Tushum kelishigi, uning belgili va belgisiz qo‘llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
5. Jo‘nalish kelishigi va uning shakllari haqida ma’lumot bering.
6. O‘rin-payt kelishigi haqida nimalarni bilasiz?
7. Chiqish kelishigi haqida nimalarni bilasiz, u qaysi kelishiklar bilan sinonimlikni hasil qiladi?

@ 2-topshiriq. Quyida berilgan gaplardan kelishik shakllarini ajrating.


1. Huv, mening so‘qmog‘im toqqa o‘ralgan, bunisi onamning hasratli o‘yi.(A.M.).2. Ammo boshqa qo‘shnilari ham Xidirboy qarzini o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorlarni azal-azaldan shunday qilib keladi, deyishdi.(X.To‘xtaboyev) 3. Sababki bo‘lmasa, kim issiq o‘rnini tasglab, qum tepaliklari orasida sargardon bo‘lib yuradi. (Mirmuhsin) 4. Odam keldi bugun hovlingga to‘lib, Farzanding yoniga qo‘shildli farzand.(S.Z.) 5. Do‘simboy ota yangi marg‘ilon do‘ppisi olib, tizzasiga urib, changini qoqqan bo‘ldi, ko‘kragiga tushib turgan moshkichiri soqolini tutamlab, og‘ir xo‘rsindi. (O‘.U) 6.Yig‘lama, azizim,yig‘lama faqat, Ko‘zyoshingni ko‘rsam dilim kuyadi.(S.Z.) 7. Jonimiz omon qoldi,-dedi Me’mor,-bo‘lmasa bu girdibod yomon narsa. U qaroqchilarning badtarini. Jonimiz omon qolganiga shukur qilaylik.(Mirm.) 8.Mening qashqacham to‘g‘risida Haydar aytadi:” Sening otingga hech ot bolasi etmaydi!”-deydi.(A.Qod.)

@ 3-topshiriq. Berilgan gaplarda qo‘llanilgan kelishik shakllarini aniqlang.


1. Hayyom qo‘shiqlarin ham, Rabindranat tori ham,Hayot falsafasin ham shu tilda mag‘zin chaqdik. Mirtemir) 2. Bu yer –Xuroson bilan Movarounnahr chegarasi.(Mirmuhsin).3.Afsus, ona nomin ko‘z ham ilg‘amas, O‘zin ismiga-chi, berilgan zarhal.Buni ham onaga mehridan emas, O‘zin shuhratiga qo‘yibdi haykal.(Shukrullo).4.Bu ko‘zlar hasratin, oh, mendan so‘ra, Suyagimdan hamon chiqib borar dud.(S.Z.). 5.Konsert tugashi bilan Abduqodir do‘stini sahnaning orqasiga boshladi.(O‘.U.) 6.U jajji bahorning sho‘x sasi edi, U munis onamning nafasi edi.(A.O.) 7.Ba’zan egatlar orasidan tarvuz, qovun palaklari chiqib qolardi.(Sh.X.) 8.Temuriyzodaalr o‘zlariga yon bosgan zotlarning boshidan tillo sochardi-yu, ammo ularning hukmdorligiga qittakkina munkir kelgan kimsani also kechirmasdi- qattiq o‘ch olardi.(Mirm.)



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling