O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
-Mavzu: Ot so’z turkumi. Otning lug’aviy-grammatik guruhlari. Otning tasniflovchi kategoriyasi
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshriiq .
9-Mavzu: Ot so’z turkumi. Otning lug’aviy-grammatik guruhlari. Otning tasniflovchi kategoriyasi.
1.Ot mustaqil so‘z turkumi sifatida 2.Turdosh va atoqli otlar. 3. Aniq va mavhum otlar. 4.Yakka va jamlovchi otlar G1-topshiriq. Berilgan savollarga javob bering. 1. Morfologiya haqida umumiy ma‘lumot bering. 2. Morfologiyaning boshqa til bo‘limlari bilan aloqasini tushuntiring. 3. Grammatik shakl va grammatik kategoriya haqida ma‘lumot bering. 4. Ot so‘z turkumi haqida ma’lumot bering. 5. Otda qanday grammatik kategoriyalar bor? 6.Otning son kategoriyasi haqida nimalarni bilasiz? 7.Otning ma’no turlariga tavsif bering. @ 2-topshiriq.Quyida berilgan gaplardan otlarni aniqlang, qanday ma’no anglatayotganligiga e’tibor qarating. 1. Toshlarga o‘yibyozilgan qadimiy yodgorliklar, afsuski, vaqyt o‘tishi bilan o‘chib ketgan yoki ko‘p joylarda yo‘qotib yuborilgan. (Ch.A.) 2. Saklar davriga oid ayrim yodgorliklar, suvratlar, tosh bitiklar bizgacha yetib kelgan. (Ch.A.) 3. O‘rta asrlarda mamlakatlarni, xalqlarni boshqargan yo‘lboshchilar qadim zamonlarda muayyan xalqning inon-ixtiyoriya berib qo‘yilgan yer-mulkni qayta taqsimlashga, chegaralarni qayta tuzishga kirishadilar. 4. Asrlar davomida asta-sekin shakllangan turmush tarsi, tartib –qoidalar mamlakat hayoti izdan chiqib ketadi. 5.O‘rmon aka bilan Azimjon aka, tag‘in uch-to‘rt bolalar ularning chayini ichib chiqishgan, bir-ikki marta ovqatlarigayam sherik bo‘lishgan edi.(Sh.X.) 6.Shu omon-omon zamonda, Buxoroyi sharif tomonda Umidjon degan bjla yashar ekan.(N.A.). 7. U simning ochiq qismini qulupnay pushtalari ustiga uloqtirdi.(O‘.H.). 8. Qoplarni tashib bo‘lgan bolalar gulxanga qarab chopishdi, sholg‘omday qizarib ketgan oyoq-qo‘llarini, tarashaday qotib qolgan paytavalarini yonib turgan olovga suqishdi.(O.Y.) @ 3-topshiriq.Berilgan gaplardan ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling, ma‘no turlariga ajrating. 1.Suv jimjimalariga oq to‘shini urib uchayotgan qaldirg‘ochlar, orqasida ayri iz qoldirib suzayotgan viqorli oppoq g‘ozlar menga o‘sha suronli yillarda hammaga mehrini barobar sochgan munis ona chehrasini, uning paxtadek oppoq sochlarini eslatdi.(S.Ahm.) 2.Bo‘z ko‘rpa ustidan yopilgan, shinni dog‘i tekkan quroq dasturxonham, hozirgina go‘jadan bo‘shagan spool tovoq, bandi kuygan yog‘och qoshiq ham uning ko‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi.(O‘.H.) 3.Tonglarni eslang! Tuprog‘I nam tortgan so‘qmoqlarni. Yiroqda arava yo‘ldan ko‘tarilgan changni, ufqdan endi bjsh ko‘tarayotgan quyosh yog‘dularga yo‘g‘rilib, zarrin bir to‘zonga aylanib turishlarini eslang!(Sh.X.) 4. Ajabo: yovshan va shuvoqlar gurillab yonayotgan bo‘lsa-da, na oyoq-qo‘llar kuyardi, na paytavalar.(O.Y.).5. @ 4-topshriiq.Qiyida berilgan gaplardan ko‘rlikda qo‘llangan otlarni topib tahlil qiling, ko‘plikning qanday vosita bilan ifodalanganligiga va qanday ma’no anglatayotganligiga e’tibor bering. 1.Ma’rifatning shulasiga Tolpinib zulmat aro, Ko‘zlaringda oqdi tunlar Kavkabiston, o‘zbegim.(E.V.) 2. Qishda kuragani bordim qorlarni, Yozda suv sepgani oshiqdim har vaqt.(S.Z.) 3. U shunchalik sovuqqotgan ediki, tishlari tishlariga shaq-shaq etib tegib, lablari gapga kelmas, o‘ziyam chayon chaqqanday ko‘karib, burni so‘rrayib qolgandi.(O.Y.) 4. Ko‘zlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi.Bu yerda kurashgan sanoqsiz onalar, buvilar orasida yagona qiz, ehtimol, u edi.(O.) 5. Yo‘lnning yarmidan o‘tganda ufqlarga qon kabi toza, qizil shulalar yugurdi. Chiqayotgan quyoshni salomlab, yashil daraxtlarda qushlar sayray boshladi.(O.) 6. Undan yo‘l xarajatlarini, safar anjomlarini oldik. Chunonchi: bir qdoq tuz, ikki qadoq turshak, oltita zog‘ora non, ip, nina, ikkita ichi tushgan bosvoldi. (G‘.G‘.) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling