O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
2-variant
1.Otning kichraytirish shakli. 2.Erkalash sharli. 3.Qarashlilik shakli. 4.O‘rin belgisi shakli. 5.Chegara shakli. 6.Hurmat shakli. 7.O‘xshatish shakli. G 1-topshiriq. Tavsiya qilingan adabiyotlardan otning nokategorial shakllariga oid ma’lumotlarni konspektlashtiring va savollarga javob bering. 1.Ot so‘z turkumida qanday nokategorial shakllar bor? 2.Otning nokategorial shakllari tuzilish jihatidan qanday turlarga bo‘linadi? 3.Otning kichraytirish shakli haqida ma’lumot bering. 4.Erkalash shakli deb qanday shaklga aytiladi? 5.Qarashlilik shakli haqida nimalarni bilasiz, qaratqich kelishigidan qanday farqlanadi? 6.O‘rin belgisi shakli haqida ma’lumot bering. 7.Chegara shakli deb qanday shaklga aytiladi? 8.Hurmat shakli qanday vosita yordamida hosil qilinadi va uni qanday farqlash mumkin? 9.O‘xshatish shakli haqida ma’lumot bering. @2-topshiriq.Otning nokategorial shakllariga badiiy asardan 20 ta misol to‘plab kartochkalashtiring. @ 3-topshiriq. Berilgan gaplardan otning nokategorial shakllari ishtirok etgan so‘zlarni topib tahlil qiling. 1.Rais qizarindi.-Yo‘g‘-e, domlajon,-dedi.Biz hali u darajaga etganimiz yo‘q.(M.M.D.) 2.Quvonsa ham-“shu-shu”, g‘azablansa ham-“shu-shu”, yursayam, tursayam…turqi yoqmydi menga uning lalmigina bolam!(M.M.D.) 3.-Shunday qilib desangiz, buvijon, sirimning xashagi ochilishiga oz qoldi.(G‘.G‘.) 4.Shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratarsan, o‘g‘rigina bolam.(G‘.G‘.) 5.Dugonalari, voy-y Binafshaxon, televizordagi Qosimaginaning o‘zisiz-a, deb xitob qilishardi, munchalar o‘xshamasangiz qoqindiq.(M.M.D.) 6.Men sizlarning oldingizda gunohkorman! Kechiring momojon, kechiring bobojon! Bilaman: sizlar mening baxtimni o‘ylab kuyinasizlar. Qizginamiz yengiltaklik qilib, o‘z kelajagini o‘zi paymol qildi, deb ozor chekasizlar. (O.Y.) 7.Mana Umri onaning onaligi Qosimbek cholni aylanib-o‘rgilib parvarish qilishu, kenjatoyni eson-omon uylantirish bilan sinovdan o‘tish payti keldi. (X.D.) 8.Bu yig‘i-sig‘ining foydasi yo‘q, singiljon! Undan ko‘ra eringizning qismatini engillashtirish yo‘llarini ko‘raylik . (O.Y.) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling