O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.1 Mb.
|
90555 AT 2kurs-1semester
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq .
- 3-topshiriq .
- 5-topshiriq .
- -topshiriq.
11-Mavzu: Ravish va taqlid so’z turkumi. Ravishning lug’aviy-grammatik guruhlari. Taqlidning lug’aviy-grammatik guruhlari. Olmosh so’z turkumi va uning badiiy matndagi o’rni.
RAVISH. RAVISHNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI 1.Ravish –mustaqil so‘z turkumi. 2.Ravishning ma’no turlari. 3.Ravishlarning funksional shakllari. G 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering. 1.Ravish haqida umumiy ma’lumot. 2.Ravishning ma’no turlari. 3.Ravishlarning funksional shakllari. @ 2-topshiriq.Quyidagi gaplardan ravishlarni toping, ma’no turlarini aniqlang. 1.Bir tutam qish kuni Gulnor uchun bitmas-tuganmas uzoq ko‘rindi.(O.) 2.Vaqt juda ham kech, bora-bora katta bir bozor maydonidan chiqdim.(G‘.G‘.) 3.Bir narsani ko‘p kuzatdim.Ona ovqatga o‘tirgan zamon chaqaloq yig‘layveradi.(O‘.H.) 4.Bobur boshini quyi solib xobgohdan sekin chiqib ketdi.(P.Q.)5.Poshshaxonnig qarori qanday qo‘rqinch bo‘lsa, uning bajarilishi shu qadar tez va oson bo‘ldi. (Ch.) 6.Birozdan keyin o‘zing bilan erkakchasiga gaplashamiz.(D.N.) 7.Ibtidomiz imtihondan xabarlidir, quvonchi oz, g‘ami o‘lim qadarlidir.(U.A.) 8.Chamasi ular meni tasodifan adashib kelgan kimsa, deb o‘ylashar, shu sabab ko‘nglimni o‘g‘ritmay, payti kelib o‘zim tushunishimu o‘z ixtiyorim bilan ketishimni kutar edilar. (M.M.D.) 9.Sohilda jim tentigan ayol, qani sening hamrohing.(U.A.) G 3-topshiriq.Shakl ichida berilgan so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu so‘zni toping va nima uchun ortiqchaligini izohlang. ! 4-topshiriq.Badiiy asardan ravishning har bir ma’no turiga 2 tadan misol topib morfologik tahlil qiling. @ 5-topshiriq.Kartochkalarda berilgan gaplardan ravishlarni topib tahlil qiling.
@ 6-topshiriq. Berilgan gaplardan boshqa so‘z turkumiga ko‘chgan so‘zlarni topib tahlil qiling. Minglarcha o‘q-yoydan otilgan o‘qlarusti namat bilanqoplangan kemalarga ta’sir etmasdi. Har ikki sohildagi mo‘g‘il askarlari kemalarni ta’qib eta boshladi. Kemadagilar esa yulduzlar va mash’allar yorug‘ida jangni davom ettirdilar.Shinaklardan otilgan o‘qlardan dushman tutdek to‘kildi. Binokent shahrigacha kemalar jiddiy qarshilikka uchramadi. Xo‘janddagi mo‘g‘ul boshliqlaridan So‘ktu Binokentdagi mo‘g‘ul sarkardalaga choparlar yuborib, kemalarni to‘xtatish uchun chora ko‘rishni so‘ragan edi. Bu yerda mo‘g‘ullar daryoning u yuzidan bu yuziga zanjir tashlab to‘siq yasadilar. Kemalar zanjirga urilib to‘xtab qolganida mo‘g‘ullar xursand bo‘lganlaridan qiyqirishib yuborishdi. Temur Malik ikki qavat sovut va dubulg‘a kiyib kema tumshug‘iga chiqdi. Uning qo‘lida og‘ir po‘lat bolta yarqiradi. Ikki azamat yigit temir ilmoqlar bilan zanjirni ko‘tarib, kema burniga qo‘ydi. Tenur Malik ikki qo‘li bilan ushlagan boltani baland ko‘tarib, bor kuchi bilanzanzir ustiga urdi. O‘z boshliqlariga umid ko‘zi bilanqarab turgan xo‘jandliklar yo‘g‘on zanjirning cho‘rt uzilib, shuvillagancha daryoga cho‘ka boshlaganini xursandlik bilan tomosha qildilar. Kemalar yana avvalgi sur’at bilan suzib ketdi. (M. O.) @ 7-topshiriq. Berilgan maqollardan boshqa so‘z turkumiga ko‘chgan so‘zlarni topib tahlil qiling. Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil. Yaxshiga yondosh, yomondan qoch. Birniki mingga , mingniki tumanga. Birni kessang, o‘nni ek. Yomonning olasi ichida. Birni kessang, o‘nni ek. 1.Olmosh so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot. 2.Kishilik olmoshlari. 3.Ko‘rsatish olmoshlari. 4.So‘roq olmoshlari. 5.O‘zlik olmoshi. 6.Belgilash jamlash olmoshlari. 7.Bo‘lishsizlik olmoshlari. 8.Gumon olmoshlari. G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1.Olmosh so‘z turkumi haqida nimalarni bilasiz? 2.Kishilik olmoshlari deb qanday so‘zlarga aytiladi? 3.Ko‘rsatish olmoshlari haqida gapiring. 4.So‘roq olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi? 5.O‘zlik olmoshi haqida nimalarni bilasiz? 6.Belgilash- jamlash olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi? 7.Bo‘lishsizlik olmoshlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering. 8.Gumon olmoshlari va ularning ma’nolari haqida nimalarni bilasiz? 9.Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 10.Pronominalizatsiya hodisasi haqida nimalarni bilasiz? @ 2-topshiriq.Berigan gaplardan olmoshlarni toping, ma’no turlarini aniqlang. 1.Allaqayda buzoq uyqusirab ma’radi.Kimdir juda olisda qo‘shiq aytdi.(S.Ahm.) 2.Poshshaxonning qarori qanday qo‘rqinch bo‘lsa, uning bajarilishi shu qadar tez va oson bo‘ldi.(Ch.) 3.Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu to‘g‘rida o‘ylab ko‘rmaganini u endi payqaganday g‘ashi keldi.(O‘.H.) 4.Mirsidiq qo‘shiqni tinglar ekan, allanechuk bo‘lib ketdi. So‘zlari tanishdek tuyuldi.Qachon, kimdan eshitgan ekan bu qo‘shiqni? U diqqat bilan Hatamjonga qaradi.(O‘.U.) 5. Men bir boqeani aytib beray.Ikkinchi kursda paxtaga bordik.O‘sha Bo‘ka rayoniga.(Sh.X.) 6.Bordi-yu o‘zi yo‘g‘ida uyini o‘g‘ri bossa, xotini dod solsa, pichoqlab tashlasa.U yoqda onasi chiqsa, uniyam pichoqlasa…(O‘.H) 7. Ha, u o‘z umri davomida qancha xatolar qilmasin, qancha yanglishmasin ilm-ma’rifat yo‘lida qirq yil qilgan mehnati zoe ketmabdi.(O.Y.) F 3-topshiriq. Berilgan test topshiriqlarini bajaring. 1.Kishilik olmoshlariga odatda qaysi qo‘shimchalar qo‘shilib kelmaydi? A.So‘z yasovchi qo‘shimcha B.-lar qo‘shimchasi C.Egalik qo‘shimchasi D.Sanalganlarning barchasi qo‘shilib kelishi mumkin 2. Olmoshlardan qaysi so‘z turkumlarini yasash mumkin? A. Fe’l B.Ravish C. Son D.Fe'l va ravish 3. Qaysi olmoshlar takroriy holda ’shlatilishi mumkin? A.Ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari B.Kishilik, so‘roq, belgilash olmoshlari C.So‘roq, belgilash, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari D. Kishilik, ko‘rsatish olmoshlari 4. Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo‘shma turlarga bo‘linadi? A.Kishilik, bo‘lishsizlik, ko‘rsatish olmoshlari B.Kishilik, belgilash, ko‘rsatish va gumon olmoshlari C.So‘roq, belgilash, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari D. Ko‘rsatish, belgilash olmoshlari 5. Bo‘lishsizlik olmoshi tarkibidagi hech so‘zi yakka holda qo‘llanganda ko‘pincha qaysi so‘zlar oldida keladi? A.Otlar oldida B.Sifatlar oldida C. Fe'llar oldida D.Ravishlar oldida 6. Predmet, bel’i yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiluvchi so‘zlar… A.Ko‘rsatish olmoshlari deyiladi B.So‘roq olmoshlari deyiladi C.Gumon olmoshlari deyiladi D. Belgilash olmoshlari deyiladi 7. Bo‘lishlilik shakli orqali bo‘lishsizlik ifodalangan gapni toping. A.Men xalqni aldamoqchi emasman. B.Yordam bersangiz, jamoani ko‘tarish uchun kuch-quvvatimni ayarmidim?! C.Tez orada uncha-muncha mexanikka gap bermay qo‘yadi u… D.Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi. 8.Qaysi gapda to‘rtda o‘rinda olmosh qo‘llangan? A.Hammasi joyida, do‘stlar men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman. B.Hozir ham hech kim o‘z ismini aytmadi. C.Hamma unga o‘girilib qaraI, ammo Sattor Roziyadan boshqa boshqa hech kimni ko‘rmas edi. D. Sizga ne bo‘ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo‘ydingiz. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling